mavzu / soat / juftlik O‘quv faniga kirish
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning
Download 0,58 Mb. Pdf ko'rish
|
1 Mavzu (2)
2. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning
konseptual asoslari O‘zbekistonda ta’lim tizimining quyidagi konstitusiyaviy va qonunchilik asoslari mavjud: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonuni (2020 yil 23 sentabr). 3. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” Qonuni (2019-yil 16-dekabr). 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (2015 yil, 12 iyun, PF- 4732-son). 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori (2019 yil 31 dekabr, 1059-son). 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori (2020 yil 27 fevral). 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” farmoni (2019 yil 8 oktyabr, PF-5847-son). O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining konstitusiyaviy asoslarini shartli ravishda ikki guruhga bo‘lishimiz mumkin: 1. Ta’lim tizimiga oid umumiy konstitusiyaviy qoidalar – ularga Konstitusiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (XVIII bob), O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti (XIX bob), Vazirlar Mahkamasi (XX bob), mahalliy davlat hokimiyati asoslariga (XXI bob) oid tegishli qoidalari kiradi. Ushbu normalarda ijtimoiy sohaga, shu jumladan, ta’limga ham tegishli bo‘lgan umumiy qoidalar o‘rin olgan. 2. Ta’lim tizimiga oid maxsus konstitusiyaviy qoidalar. Xususan, Konstitusiyamizning 41-moddasiga muvofiq, har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir. Yoki bo‘lmasa, 42-moddasiga binoan, har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining qonunchilik asoslari tizimida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun alohida o‘rin tutadi. Ushbu Qonun 2020-yil 23-sentabr qabul qilingan, 11 bob, 75 moddadan iborat. Unda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 16 ta prinsipi belgilangan (4-modda): ta’lim ustuvorligining tan olinishi; ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi; ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik 6
xususiyati; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi; davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi; jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi; ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi; ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik. Qonunga asosan ta’lim tizimi quyidagilarga bo‘linadi (6-modda): davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini; davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini; ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni; ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. Qonunga asosan ta’limning 7 turi farqlanadi (7-modda): maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta’lim. Oliy ta’lim qonunga asosan (14-modda) ikki bosqichga: Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir. O‘zbekistonda ta’lim tizimini boshqarish tizimi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (III bob) bilan belgilangan. Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlari (23-modda), Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari (26-modda), Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari (27-modda), Ta’lim tashkilotini boshqarish (28-modda) kabi masalalar o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Ta’lim inspeksiyasi deb yuritiladi) ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayoni, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati ustidan nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan, ta’lim sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir. Ta’lim inspeksiyasi: ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, shuningdek ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi; ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifati monitoringini amalga 7
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga lavozimlar va malaka toifalarini berish jarayonini nazorat qiladi hamda unda ishtirok etadi; nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziyalar beradi; ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlaydi; aniqlangan ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlari yuzasidan tegishli davlat boshqaruvi organlariga va ta’lim tashkilotlariga taqdimnomalar kiritadi. Ta’lim inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlaridir. Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida: ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; ta’lim sohasidagi tarmoq davlat dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi; davlat ta’lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti) va davlat ta’lim talablarida kadrlarning ma’lumoti darajasiga va kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo‘yilgan talablarning ta’lim tashkilotlari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; davlat ta’lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standartini) va davlat ta’lim talablari ishlab chiqilishini ta’minlaydi va ularni tasdiqlaydi; ta’lim oluvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash tartibini belgilaydi; professional ta’limning kasblar va mutaxassisliklar, oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, shuningdek bilim sohalari va ta’lim sohalari ro‘yxatini belgilaydi; ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘qitishning ilg‘or shakllari, yangi pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning texnik va axborot vositalari joriy etilishini ta’minlaydi; ta’lim tashkilotlarida kadrlarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, o‘quv dasturlarini takomillashtiradi; o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilishni tashkil etadi; o‘zlashtirishni baholashga, o‘quv jarayonini, ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi, shuningdek eksternat tartibida ta’lim oluvchilarning toifalarini belgilaydi; davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi; 8
ta’lim tashkilotlarida moddiy-texnika resurslaridan foydalanishga doir talablarni ishlab chiqadi; ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Download 0,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling