Mavzu : Qoramolchilikda naslchilik ishlari Bajardi


Sigirlarni sutining tarkibidagi yog‘ va oqsil miqdoriga qarab baholash


Download 153.07 Kb.
bet4/10
Sana02.01.2022
Hajmi153.07 Kb.
#189164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qoramolchilikda naslchilik ishlari

Sigirlarni sutining tarkibidagi yog‘ va oqsil miqdoriga qarab baholash.
Laktasiya tahlili, sut miqdorini uning tarkibidagi yog’ va oqsil darajasi bilan bog’lanishga e’tibor beriladi. Sigirlarning sut mahsuldorligi bilan ularning tirik
vazni diqqat e’tiborda bo’lib, bu ko’rsatkich zot talablari darajasida bo’lishi kerak. Sigirlarni ularning tana tuzilishiga ham alohida etibor beriladi, chunki ko’pincha sut miqdori va uning tarkibiga qarab baholash sigirlar konstitutsiyasini noziklashishiga, bir qator tana kamchliklariga va salomatligini susayishiga sabab
bo’ladi. Shuning uchun bu ko’rsatkichlarni baholash bir-biri bilan bog’liq holda olib borilishi shart. Tana tuzilishini baholashda sigirlar sut belgilarini yaxshi rivojlanishi bilan, ularning suyaklarining mustahkamiligi, muskullarining yetarli rivojlanishi va tanasining sut yo’nalishi hayvonlari talablariga to’liq javob berishi kerak. Ayniqsa sanoat texnologiyasi sharoitida sigirlarning tuyoqlari yaxshi rivojlanishiga alohida e’tibor beriladi. Tana tuzilishida qo’pol kamchiliklar mavjud bo’lsa bunday hayvonlarni naslchilik ishida foydalanish man etiladi. Hozirgi davrda sigirlarni mashinada sog’ishga moslashganligi bo’yicha alohida baholanadi. Bu borada sigirlarniig yelin tuzilishi, uning bo’lmalarining rivojlanishi, yelin so’rg’ichlarining shakli va katta-kichikligi, sut berish tezligi, yelin bo’lmalarining sog’ilish vaqti, yelin indeksi kabilar inobatga olinadi. Yelin indeksi (oldingi bo’lmalar sutini keyingi bo’lmalar sutiga nisbati 42-45%) bo’lishi kerak, yoki sut berish tezligi I,6-I,8 kg/min (1 minutda bergan sut miqdori, kg/min) bo’lgani maqsadga muvofiq. Sigirlar yelini baholash naslchilik xo’jaliklarida, avlodlarning
mahsuldorligiga qarab nazorat qiluvchi fermalarda majburiy hisoblanadi.


1.jadval

Download 153.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling