Mavzu : qoraxoniylarda davlat idoralari


Download 0.77 Mb.
bet1/7
Sana30.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1410612
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zokirov Avaz Axmad o’g’l new



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
ARXIVSHUNOSLIK YO’NALISHI

KURS ISHI



MAVZU : QORAXONIYLARDA DAVLAT IDORALARI

BAJARDI:______________________ TEKSHIRDI:____________________



MAVZU : QORAXONIYLARDA DAVLAT IDORALARI

MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………..3-4
I BOB QORAXONIYLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI VA UNING BOSHQARUV TIZIMI………………………………..…………….5-10

  1. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi ……………………...…..5-10

  2. Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi………………..……11-14

  3. Qoraxoniylar davrida boshqaruv tizimi………………………….15-19

II BOB QORAXONIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT.DAVLAT TARIX SAHNASIDAN KETISHI…………...……….20-23
2.1 Qoraxoniylar davlatida ilm – fan va madaniyat. Davlatning ijtimoiy-siyosiy hayoti …………………………………………………………………20-23
2.2 Qoraxoniylar davlatini ikkiga ajralishi va Qoraxitoylar hujum………24-25
XULOSA ………………………………………...………………………….26
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………..……………..27





KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Qoraxoniylar tarixining eng yirik va umume'tirof etilgan mutaxassisi B.Kochnev taʻkidlaganidek, Qoraxoniylar oʻzlarini afsonaviy Turon shohi - Afrosiyob avlodlari qatoriga qoʻshib, oʻzlarining sulolasini "al-Afrosiyob" - Afrosiyob avlodi deb atashgan, yozma manbalarida ular Xoniylar yoki Xoqoniylar deb nomlangan. 1 Amerikalik mutaxassis Robert Dankoff Qoraxoniylarning ajdodi Afrosiyobning haqiqiy asl ismi Alp Er Tunga boʻlgan deb taxmin qilgan.2
Ta’kidlash joizki, qoraxoniylar davlati tarixshunosligi u qadar boy emas. Tarixchi olimlar qoraxoniylar davlati tarixi hali to‘liq o‘rganilmaganligini ta’kidlashgan. Yusuf Xos Hojibning - Qutadg‘u bilig, Mahmud O‘shiyning - Fatovoi qozixon, Ibn al-Asirning - Al-komil fit-tarix asarida qoraxoniylar tarixi xususida tegishli ma’lumotlar mavjud. XX asr tarixshunosligida O.Pitsak, V.Kochnev, E.A.Davidovich numizmatik materiallar asosida mazkur davr tarixiga oid tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Qirg‘izistonlik olim O.Karaev ilk bora qoraxoniylar davri tarixiga bag‘ishlangan monografiya yaratgan. O‘zbek tarixshunosligida A.Ziyo tadqiqot ishi alohida ahamiyatga ega. B.Mahmudovning nomzodlikdissertatsiyasida Qoraxoniylar davlat boshqaruvi tahlil etilgan.
X asrning ikkinchi yarmiga kelib ichki ziddiyatlarning kuchayishi va keskinlashuvi natijasida Somoniylar davlati kuchsizlana boshlaydi. Somoniylarga tobe bo‘lgan viloyatlarda, ayniqsa, Xurosonda ular hokimiyatiga qarshi ko‘tarilgan isyonlar, toju-taxt uchun uzluksiz olib borilgan kurashlar Somoniylar davlati inqirozini yaqinlashtirgan edi. Bunday vaziyatdan Ettisuv va Qashg‘arda yashovchi turkiy qabilalar unumli foydalandilar. Chunki, X asrning ikkinchi yarmiga kelib bu hududlardagi turkiy qabilalar – qarluqlar, chig‘illar, yag‘molar va boshqalar o‘zlarining kuchli davlatlarini tuzishga muvaffaq bo‘lgan edilar.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling