mavzu / soat / juftlik Estetik tuyg’uning rivoji – tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida


XVI-XIX asrlarda estetik taraqqiyot


Download 158.19 Kb.
bet5/11
Sana23.11.2023
Hajmi158.19 Kb.
#1795866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-mavzu (Maruza matni) BS

4. XVI-XIX asrlarda estetik taraqqiyot. XVI-XIX asrlarda estetik tafakkur taraqqiyotida Darvesh Ali Changiyning «Risolai musiqiy», Maleho Samarqandiyning «Muzakkir u‘asxob», Zayniddin Vosifiyning «Bado‘e-ulvaqoye‘» asarlari muhim ahamiyat kasb etdi.
Movarounnahr va Xuroson Uyg‘onish davri mutafakkirlari san‘atning voqelikka munosabati muammolariga asosiy e‘tibor qaratgan bo‘lsalar, XV-XVII asrlarda yaratilgan risolalarda, tazkiralarda ijod amaliyotidan kelib chiqqan holda fikr- mulohazalar bayon qildilar. Demak, bu o‘rinda estetika nazariyasi bilan uning amaliy masalalari o‘zaro bog‘lanib ketganini ta‘kidlash lozim bo‘ladi. Shuningdek, bu davrda Nodira, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Shermuhammad Munis, Ogahiy kabi bir qator zabardast nafosat namoyandalari yashab, ijod etdilar.
O‘zbekistonda ilg‘or estetik g‘oya namoyandalari H.H.Niyoziy, Abdulla Avloniy, Behbudiy, Fitrat kabilar o‘zbek ada biyoti, teatri, san‘ati sohalarida chuqur, sermazmun ijod qildiiar. Abdurauf Fitrat «O‘zbek musiqasi va uning tarixi» asarida qadimda xonaqohlarda aytiladigan «Naqshi Mullo» kuyi Abdurahmon Jomiy asari, Shashmaqomdagi «Qari navo» kuyini esa Alisher
Navoiy asari ekanini eslatib o‘tadi. Shuningdek, u o‘zining 1913-yilda yozgan «Hind sayyohi» asarida me‘moriy obidalarning achinarli ahvolda ekanligini kuyinib tasvirlaydi. O‘rta Osiyoda juda ko‘p ilg‘or estetik tafakkur namoyandalari yashab ijod etdilar. Ularning noyob asarlari hanuzgacha xalq ommasini tarbiyalash ishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
O‘rta asrlarda musulmon san‘atining nazariy va amaliy tajrihalarini umumlashtirib, Yevropa Uyg‘onish davri mutafakkir va san‘atkorlari puxta o‘zlashtiradilar. Bu qarashlar yangicha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar shakllanayotgan vaqtlarda ham Yevropa hududlari doirasida rivojlanib, yoyilib boraverdi. Bunga asosiy sabab, Sharq san‘atkorlari g‘arblik kasbdoshlaridan ancha oldin san‘atning ilohiy va dunyoviy mazmunini qaror toptirishga muvaffaq bo‘lgan edilar. Markaziy Osiyo xalqlari san‘atining taraqqiyparvarligi va estetik jihatdan ahamiyatliligi xuddi ana shu tamoyillari bilan izohlanadi.

Download 158.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling