Mavzu : Sport turlari buyicha to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi
Download 51.9 Kb.
|
Sharafjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi
- Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha kuzatuv kengashi
- Kuzatuv kengashi tomonidan muvofiqlashtiriladi
- moddiy-texnika bazasini mustahkamlash vazifalari yuklatilsin
- 1 000 talik ro‘yxatiga kiritish ; Universitetda fundamental hamda amaliy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish
- 1,8 бараvaр га, o‘quv qo‘llanmalar
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi faxriy unvoniga ega bo‘lgan sportchilar;
Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega bo‘lgan sportchilar; O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega bo‘lgan sportchilar; Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib (1-o‘rin) bo‘lgan sportchilar. Bunda, mazkur sportchilar variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejalari asosida o‘qitiladi, shuningdek, ular mahallalarda sport to‘garaklarini ochish va boshqarish, sport tadbirlarini tashkil qilish, yoshlar o‘rtasida sportning afzalliklarini targ‘ib qilish ishlariga jalb qilinadi. 4.Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida 2023 yil 1 yanvardan boshlab Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinsin. Belgilansinki, Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 5 fevraldagi “O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida”gi PF-555-son Farmonida belgilangan talablar asosida tayinlanadi. Sportni rivojlantirish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda Bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 5. Universitet Kuzatuv kengashi Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha kuzatuv kengashi (keyingi o‘rinlarda – Kuzatuv kengashi) etib qayta nomlansin, shuningdek, uning yangilangan tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, Universitet filiallari, Oliy sport mahorati instituti hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutining (keyingi o‘rinlarda – Institut) faoliyati Kuzatuv kengashi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Kuzatuv kengashi zimmasiga Universitet va uning filiallari, Oliy sport mahorati instituti va Institutning boshqaruv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini samarali tashkil qilish, ta’lim sifatini yaxshilash, ta’lim jarayonini takomillashtirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash vazifalari yuklatilsin. 6. Kuzatuv kengashi (A.Ikramov) yuklatilgan vazifalar bilan bir qatorda quyidagi manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin: Universitetning jozibadorligini oshirish uchun jahondagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash, shaffof qabul jarayonini tashkillashtirish, tahsil olayotgan xorijiy talabalar sonini 2 бараvaрга ko‘paytirish; Universitetda olimpiya sport faoliyati bo‘yicha yo‘nalishlar sonini 20 фоизга, noolimpiya sport faoliyati bo‘yicha yo‘nalishlar sonini 60 фоизга oshirish; Universitet professor-o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini doimiy rivojlantirib borish maqsadida har yili kamida 10 nafar professor-o‘qituvchilarning xorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi tizimini yo‘lga qo‘yish va ta’lim jarayoniga xorijiy davlatlarning yetakchi professor-o‘qituvchilarini jalb qilish; 2025 yilga qadar Universitetning xalqaro tan olingan tashkilotlarning (QS yoki TNE) sohaviy, mintaqaviy yoxud tematik reytinglariga kiritilishiga erishish hamda 2030 yilga qadar Universitetni xalqaro tan olingan tashkilotlarning (QS yoki TNE) oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1 000 talik ro‘yxatiga kiritish; Universitetda fundamental hamda amaliy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, ularning samaradorligini oshirish, ilm-fanning ishlab chiqarish bilan integratsiyasini kuchaytirish orqali ilmiy salohiyatni 1,7 baravarga ko‘paytirib, 45 фоизгача yetkazish; Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini darsliklar soni bo‘yicha 1,8 бараvaрга, o‘quv qo‘llanmalar soni bo‘yicha 1,8 бараvaрга, Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni bo‘yicha 4,4 бараvaрга oshirish; Universitet va Institutda zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya bazasini yaxshilash (funksional, biokimyoviy, psixodiagnostik, biomexanik, genetik va boshqa laboratoriyalar), ularni ilg‘or texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, yagonakutubxona fondiни shakllantirish orqali fondni 60 фоизга yangilash; Universitet sport ob’ektlarida terma jamoalarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va sport musobaqalarini ijara shartlari va pullik asosda o‘tkazish orqali pullik xizmatlarni rivojlantirish, byudjetdan tashqari mablag‘lar miqdorini ko‘paytirib borish. 7. Quyidagilar: Download 51.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling