mavzu / soat / juftlik O‘quv faniga kirish
Ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida icloh qilishga e’tibor
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
1 Mavzu (2)
3. Ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida icloh qilishga e’tibor qaratilayotganligi Xorijiy mamlakatlarda ham ta’limga oid konstitusiyaviy normalar mustahkamlangan. Masalan, AQSH Konstitusiyaga muvofiq, ta’lim sohasi, shu jumladan, oliy ta’lim ham federal hukumat emas, balki shtatlar boshqaruv organlari vakolatiga kiritilgan. 1917 yilda ta’lim olishga bo‘lgan huquqni konstitusiya darajasida mustahkamlagan birinchi davlat Meksika bo‘ldi. Unda xususan, barcha uchun boshlang‘ich ta’limning bepul bo‘lishi tizimi joriy etilishi belgilangan. Fransiya Konstitusiyasi preambulasida barcha darajadagi jamoatchilik bepul va dunyoviy ta’limni tashkil etish davlatning burchi hisoblanishi belgilandi. Yaponiya Konstitusiyasi 26-moddasida barcha o‘z qobiliyatiga muvofiq holda qonunda belgilangan tartibda ta’lim olishda teng huquqlarga ega deb belgilangan. Ispaniya Konstitusiyasi 27-moddasiga ko‘ra, barcha fuqarolar ta’lim olish huquqiga ega. Universitetlar avtonomiya huquqidan foydalanadilar. Davlat hokimiyati ota-onalarning o‘z bolalariga ularning diniy va axloqiy ishonchiga mos keladigan ta’limni berish huquqlarini kafolatlaydi. Italiya Konstitusiyasi 33-34-moddasiga binoan, maktab barcha uchun ochiqdir. Loyiq va qobiliyatli o‘quvchilar garchand, ular tegishli mablag‘dan mahrum bo‘lsalarda, maktabning yuqori darajalariga o‘tish huquqiga egadirlar. Respublika ta’lim masalalari bo‘yicha umumiy normalar o‘rnatadi va barcha darajadagi hamda turdagi davlat maktablarini ta’sis etadi. Xususiy tashkilot va shaxslar davlat hisobidan moliyalashtirilmaydigan maktablar va ta’lim institutlarini ta’sis etish huquqiga ega. Davlat ta’lim muassasalari bilan tenglashishni talab qiluvchi nodavlat maktablarning huquq va majburiyatlarini belgilashda qonun ularning to‘liq erkinligini, ularning tarbiyalanuvchilari uchun esa, - davlat maktablari bilan bir xildagi maktab tartibini ta’minlashi lozim. Turli darajadagi va turdagi maktablarga qabul uchun, ularni tamomlash va kasbiy faoliyatga yo‘llanma olish uchun davlat imtihonlari belgilanadi. Germaniya Konstitusiyasi 7, 12-moddalariga ko‘ra, barcha nemislar o‘zlari uchun ta’lim olish joyini erkin tanlash huquqiga egadirlar. Barcha maktab ishlari davlat nazorati ostida bo‘ladi, xususiy maktablar ochish huquqi kafolatlanadi. Davlat maktablarini almashtiruvchi xususiy maktablar davlat ruxsatini talab qiladi va yerlar qonunlariga buysunadi. Bolalarni tarbiyalashga vakolatli shaxslar o‘z farzandlarini diniy ta’limda ishtirok etishini hal qilish huquqiga ega. Diniy ta’lim davlat
9
maktablarida majburiy predmet hisoblanadi, nokonfessional maktablar bundan mustasno. Davlatning nazorat huquqiga zarar yetkazmagan holda diniy ta’lim diniy jamoalarning asosiy prinsiplariga muvofiq holda amalga oshiriladi. Hech bir o‘qituvchi o‘z irodasiga qarshi ravishda diniy ta’limni olib borishga majbur etilishi mumkin emas. Gresiya Konstitusiyasi 16-moddasiga muvofiq, barcha greklar davlat o‘quv muassasalarining barcha bosqichlarida bepul ta’lim olish huquqiga egadirlar. Oliy ta’lim muassasalarining xususiy shaxslar tomonidan ta’sis etilishi ta’qiqlanadi. Bepul oliy ta’lim davlat oliy ta’lim muassasalarida olinadi, ularning o‘qituvchilari davlat xizmatchilari hisoblanadi hamda lavozimidan xizmat muddati tugaganiga qadar faqatgina xizmat tartibida ozod etilishi mumkin. Oliy ta’lim muassasalari o‘zini o‘zi boshqarishdan foydalanadilar, biroq davlat nazorati ostida bo‘ladilar. Rossiya Federasiyasi Konstitusiyasi 42-43-moddalariga muvofiq, har bir shaxs ta’lim olish huquqiga ega. Davlat va munisipal ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida maktabgacha, asosiy umumiy va o‘rta kasbiy ta’lim bepulligi va umumochiqligi kafolatlanadi. Asosiy umumiy ta’lim majburiy. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolalar tomonidan asosiy umumiy ta’lim olinishini ta’minlaydilar. Har bir shaxs davlat yoki munisipal ta’lim muassasasi va tashkilotida tanlov asosida oliy ta’lim olish huquqiga ega. Rossiya Federasiyasi federal davlat ta’lim standartlarini o‘rnatadi, ta’lim va mustaqil ta’limning turli shakllarini qo‘llab-quvvatlaydi. Xorijiy mamlakatlarda ta’limga oid maxsus qonun hujjatlari ham qabul qilingan. Misol uchun, AQSHda federal miqyosda ta’lim masalalari AQSH Qonunlar majumasining 20-tituli (“Ta’lim”) bilan tartibga solingan bo‘lib, u o‘z ichiga ikki muhim bo‘limlarni qamrab oladi: 8 – “Govard universiteti” va 28 – “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun asosida “Oliy ta’lim olish uchun mablag‘ va talabalarga yordam” (bu keyinchalik Talabalar ssudasini moliyalashtirish assosiasiyasi tuzilishi uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilgan). AQSH Qonunlar majumasining 20-tituli (“Ta’lim”) Federal normativ- huquqiy hujjatlar Kodeksi (Code of Federal Regulations) 34-tituli bilan ta’minlanadi, xususan, u akkreditasiya bo‘yicha agentlik huquqiy maqomini, federasiya va shtatlar o‘rtasida kelishuv qoidalarini, shtatlarning oliy ta’limni moliyalashtirishdagi ishtirokini va boshqa masalalarni tartibga soladi. Ta’lim sohasidagi menejment xusu-siyatlari, oliy ta’lim muassasalarining mustaqilligi, boshqaruvni demarkazlashtirish kabi masalalar 1994 yildagi “Ta’limning milliy maqsadlari to‘g‘risida”gi va 2002 yildagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan ham tartibga solingan. Buyuk Britaniyaning ta’lim to‘g‘risidagi qonunlarini shartli ravishda maxsus va boshqa qonun hujjatlariga bo‘lish mumkin. Maxsus qonunlarga, ya’ni asosan ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarga – 1996 yildagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (Education Act 1996). Hozirgi vaqtda Angliya va Uelsda bu ta’lim sohasidagi bosh normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shotlandiyada “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 2000 yilda qabul qilindi (Education and Training (Scotland) Act 2000). 1999 yilda Shotlandiya parlamenta
10
ta’limga oid yana bir qator qonunlarni qabul qildi: 2001 yilda “Talabalarni qo‘llab- quvvatlash to‘g‘risida”gi Qonun (Education (Graduate Endowment and Student Support) (Scotland) Act 2001); 2002 yilda – “Imkoniyatlari cheklangan shaxslarni muhofaza qilish strategiyasi va ta’lim qaydlari to‘g‘risida”gi, “Maktab qonunchiligini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi, “Malakani boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunlar; 2003 yilda – “Maktab nonushtalari to‘g‘risida”gi Qonun; 2004 yilda – “Ta’limni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi, “Maktab ta’limi (vazirlik vakolatlari va mustaqil maktablar) to‘g‘risida”gi qonun; 2005 yilda – “Oliy va undan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi, “Gael tili to‘g‘risida”gi qonunlar; 2006 yilda “Shotland maktablari to‘g‘risida”gi Qonun va b.q. Germaniyada “O‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Federal qonunga ko‘ra, agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat xarajatlarini ko‘tara olmasa, ular moliya yordamini oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarmi qarz tariqasida beriladi. Janubiy Koreyada “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, barcha – davlat tasarrufidagi va xususiy oliy o‘quv yurtlari ta’lim vazirligi va mehnat resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan boshqariladi. Boshqa masalalar bo‘yicha universitetlar Koreya Universitet ta’limi kengashi tamoyillariga tayanadi. Xitoyda ta’lim jarayoni va uni boshqarish “Xitoy Xalq Respublikasining ta’lim to‘g‘risida”gi, “Xitoy Xalq Respublikasining majburiy ta’lim olish to‘g‘risida”gi, “Xitoy Xalq Respublikasining oliy ta’lim to‘g‘risida”gi, “Xitoy Xalq Respublikasining kasbga yo‘naltirilgan ta’lim to‘g‘risida”gi, “Xitoy Xalq Respublikasining o‘qituvchilar to‘g‘risida”gi qonunlari, “Xitoy
Xalq Respublikasida ilmiy darajalar to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”si bilan boshqarilib, ular bilan bir qatorda XXR Davlat Kengashi “Nogironlar ta’limi xususida”gi nizom, “Ta’limdagi muvaffaqiyatlari uchun taqdirlash to‘g‘risida”gi nizom, “O‘qituvchilar mandati xususida”gi nizom, “Bolalar bog‘chalarini boshqarish haqida”gi nizom va boshqa (jami 10 ta) turli xil qarorlar asosida amalga oshiriladi. Xususan, Germaniyada oliy ta’lim tizimi: universitetlar va istitutlar; maxsus oliy o‘quv yurtlari; pedagogik va teologik oliy o‘quv yurtlari; boshqaruv va san’at oliy maktablari; kasbiy oliy maktablar (akademiya) tizimini qamrab oladi. Germaniyada Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O‘z- o‘zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlarning bosqichma-bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor- o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘qishi erkin tashkil etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif etiladi. O‘qishga haq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq- ovqat xarajatlarini ko‘tara olmasa, “O‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Federal qonunga ko‘ra, ular moliya yordamini oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarmi qarz tariqasida beriladi. Fransiyada ta’lim 6 yoshdan 16 yoshgacha majburiy hisoblanadi. Ta’lim bir nechta bo‘g‘inlardan iborat: 11
1) boshlang‘ich ta’lim (fr. enseignement primaire) – bolalar bog‘chasida (fr. L'école maternelle) 3 – 4 yil boshlang‘ich maktabda (fr. L'école élémentaire) 5 yil. 2) o‘rta ta’lim (fr. enseignement secondaire) –kollejda (fr. Le collège) 4 yil va liseyda (fr. Le lycée) 3 yil. 3) oliy ta’lim (fr. enseignement supérieur) – o‘rta ta’limni tugatganlik to‘g‘risidagi bakalavr diplomini (fr. Baccalauréat) olgandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin. AQSHda ta’lim tizimi. AQSHda savodlilik darajasi – 99%. 1862 yilda Morilla Qonuni qabul qilinishi bilan ta’lim tizimiga beg‘araz davlat ko‘magini ko‘rsatish boshlandi. Majburiy ta’limning davomiyligi va yoshi shtatlarga qarab farqlanadi. Bolalar ta’lim olishni 5 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan yoshda boshlaydilar va bu 18 yoshdan 19 yoshgacha davom etadi. 5 yoshda amerikalik bollar boshlang‘ich maktabga (ing. elementary school), nolinchi sinfga boradilar. Ushbu sinf ayrim shtatlarda majburiy hisoblanmaydi. Boshlang‘ich maktab 5 yoki 6 sinfgacha davom etadi (maktab okrugiga qarab), undan so‘ng o‘quvchi o‘rta maktabga (ing. middle school) boradi, u 8 sinfda yakunlanadi. Oliy (yuqori) maktab (ing. high school) – 9 sinfdan 12 sinfgacha davom etadi. O‘rta ta’limga ega shaxslar ta’limi ikki yo‘sinda davom etishi mumkin: 1) jamoat kollejlariga (community college, ular shuningdek, boshlang‘ich kollej (junior college) ham deb nomlanadi), texnik kollejlarga (technical college) yoki shahar kollejlariga (city college) kirishlari mumkin bo‘lib, ikki yillik ta’limdan so‘ng O‘zbekistondagi o‘rta-maxsus ta’lim darajasiga teng daraja (associate’s degree) beradi. 2) ta’limni davom ettirishning boshqa imkoniyati kollej yoki universitetlarga qabul qilinish bo‘lib, u yerda to‘rt yillik ta’lim olinib, bakalavr darajasiga ega bo‘linadi. Bakalavr darajasini olgan shaxs magistr (2-3 yil) yoki falsafa doktori (3 yil va undan ziyod) darajasini olishda davom etishi mumkin. Alohida akkreditasiyadan o‘tgan OTM va fakultetlar tibbiyot doktori va huquq doktori darajasini beradilar, ular uchun maxsus tayorgarlik talab qilinadi. Yaponiyada ta’lim tizimi quyidagi bosqichlardan iborat: ixtiyoriy bosqich – bolalar bog‘chasi; maktab ta’limi – u o‘z navbatida kichik (1-6 sinflar), o‘rta (7-9- sinflar) va yuqori (10-12-sinflar) maktabga bo‘linadi, bunda o‘rta maktabdan so‘ng turli xil ixtisoslashgan maktab va texnologik kollejlarga o‘tish mumkin; oliy ta’lim (13-18-bosqichlar) – u universitet va nouniversitet sektoriga bo‘linadi. Oliy ta’lim tizimi o‘z ichiga ta’lim muassasalarining quyidagi to‘rt turini qamrab oladi: 1) to‘liq sikldagi (4 yil) va tezlashgan sikldagi (2 yil) universitetlar; 2) kasb-hunar kollejlari; 3) maxsus tayyorgarlik maktablari (texnologik institutlar); 4) diplomdan keyingi ta’lim maktablari (magistratura). Nouniversitet sektori mohiyatiga ko‘ra ikkinchi darajali ta’lim muassasalari bo‘lib, ta’lim funksiyasidan ham ko‘ra ko‘proq ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Ular 12
huquqiy nuqtai nazaridan to‘laqonli oliy ta’lim muassasasi hisoblansada, amalda kadr tayyorlash va diplomi nufuzi bo‘yicha oliy maktabga mos kelmaydi. Janubiy Koreya ta’lim tizimi 6 yillik boshlang‘ich maktab, 3 yillik asosiy o‘rta maktab, 3 yillik yuqori maktab, 4 yillik kollej va 4 yillik universitetlardan iborat. Shuningdek, 2 va 3 yillik maxsus va kasbiy – texnik kollejlar mavjud. OO‘Yudan keyin magistratura va doktoranturada tahsil olish mumkin. Janubiy Koreya oliy ta’lim quyidagi bosqichlarda olib boriladi: bakalavriat, magistratura, doktorantura. Bakalavriatda o‘qish muddati 4 yil. Talabalar 140-150 kredit soat atrofida tahsil oladilar. Magistraturada o‘qish muddati 2-3 yil. O‘qish yakunida talabalar dissertasiya yoqlaydilar. Doktoranturada o‘qish muddati 3-4 yil. O‘qish yakunida doktorlik dissertasiyasi himoya qilinadi, og‘zaki yoki sohaviy maxsus imtihon topshiriladi. Xitoyda esa, oliy ta’lim tizimi o‘z ichiga universitet, kollej va oliy kasbiy maktablarni oladi, hamda o‘zining nufuziga ko‘ra bir necha iyerarxik kategoriyalarga bo‘linadi. Maktab bitiruv imtixonlarida olingan ballarga ko‘ra bitiruvchilar oliy o‘quv yurtlarining yuqori yoki quyi toifalariga nomzod bo‘la oladilar. Xitoy universitetlariga kirish qat’iy raqobat sharoitida o‘tadi: ba’zi universitetlarda bitta o‘ringa 200-300 kishi to‘g‘ri keladi. Xitoyda, xuddi Gʻarb davlatlaridagi kabi uch bosqichli sandart tayyorlov bosqichi mavjud. Bular: bakalvriat – o‘qish muddati 4-5 yil. Bu bosqichni tugatganlar “Bakalavr” maqomi bilan tugallangan oliy ta’lim oladilar. Magistratura – o‘qish muddati 2-3 yil. Doktorantura – o‘qish muddati 2-3 yil, ba’zan 4 yil. Aspirantlar uchun ta’limning ikki bosqichi mavjud: aspirantura va doktorantura. Ta’lim tizimini tashkil etish va sifatini oshirishga oid BMT hujjatlari: 1) Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi (10.12.1948 y. 217A (III) Rezolyusiya); 2) Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (16.12.1966 y.); 3) Ta’lim sohasidagi diskriminasiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiya (15.12.1960 y.); Kasbiy va texnik ta’lim to‘g‘risidagi Konvensiya (10.11.1989 y.); 1) Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya (20.11.1989 y.); 2) “XXI asr uchun oliy ta’lim: yondashuvlar va amaliy choralar” Butunjahon deklarasiyasi (09.10.1998 y.); 3) Ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanish deklarasiyasi (BMT Bosh Assambleyasi, 11.12.1969 y.); 4) Tinchlik madaniyati sohasidagi Deklarasiya va harakat dasturi (BMT Bosh Assambleyasi, 13.09.1999 y.). Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining 26-moddasiga ko‘ra, Har bir inson ta’lim olish huquqiga ega. Ta’lim olishda hech bo‘lmaganda boshlang‘ich va umumiy ta’lim tekin bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich ta’lim majburiy bo‘lishi kerak. Texnik va hunar ta’limi hammaning qurbi yetadigan darajada bo‘lishi, oliy ta’lim esa har kimning qobiliyatiga asosan hamma uchun yetarli imkoniyat doirasida 13
bo‘lmog‘i kerak. Ta’lim inson shaxsini to‘la barkamol qilishga va inson huquqlari hamda asosiy erkinliklariga nisbatan hurmatni kuchaytirishga qaratilmog‘i lozim. Ta’lim barcha xalqlar, irqiy va diniy guruhlar o‘rtasida bir-birini tushunish, xayrihohlik va do‘stlikka xizmat qilishi hamda BMTning tinchlikni saqlash borasidagi faoliyatiga yordam berishi kerak. Kichik yoshdagi bolalari uchun ota- onalar ta’lim turini tashlashda imtiyozli huquqqa egadir. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt 13- moddasining muvofiq, ushbu paktda qatnashuvchi davlatlar har bir insonning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini tan oladilar. Ular ta’lim inson shaxsini to‘liq rivojlantirishga va uning sha’nini anglab yetishga hamda inson huquqlari va uning asosiy erkinliklariga hurmatni mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozimligiga rozilik bildiradilar. Ular yana ta’lim barchaga erkin jamiyatning foydali ishtirokchilari bo‘lishlari uchun imkoniyat berishi, barcha millatlar va barcha irqlar, etnik va diniy guruhlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, bag‘rikenglik va do‘stlikka sharoit yaratishi hamda BMTning tinchlikni qo‘llash bo‘yicha ishiga yordamlashishi lozimligini ham tan oladilar. Ushbu paktda qatnashuvchi davlatlar ushbu huquqni to‘liq amalga oshirish uchun quyidagilarni tan oladilar: A) boshlang‘ich ta’lim barcha uchun majburiy va bepul bo‘lishi lozim; B) o‘rta ta’lim o‘zining turli shakllarida, shu jumladan, kasbiy texnik o‘rta ta’lim barcha zarur choralarni ko‘rish, xususan, bepul ta’limni bosqichma-bosqich joriy etish orqali barcha uchun ochiq va qulay bo‘lishi lozim; B) oliy ta’lim barcha zarur choralarni ko‘rish orqali, xususan, bosqichma- bosqich bepul ta’limni joriy etish orqali barcha uchun har bir kishining qobiliyatlari asosida bir xilda imkonli bo‘lishi lozim. G) elementar ta’lim o‘zining boshlang‘ich ta’lim kursini o‘tamagan yoki to‘liq tamomlamaganlar uchun rag‘batlanti-rilishi yoki jadallashtirilishi lozim; D) barcha bo‘g‘indagi maktablar tizimi faol rivojlantirilishi, qoniqarli stipendiyalar tizimi o‘rnatilishi hamda o‘qituvchilar tarkibining moddiy shart- sharoitlari doimiy yaxshilanib borishi lozim. Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning 17, 28, 29, 30-moddalari ham bolalarning ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Ta’lim tizimini tashkil etish va sifatini oshirishga oid Yevropa hujjatlari: 1) Yevropa mintaqasida oliy ta’limga taalluqli malakani tan olish to‘g‘risidagi Lissabon konvensiyasi (11.04.1997 y.); 2) Universitetlarga kirish huquqini beruvchi diplomlar ekvivalentligi to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasi (11.12.1953 y.); 3) Universitet ta’limi davriyligi ekvivalentligi to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi (15.12.1956 y.); 4) Universitet malakalarini akademik tan olish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi (14.12.1959 y.); 5) Universitet ta’limi davriyligining umumiy ekvivalentligi to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi (06.11.1990 y.); 14
6) Yevropa mintaqasi davlatlarida o‘quv kurslarini, oliy ta’lim va ilmiy darajalarini tan olish to‘g‘risidagi Konvensiya (21.12.1979 y.); 7) Yevropa madaniyat Konvensiyasi (19.12.1954 y.). Yevropa oliy ta’lim hududi: Yevropa ta’lim vazirlari qo‘shma murojaati (Bolonya deklarasiyasi, 1999 yil 19 iyun) 6 ta asosiy maqsadni belgilab beradi: 1) Yevropa fuqarolarining mehnat qilish imkoniyatini ta’minlash va Yevropa oliy ta’lim tizim xalqaro raqobatbardoshligini oshirish maqsadida oson tushuniladigan va taqqoslanadigan darajalar tizimini qabul qilish, shu jumladan, diplomga Ilovani joriy etish orqali; 2) mohiyatan ikki asosiy – darajagacha va darajadan keyingi sikllarga asoslangan tizimni qabul qilish. Ikkinchi siklga kirish davomiyligi uch yildan kam bo‘lmagan birinchi sikl o‘qishini muvaffaqiyatli yakunlashni talab qiladi. Birinchi sikldan keyin beriladigan daraja Yevropa mehnat bozorida tegishli darajadagi malaka sifatida talabchan bo‘lishi lozim. Ikkinchi sikl aksariyat Yevropa mamlakatlaridagi singari magistr va (yoki) doktor darajasini olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim; 3) ECTS – mehnat layoqati birliklarini topshirish yevropacha tizimi bo‘yicha kreditlar tizimini joriy etish. 4) erkin harakatlanishni samarali amalga oshirish uchun to‘siqlarni bartaraf etish orqali sa’y-harakatlarni umumlashtirishga ko‘maklashish, shu jumladan, quyidagilarga e’tibor qaratish: o‘quvchilarga ta’lim olish va amaliy tayorgarlik ko‘rish va tegishli xizmatlardan foydalanish imkoniyati ta’minlanishi lozim; o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va ma’muriy xodimlarga tadqiqot o‘tkazishga, dars berishga va stajirovka o‘tashga sarflangan vaqtlarini qonunda belgilangan huquqlariga zarar yetkazmagan holda tan olish; 5) o‘zaro mutanosib mezonlar va metodologiyalarni ishlab chiqish maqsadida ta’lim sifatini ta’minlashda Yevropa darajasidagi hamkorlikka ko‘maklashish; 6) Yevropada oliy ta’limga, shu jumladan, o‘quv rejalarini rivojlantirishga, institutlararo hamkorlikka, o‘zaro o‘qitish dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni tayyorlash va o‘tkazishga doir zarur qarashlarni shakllantirishga yordam ko‘rsatish. Bolonya deklarasiyasini imzolagan shaxslar (jami 31 ta): Avstriya Fan va transport vaziri; Belgiya Fransuz hamjamiyati oliy ta’lim va tadqiqot vazirligi Bosh direktori; Bolgariya Ta’lim va fan vaziri; Chexiya Ta’lim, yoshlar va sport bo‘yicha vazir; Daniya Ta’lim vaziri; Estoniya Ta’lim vaziri; Finlyandiya Ta’lim va fan vaziri; Fransiya Milliy ta’lim, tadqiqotlar va texnologiyalar vaziri; Germaniya Ta’lim va tadqiqotlar Federal vazirligi Davlat parlament kotibi; Belgiya Flamandiya hamjamiyati vazirligi ta’lim departamenti bosh direktori; Shlezvig-Golshteyn yeri ta’lim, fan, tadqiqot va madaniyat vaziri (GFR yerlari madaniyat vazirlarining doimiy amal qiluvchi konferensiyasi); Gresiya Xalq ta’limi va din ishlari vaziri; Vengriya Oliy ta’lim va fan bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosari; Islandiya Ta’lim, fan va madaniyat vazirligi Bosh kotibi; Irlandiya Ta’lim va fan vazirligi boshqaruvchi xodimi; Italiya Universitetlar, ilmiy va texnologik tadqiqotlar vaziri; Latviya Oliy ta’lim va fan davlat vaziri; Litva Ta’lim va fan vaziri; Lyuksemburg Milliy ta’lim va kasbiy-texnik tayyorgarlik vaziri; Malta Ta’lim vaziri; Niderlandiya Ta’lim,
15
madaniyat va fan vaziri; Norvegiya Ta’lim, tadqiqotlar va cherkov ishlari bo‘yicha vaziri; Polsha Milliy ta’lim bo‘yicha davlat kotibi; Portugaliya Ta’lim vaziri; Ruminiya Milliy ta’lim vaziri; Slovakiya Ta’lim vaziri; Sloveniya Oliy ta’lim bo‘yicha davlat kotibi; Ispaniya Ta’lim, universitetlar, tadqiqot va rivojlanish ishlari bo‘yicha davlat kotibi; Shvesiya Ta’lim va fan ishlari bo‘yicha davlat kotibi; Shveysariya Fan va tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat kotibi; Buyuk Britaniya ta’lim va bandlik bo‘yicha davlat vaziri. Bolonya jarayoni asosiy qoidalari. Darajalar tizimi: I daraja – bakalavr – 3-4 y.; II daraja – magistr – +1-2 y.; doktorant – +3 y.; (jami – 3-5-8 yil). Bakalavr mehnat bozorida talabchan bo‘lishi lozim. Ta’lim vazirligi Mehnat vazirligi bilan ushbu masala muzokaralar olib boradi. ECTS (to‘plovchi va o‘tkazuvchi tizimlar) – bir semestrda 30 kredit, yiliga 60 kredit to‘plash kerak. Hozirda so‘z diplomlarni tan olish haqida bormoqda, ularning va o‘qitish davrining ekvivalentligi haqida emas. Ta’lim tizimini tashkil etish va sifatini oshirishga oid YuNESKO hujjatlari: 1) Xalqaro madaniy hamkorlik prinsiplari deklarasiyasi (YuNESKO, 04.11.1966 y.); 2) “O‘quv kurslari va oliy ta’lim to‘g‘risidagi guvohnomani tan olish to‘g‘risida”gi YuNESKO Tavsiyalari (13.11.1993 y.); 3) “Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi kadrlari maqomi to‘g‘risida”gi YuNESKO Tavsiyalari (11.11.1997 y.); 4) “Ta’lim sohasida diskriminasiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi YuNESKO Tavsiyalari (Parij, 14.12.1960 y.); 5) “Voyaga yetganlar ta’limini rivojlantirish to‘g‘risida”gi YuNESKO Tavsiyalari (Parij, 26.11.1976 y.); 6) “O‘qituvchilarning holati to‘g‘risida”gi YuNESKO Tavsiyalari (05.11.1966 y.). “Ta’lim sohasida kamsitishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi YuNESKO Konvensiyasi. Mazkur Konvensiya Parijda 1960 yil 14 dekabrda qabul qilingan bo‘lib, BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Bosh konferensiyasi 11-sessiyasida qabul qilingan hisoblanadi. Mazkur Konvesiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis 1997 yil 30 avgustdagi 497-I-son qaroriga muvofiq qo‘shilgan va O‘zbekiston Respublikasida 1998 yil 8 martdan kuchga kirdi. Mazkur Konvensiyada inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik prinsipini tasdiqlashini va har bir insonning ta’lim olish huquqini e’lon qilishini eslatib o‘tgan. Ta’lim tizimini tashkil etish va sifatini oshirishga oid MDH hujjatlari. 1) Ta’lim sohasiagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuv (Toshkent, 15.05.1992 y.). 2) MDH ishtirokchi-davlatlari ta’lim faoliyatini lisenziyalash, oliy ta’lim muassasalarini attestasiya va
akkreditasiya qilish
sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi Kelishuv (2003 yil); 3) MDH ishtirokchi-davlatlarining ta’lim sohasidagi axborot almashinuvi to‘g‘risidagi Kelishuv (2002 yil); 4) MDH ishtirokchi-davlatlarida oliy ta’lim muassasalari filiallarini yaratish va ishlashi tartibi to‘g‘risidagi kelishuv (2002 yil);
16
5) MDHda yagona ta’lim hududini shakllantirish bo‘yicha MDH ishtirokchi- davlatlarining hamkorligi to‘g‘risidagi kelishuv; 6) MDH doirasida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasi to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikasiya qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv (Moskva, 13.03.1992 yil); 7) MDH ishtirokchi-davlatlari fuqarolariga umumiy ta’lim muassasalaridan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuv (16.04.2004 yil). O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi ikki taraflama hamkorlik bo‘yicha xalqaro hujjatlari: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.05.1998 y. 201-son "Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida"gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.05.1998 y. 192-son "Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Latviya hukumatlararo komissiyasining O‘zbekistonga oid qismini tuzish to‘g‘risida"gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.06.1998 y. 248-son "Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vyetnam hukumatlararo komissiyasining O‘zbekistonga oid qismini tuzish to‘g‘risida"gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federasiyasi Hukumati o‘rtasida madaniy-gumanitar va ilmiy-texnikaviy sohalarda 2013 - 2015 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Dasturi (Moskva, 2013 yil 15 aprel); O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Malayziya Hukumati o‘rtasida oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumi (Toshkent, 2008 yil 17 noyabr); O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekistonda professional ta’limning imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi Kelishuv (Toshkent, 2007 yil 28 dekabr); O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Tarbiya va ta’lim vazirligi o‘rtasida anglashuv memorandumi (Qohira, 2007 yil 26 dekabr); O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida almashuv Dasturi (Dastur Dehli shahrida 2005 yil 5 aprelda imzolangan); O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Polsha Respublikasi Hukumati o‘rtasida madaniyat, fan va ta’lim sohalarida 2004-2006 yillar uchun Ijroiya Dasturi; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Mongoliya Hukumati o‘rtasida madaniyat va fan sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federasiyasi Hukumati o‘rtasida axborot-madaniyat markazlarini ta’sis etish va ular faoliyatining shart- sharoitlari to‘g‘risida Bitim (Moskva, 1998 yil 6 may, 2006 yil 16 maydan kuchga kirgan). Ta’lim sohasidagi xalqaro tashkilotlar.
17
YuNESKO – BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti. Universal xususiyatdagi hukumatlararo tashkilot: dunyoning turli mintaqalarida ta’limni rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadi; ta’lim bo‘yicha ma’ruza, hisobotlar va axborot-tahliliy materiallrni chop etadi, hamkorlik va ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazadi. YuNESKO tomonidan chop etiladigan hujjatlar: YuNESKOning statistik yilnomasi (dunyoning mintaqalari va davlatlari bo‘yicha fanning rivojlanishi va savodxonlik darajasi to‘g‘risida ma’lumotlar); Ta’lim bo‘yicha butunjahon ma’lumotnomasi – butun dunyo bo‘yicha milliy ta’lim tizimlari to‘g‘risida ma’lumot; Ta’lim bo‘yicha butunjahon ma’ruzasi – ta’limni rivojlantirish va moliyalashtirish bo‘yicha statistik ma’lumotlar. Oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Yevropa assosiasiyasi – The European Association for Quality Assurance in Higher Education - ENQA. YeI a’zo-davlatlari ta’lim muassasalari uchun standartlarni, tartib-taomillar va tavsiyalarni ishlab chiquvchi, shuningdek, Bolonya jarayonlarini tartibga soluvchi bosh tashkilot. ENQA ilg‘or tajribalarni rivojlantirish va almashish va ta’lim sohasida yagona Yevropa standartlarini ishlab chiqish maqsadida oliy ta’lim sifatini ta’minlash sohasida hamkorlikka ko‘maklashadi. Oliy ta’lim sifati bo‘yicha Yevropa reyestri – The European Quality Assurance Register for Higher Education – EQAR. Quyidagilar uchun sharoit yaratadi: oliy ta’lim muassasalariga ishonch reytingini e’lon qilish va shu orqali “akkreditasiya fabrikalari” mavjud bo‘lishi imkoniyatlarini qisqartirish yo‘li bilan talabalar sa’y-harakatlarini birlashtiradi; ta’limda sifatni ta’minlash bo‘yicha agentliklar faoliyatini sifatini yaxshilash vositasi bo‘lib xizmat qiladi hamda ular o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi; oliy ta’lim muassasalariga ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha turli agentliklarni tanlash imkoniyatini beradi. Arab davlatlari Ligasining Ta’lim, madaaniyat va fan masalalari bo‘yicha tashkiloti – Arab League Educational Cultural and Scientific Organization – ALECSO. ALECSO ta’lim sohasida: mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiradi; ALEKSO mamlakatlarida ta’limni moliyalashtirish manbalari va mexanizmlarini rivojlantiradi; ayollar ta’limini yuksaltiradi; imkoniyati cheklangan shaxslarni ta’lim jarayoniga jalb qiladi; mintaqa mamlakatlari o‘rtasida universitet ta’limi ta’lim sikllarini birxillashtiradi; masofali ta’limni rivojlantiradi; ta’lim sifatini baholashning milliy institutlari, standartlari, mezonlarini ishlab chiqadi va rivojlantiradi. Universitetlarning xalqaro assosiasiyasi – International Association of Universities – IAU. 120 dan ortiq mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarini birlashtiradi. IAU o‘z faoliyatida turli faoliyat sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari bo‘yicha choraklik jurnal nashr etadi. IAU tomonidan chop etiladigan Universitetlar xalqaro yillik ma’lumotnomasi butun dunyo mamlakatlarida ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida ma’lumotlarni qamrab oladi. Assosiasiya Yevropa o‘quv muassasalarida Bolonya jarayoni asosiy prinsiplarini joriy etishga ko‘maklashadi. 18
Akademik hamkorlik Assosiasiyasi – Academic Cooperation Association – ACA. Assosiasiya faoliyatining asosiy
yo‘nalishlari: oliy
ta’lim internasionalizasiyasiga ko‘maklashadi; oylik elektron axborotnoma chop etish, seminar va konferensiyalar o‘tkazish orqali Yevropa va xalqaro tashkilotlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan eng dolzarb o‘zgarishlar haqida xabardor qiladi; oliy ta’lim internasionalizasiyalash sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadi va ular natijasi bo‘yicha nashrlar chop etadi; oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling