xodimlar ochiq tanlov asosida yuboriladi;
xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qituvchi va xodimlarni falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuborish bilan bog‘liq xarajatlar “El-yurt umidi” jamg‘armasiga xorijda doktoranturada ta’lim olish dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Tashqi ishlar vazirligi (V.Norov) Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov) bilan birgalikda:
uch oy muddatda mazkur qarorga 9-ilovada ko‘rsatilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazsin va boshqa tashkiliy tadbirlarni kelishsin;
nomzodlar xorijiy mamlakatlarga viza olishida, konsullik hisobiga qo‘yilishida, notarial va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishida, borgan davlatida ularning o‘qishini monitoring qilishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
19.Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraxmonov) 2023 yil 1 yanvardan boshlab ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq o‘tkaziladigan tanlovlarda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid, xususan ommaviy sport, xotin-qizlar sporti va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish muammolariga yo‘naltirilgan kamida 10 ta maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarga grant mablag‘lari ajratsin. Loyiha ijrochilari grant loyihalari tadqiqotlaridan kelib chiqib ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ilmiy laboratoriya bazasini rivojlantirish, ilg‘or texnologik jihozlar bilan ta’minlash hamda sohaga oid ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish choralarini ko‘rsin.
20.Toshkent shahar, Yashnobod tumanida 2025 yilda Yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo va V Paraosiyo o‘yinlarini tashkil etish uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasiga ushbu o‘yinlar o‘tkazilgandan so‘ng Sportni rivojlantirish vazirligi, tegishli respublika sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hamda 2025 yilda o‘z faoliyatini boshlaydigan O‘zbekiston davlat sport akademiyasi joylashtirilsin.
Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023 yil 1 iyulga qadar Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan xorijiy davlatlar (Xitoy, Rossiya, Koreya va boshqalar)ning ilg‘or tajribasini o‘rgangan holda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |