Mavzu : Qoramolchilikda naslchilik ishlari Bajardi
Yosh qoramollarni baholash
Download 153.07 Kb.
|
Qoramolchilikda naslchilik ishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoramollarni bonitirovka qilish.
Yosh qoramollarni baholash.Yosh qoramollar dastlab kelib chiqishiga qarab baholanadi. Buning eng nasl buzoqlari nasl uchun ajratib olinib, qolganlari go’sht
uchun o’stiriladi. Shundan keyin naslli yosh hayvonlar 10-24 oyligida tirik vazni va tana tuzilishi va konstitutsiya asosida bonitirovka andozalariga qarab baholanadi. Yosh qoramollarni yig’indisi klassi uch ko’rsatkich, kelib chiqishi, tirik vazni va tana tuzilishiga qarab o’rnatiladi. Qoramollarni bonitirovka qilish. Bonitirovka – hayvonlarning mahsuldorlik , nasl sifatlari, tirik vazni, tana tuzilishi, zotdorligi , kelib chiqishi, podani to’ldirish qobiliyatiga qarab yig’indi bahoga aytiladi. Har yili buqalar, sigirlar va nasldor yosh qoramollar barcha davlat, jamoa naslchilik idoralarida amalga oshiriladi. Podani to’ldirishga qoldirilgan buqachalar qochirishda foydalangandan boshlab, sigirlar 1- va kelgusi laktasiyalar natijalariga qarab, yosh nasldor qoramollar 10 oylikdan boshlab bonitirovka qilinadi. Har yil bonitirovka natijalari asosida har bir qoramolga yig’indi klass beriladi. Bonitirovka andozalari asosida qoramollar elita-rekord, elita, I va II klasslarga bo’linadi. Yuqoridagi klasslar talablariga javob bera olmagan qoramollar nasl nuqtai-nazaridan qadrsiz bo’lib, klassiz hisoblanadi. Sigirlar 100 ballik tizimda bonitirovka qilinib, undan va 60 ballgacha sut mahsuldorligi, 24 ballgacha tirik vazni va tana tuzilishiga, 16 ballgacha kelib chiqishiga beriladi. Sigirlar sut mahsuldorligi 305 kun yoki qisqa laktasiya natijalariga qarab, unda sut miqdori, sutning tarkibi ( sutning yog’lilik darajasi), sut yog’ining chiqimiga qarab baholanadi. Sigirlar sut berish tezligi laktasiyaning 2-3 oyligida 1 sutka davomida aniqlanadi. Sigirlar eksterer va konstitutsiyasi 10 ballik sistema asosida amalga oshiriladi, bu ish 2-3 laktasiya oyida I va III tug’imlarda amalga oshiriladi. Agarda I tug’im bu ish o’tkazilmasa albatta II tug’imda o’tkazish kerak. Hayvonlar kelib chiqishi ularning zoti, zotdorligi, ota-onalarining klassiga, ayniqsa sigirning otasi avlodlarining sifatiga qarab baholanadi, ular kamida III kategoriyadan kam bo’lmasligi kerak. Sigirlar yig’indi ballar miqdori 80 va undan ko’p bo’lsa elita-rekord, 70-79 ball bo’lsa elita, 60-69 ball I klass, 50-59 II klass, 50 kam bo’lsa klassiz deb belgilanadi. Elita-rekord klassiga zotdorligi kamida III bo’g’in, elita klassiga esa kamida II bo’g’in hayvonlari bo’lishi kerak. Agar sigir sut mahsuldorligi bo’yicha I klass andoza talabini 40% oshirsa, unga berilgan klassi oldiga A harfi qo’shiladi. Agarda sigir sutining yog’ miqdori I klass andoza talabidan 0,2% yuqori bo’lsa unga berilgan klassi yoniga B harfi qo’shib yoziladi. Agarda ikki ko’rsatkich bo’yicha ham andoza talablaridan yuqori bo’lsa klassi yoniga AB harflari qo’shib yoziladi. Buqalar 100 ballik tizim asosida bonitirovka qilinib unda 70 ball kelib chiqishiga va 30 ball tana tuzilishi va tirik vazniga beriladi. Bunda ham 80 va undan yuqori ball to’plagan buqalar elita-rekord, 70-79 ball elita, 60-69 ball I klass, 50-59 ball II klassga mansub bo’ladi. Yosh nasldor qoramollar 50 ballik sistema asosida bonitirovka qilinadi. Yosh qoramollar kelib chiqishi uchun 30 ball, eksterer va tipikligi uchun 10 ball, tirik vazni uchun 10 ball beriladi. Kelib chiqishi bo’yicha hayvonlarni zoti va zotdorligi, ota-onasining klassi, ayniqsa ajdodlarining nasl sifatlari bo’yicha baholanib kategoriya olganiga qarab ballar beriladi. Yosh qoramollar eksterer va konstitutsiyasi B ballik sistema yordamida baholanadi. Hayvonning rivojlanishi uning tashqi qiyofasi va tirik vazniga qarab baholanadi. Ballar yig’indisi 40 va undan ko’p bo’lsa elita-rekord, 30-34 ball I klass; 25- 29 ball bo’lsa II klassga mansub. Go’shtdor qoramollar alohida andozalar asosida bonitirovka qilinadi. Bonitirovka har bir naslchilik xo’jaligi uchun majburiy tadbir bo’lib, yiliga o’tkaziladi. Uning asosida hayvonlar naslchilik yadrosi, ishlab chiqarish, boshqa xo’jaliklarga sotiladigan va puchak mollar guruhlariga ajratiladi. Bonitirovka natijalari naslchilik ishlarini samaradorligini ko’rsatadi va uning yanada takomillashtirish yo’llarini ko’ rsatib beradi. Download 153.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling