Mavzu : Sayohatchilar, harbiylar, josuslar esdaliklarida keltirilgan toponomik atamalarning ahamiyati


Sayohatchilar esdaliklaridagi toponomik atamalar


Download 21.56 Kb.
bet2/4
Sana16.03.2023
Hajmi21.56 Kb.
#1278510
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu

Sayohatchilar esdaliklaridagi toponomik atamalar.

Klavixo, Rui Gonsales de Klavixo (?-1412) Kstilya qiroli Genirix 3 (Enriko SH) ning Amir Temur huzuriga yuborilgan 2-elchiligi (tarkibida olim A.Paes va saroy shoiri Gmes de Salasar ham bo’lgan) rahbari badavlat xonadonda tug’ilgan. Elchilar 1403- yil 22-mayda Kadis shaharida yo’lga chiqib, 15 oydan so’ng Samarqandga yetib kelgan. Elchilarning yozishicha Amir Temur saltanatining mukammal siyosiy-iqtisodiy tafsilotdan iborat. Klavixoning safar xotiralari 1-marta 1582-yili Argonte de Molina shahrida “Buyuk Temur tarixi” nomi bilan nashr etilgan. Asarda Samarqanddagi Bog’I Dilkushda o’tkazgan qabul marosimi, ushbu bog’ tavsifi, shuningdek Amir Temurning obodonchilik sohasida olib borgan siyosati batafsil bayon etilgan. Kilavixoning Smarqandga safari juda uzoq, xavf hatarlar va mashaqatlarga to’la bo’lgan. Klavixo va uning hamrohlari Ispanyaning janubiy- sharqida joylashgan Kadis shahridagi kemada O’rtayer dengizi bo’yalab suzib , so’ngra Turkyaning Istanbul, Trabzan, Arzirum, Eronning Tabariz, Tehron,Mashhad va Xurosonning Marv va Balx shaharlari orqaliy quruqlikda uzoq yo’l bosishgan. 1404- yil 28-avgustda Klavixo boshchiligidagi ispan elchilari o’sha vaqtlardagi yana bir katta shahar Keshga (Shahrisabz) yetib kelgan. Bu shahar haqida shunday yozadi Kilavixo << Shahar har tomondan kichik daryolar , ariq , kanallar bilan kesilgan tekislikda joylashgan. Shaharni har tomondan o’rmonlar va bog’lar o’rab turadi, atrof hududlarda esa juda ko’p aholi yashaydigan qishloqlar, kanallar va o’toqlar bo’lagan tekisliklar yastanib yotadi. Shunga ko’ra bu shahar dunyoda eng chiroyli bo’lsa kerak. Sug’oriladigan yerlarda bug’doy, uzum, paxta, qovun va boshqa mevaliy daraxtlar o’stiriladi. Shahar atrofi chuqur qazilgan tuproq qo’rg’on bilan o’ralgan va uning darvozalari oldida ko’tarma ko’pirik bor. Temurbek janoblari shu Kesh shahrida tug’ulgan, uning otasi ham shu yerdan>> deb gapirgan edi o’z esdaligida. Samarqand va uning atrofidagi aholining mashg’uloti va savdo mollarining narxi haqida shunday yozadi << Bu yurt don-dun, may, meva-cheva, parranda go’shti, boshqa har xil go’sht, qo’yniki, hamma narsaga boydir, bir juft semiz qo’yning narxi dukut>> (dukut- Ispanyada o’sha vaqtda amalda bo’lgan bir oltin tanga). Sayohatchining fikricha mahalliy aholi << mexnatsevar,mohir chavondoz, kamon otuvchi mergan, issiq va sovuqqa, ochlik va tashnalikka chdamliylikga jahondagi boshqa ellardan sabotliyroq va chidamliroq >> degan edi.

Download 21.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling