Mavzu : surxandaryo iqtisodiy geografik rayoni
Download 348.5 Kb.
|
SURXANDARYO IQTISODIY GEOGRAFIK RAYONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. SURXONDARYO VILOYATI SANOAT TARMOQLARINING RIVOJLANISH HOLATI.……………………………………………………….9
- XULOSA
MAVZU : SURXANDARYO IQTISODIY GEOGRAFIK RAYONI. KIRISh…………………………………………………………………….…….1-2 I bob. SURXONDARYO VILOYATI SANOAT TARMOQLARI RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI.……………………....…….…3 Surxondaryo viloyati Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmog’i…………………………………………………………………....3-5 Surxondaryo viloyati Sanoat tarmoqlarining joylashuviga ta’sir etuvchi omillar.………………………………………………………………….…6-8 II bob. SURXONDARYO VILOYATI SANOAT TARMOQLARINING RIVOJLANISH HOLATI.……………………………………………………….9 2.1. Surxondaryo viloyati sanoat tarmoqlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.….............................................................................................................9-16 2.2. Surxondaryo viloyati sanoatining tarmoq tarkibi………………………...17-27 2.3. Surxondaryo viloyati sanoatining hududiy rivojlanish xususiyatlari.........28-34 XULOSA…………………………………………………………………………35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI…………………….........36 Kirish. Mavzuning dolzarbligi. Mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanganlik holati bilan bevosita bog’liq. Ushbu tarmoqlar orasida sanoat tarmog’i o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ushbu tarmoq har qanday mintaqaning iqtisodiy salohiyatini, mamlakat, dunyo miqyosida tutgan o’rnini belgilab beradi. Surxondaryo viloyati O’zbekistonning sug’orma dehqonchilik asosida shakllangan ilk madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Barcha o’tgan tarixiy davrlar davomida qishloq xo’jaligi mintaqa iqtisodiyotining asosiy yetakchi tarmog’i bo’lib kelgan. Bunga unda mavjud bo’lgan agroiqlimiy, yer, suv resurslaridan tashqari, ko’p hollarda uning respublikamizning chekka janubiy qismida joylashganligi ham sabab bo’lgan. Bu holat XX asrning boshlarida mintaqada sanoat korxonalarining joylashuvida ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Natijada yetarli xom ashyo bazasi, mehnat resurslariga ega bo’lishiga qaramay, asosan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi agro sanoat majmui tarmoqlari rivojlandi. Mustaqillik yillarida Surxondaryoda turli ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga harakat qilinayotgan bo’lsa-da, yengil va oziq-ovqat sanoati viloyat iqtisodiyotida o’z salmog’ini saqlab qoldi. So’nggi yillarda sanoat tarmoqlarining rivojlanishida 2007 yil ishga tushirilgan Toshg’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on» temir yo’lining ahamiyati katta bo’ldi. Bu borada prezident I.Karimov shunday degan edi: «...hech shubhasiz bu yo’l O’zbekistonning chet davlatlarga, avvalo, Transafg’on temir yo’l koridori orqali yaqin kelajakda to’g’ridan-to’g’ri Hind okeani, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish va eksport imkoniyatini, shu bilan birga,yurtimizning tranzit rolini kengaytirish borasidagi salohiyatini keskin oshiradi...»1 SHuning uchun sanoat va uning tarmoqlarini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish asosida mintaqa sanoatining rivojlanish xususiyatlari va istiqbollarini tadqiq etish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Aynan shu holatlar tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Download 348.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling