Mavzu : Qotishmalar


Download 1.32 Mb.
Sana07.02.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1174006
Bog'liq
Qotishmalar

Termiz Davlat Universiteti Kimyo va texnologiya fakulteti kimyo ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi Ahatov Javohirning Pedagogik amaliyot yakuniga bag’ishlangan konfrensiya uchun tayyorlagan

  • Taqdimoti

Mavzu : Qotishmalar

  • Qotishmalar — suyuqlantirilgan metallarda boshqa metallar, metallmaslar, murakkab moddalar erishidan hosil bo‘lgan eritmalar. Qotishmalar kristall tuzilishga ega bo‘ladi.

Qotishmalar qattiq va yumshoq, qiyin va oson suyuqlanuvchi, ishqor va kislotalar ta’siriga chidamli turlarga bo‘linadi.

  • Qotishmalar qattiq va yumshoq, qiyin va oson suyuqlanuvchi, ishqor va kislotalar ta’siriga chidamli turlarga bo‘linadi.
  • Metallar qotishmalarining issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘ladi. Qotishmalarning xossalari ular tarkibini tashkil qiladigan moddalarning xossalariga bog‘liq

99 % mis va 1 % berilliydan tashkil topgan qotishma misdan 7 marta qattiq bo‘ladi.

  • 99 % mis va 1 % berilliydan tashkil topgan qotishma misdan 7 marta qattiq bo‘ladi.
  • 50,1 % vismut, 24,9 % qo‘rg‘oshin, 14,2 % qalay, 10,8 % kadmiydan iborat qotishma 65,5 °C da suyuqlanadi (vismut – 271,3 °C, qalay –231,9 °C, kadmiy – 320,9 °C, qo‘rg‘oshin — 327,4 °C da suyuqlanadi).
  • Rux, mis, alyuminiy alohida bo‘lganda suvda erimaydi, lekin 5 % rux, 50 % mis, 45 % alyuminiydan iborat qotishma odatdagi sharoitda suv bilan ta’sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi.

Qotishmalar ham metallar kabi kristall tuzilishga ega va ularning xossalari tuzilishlariga bog‘liq bo‘ladi. Kristallanganda ba’zi qotishmalarda kimyoviy birikmalar vujudga keladi; ba’zilarida esa metallar atomlari kimyoviy jihatdan bog‘lanish hosil qilmaydi. Bunday qotishmalar qattiq eritmalar deb ataladi.

  • Qotishmalar ham metallar kabi kristall tuzilishga ega va ularning xossalari tuzilishlariga bog‘liq bo‘ladi. Kristallanganda ba’zi qotishmalarda kimyoviy birikmalar vujudga keladi; ba’zilarida esa metallar atomlari kimyoviy jihatdan bog‘lanish hosil qilmaydi. Bunday qotishmalar qattiq eritmalar deb ataladi.

• Gomogen qotishmalar — atom radiuslari o‘lchamlari yaqin metallar orasida hosil bo‘lgan, kristall panjara tugunlarida atomlari almashib joylasha oladigan qotishmalar (Cu—Au, Ag—Au, Na—K, Bi—Sb). • Geterogen qotishmalar – atom radiuslari o‘lchamlari keskin farqlanuvchi metallar orasida hosil bo‘lgan, kristall panjara tugunlarida atomlar almashib joylasha olmaydigan qotishmalar (Sn—Al, Zn—Al). • Intermetall (metallararo) qotishmalar — elektrmanfiylik qiymatlari bir-biridan keskin farqlanuvchi metallardan hosil bo‘lgan qotishmalar. Ularda metallar turli ekvivalent miqdorlarda birikib, kimyoviy birikmalar hosil qiladi (CuZn, Cu3Al, Cu5Zn8).

  • • Gomogen qotishmalar — atom radiuslari o‘lchamlari yaqin metallar orasida hosil bo‘lgan, kristall panjara tugunlarida atomlari almashib joylasha oladigan qotishmalar (Cu—Au, Ag—Au, Na—K, Bi—Sb). • Geterogen qotishmalar – atom radiuslari o‘lchamlari keskin farqlanuvchi metallar orasida hosil bo‘lgan, kristall panjara tugunlarida atomlar almashib joylasha olmaydigan qotishmalar (Sn—Al, Zn—Al). • Intermetall (metallararo) qotishmalar — elektrmanfiylik qiymatlari bir-biridan keskin farqlanuvchi metallardan hosil bo‘lgan qotishmalar. Ularda metallar turli ekvivalent miqdorlarda birikib, kimyoviy birikmalar hosil qiladi (CuZn, Cu3Al, Cu5Zn8).

Ayrim hollarda metallar bir-biri bilan aralashmaydi va qotishma hosil bo‘lmaydi. Kundalik turmushimizda sof metallardan tayyorlangan buyumlarni deyarli uchratmaymiz. Qotishmalar oldindan belgilangan xususiyatlarga ega bo‘lishini rejalashtirilgan holda tayyorlanadi. Qotishmalarning kristall panjaralari sof metallarnikidan keskin farq qiladi. quyidagi rasmda sof rux va mis hamda ularning bir-biridagi qattiq eritmalari kristall tuzilishlari ko‘rsatilgan. Qotishmalar xossalarining turli-tumanligi tufayli sanoatda va maishiy turmushda keng qo‘llaniladi. Masalan, qalay bronzasi 5000 yil muqaddam ham ishlatilgan. hozirgi vaqtda temir va alyuminiy asosidagi qotishmalar eng keng tarqalgan qotishmalardir

  • Ayrim hollarda metallar bir-biri bilan aralashmaydi va qotishma hosil bo‘lmaydi. Kundalik turmushimizda sof metallardan tayyorlangan buyumlarni deyarli uchratmaymiz. Qotishmalar oldindan belgilangan xususiyatlarga ega bo‘lishini rejalashtirilgan holda tayyorlanadi. Qotishmalarning kristall panjaralari sof metallarnikidan keskin farq qiladi. quyidagi rasmda sof rux va mis hamda ularning bir-biridagi qattiq eritmalari kristall tuzilishlari ko‘rsatilgan. Qotishmalar xossalarining turli-tumanligi tufayli sanoatda va maishiy turmushda keng qo‘llaniladi. Masalan, qalay bronzasi 5000 yil muqaddam ham ishlatilgan. hozirgi vaqtda temir va alyuminiy asosidagi qotishmalar eng keng tarqalgan qotishmalardir

E’tiboringiz uchun rahmat !!!


Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling