Mavzu : Sayohatchilar, harbiylar, josuslar esdaliklarida keltirilgan toponomik atamalarning ahamiyati
Download 21.56 Kb.
|
Mavzu
Mavzu : Sayohatchilar, harbiylar, josuslar esdaliklarida keltirilgan toponomik atamalarning ahamiyati. Kirish.
2.Harbiylar esdaliklarida keltirilgan toponomik atamalar. 3.Josuslar esdaliklarida keltirilgan toponomik atamalar ahamiyati. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Toponomik atamalar fani yordamchi tarxiy fanlar sirasiga kiradi. Yordamchi fanlar tarixiy veqelik ijtimoiy,iqtisodiy,madaniy , manaviy, ilmiy, txnik taraqiyot masalalrini qamrab oladi. Toponimlar til lug’at fondining bir qismidir. Shu bilan birgalikda joy nomlari tilining boshqa leksik qatlamlaridan anchagina farq qiladi. Toponomikani o’rganish til tarixi va nazaryasi uchun kata ahamiyatga ega. Ko’pgina joy nomlari juda qadimiydir. Ibtidoiy yozma yodgorliklarda qayd qilingan geografik nomlarning keyinroq uchraydigan shakillari va hozirgi talafuz bilan solishtirib, tilning lug’at tarkibida , so’zlarning dastlabki shaklida ro’y bergan o’zgarishlarni bilib olishimiz mumkin. Masalan, hozirgi Nurota nomini ba’zi birovlar mo’g’ulcha nuru va o’zbekcha tov so’zlaridan tarkib topgan bo’lib,har ikkala so’z ham tog’ degan ma’noni bildiradi deydilar. Bu nom bundan 1000 yildan ham ko’proq oldin qayd qilingan. Buxoro tarixchi Narshaxiy o’zining “Buxoro tarixi” degan asarida ( 934-944-yiilarda yozilgan) Nurota degan joy nomi keltirilgan. O’rata Osiyo , jumladan O’zbekiston toponomiyasi ham olimlar diqqatni qadimdan o’ziga tortgan . O’rta Osiyo , binobarin, O’zbekiston joy nomlari to’g’risidagi dastlabki malumatlarni eramizdan avvalgi 6-5- asrlarda ijod etgan olimlar asarlarida uchratamiz. O’zbekistondagi joy nomlari qadimiy turkey runik yozuvlarda ham qayd qilinganligini ko’rishimiz mumkin. Shulardan biri Qultegin sharafiga bitilgan yodgorlikda Yenchu va Temirqapig’ toponimlar tilga olinadi. Olimlar Yenchu yoki Yenchu-oquz Sirdaryoningv qadimiy nomi bo’lib, “Mapvarid” yoki “Marvarid daryosi” degan manoni bildirishini, Temirqapig’ esa Surxondaryo viloyatidagi hozirgi Temirdarvoza “ yoki Buzg’olxona” darasi ekanligini aniqladilar. Arab geografi Yoqut Hamafiyni o’sha davrining haqiqiy toponomisti desa bo’ladi. Yoqut musulmon mamlakatlaridagi barcha shaharlar va muhimroq qishloqlarga tariff beradi : joy nomlarining to’g’ri talaffuzni va etimalogiyasini aniqlashga urinadi; toponomika uchun eng muhimi shuki , Yoqut geografik nomlarini o’xshash komponetlarga (tarkbiy qisimlarga), ya’ni topoformatlarga qarab klassifikatsiya qilinadi. Masalan, obod so’zi shahar, qishloq va rustoqlar nomlari tarkibida ko’p uchraydi, obod forsch bo’lib, “o’zlashtirilgan, obod qilingan joy” degan ma’noni bildiradi deydi va shu so’zdan tarkib topgan nomlarni sanab ko’rsatadi. Yoqut, shuningdek kird (jird),dasht,deh,kos (kot) kabi atamalarga ham izoh beradi va ulardan tuzulgan nomlardan namunalar keltiradi. Download 21.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling