Mavzu : surxandaryo iqtisodiy geografik rayoni
Surxondaryo viloyati aholisining tabiiy va migratsion harakati
Download 348.5 Kb.
|
SURXANDARYO IQTISODIY GEOGRAFIK RAYONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Viloyat bo’yicha
- Suv resurslari omili.
- Transport omili.
Surxondaryo viloyati aholisining tabiiy va migratsion harakati
(2021 yil, promilleda) 1-jadval
Termiz shahri, Denov, Jarqo’rg’on, SHerobod, SHo’rchi kabi tumanlarda esa har 1000ta tirik tug’ilgan bolalarga nisbatan 1 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi viloyat o’rtacha ko’rsatkichlaridan yuqori (7,2 ‰). Bunga asosan qo’shni Tojikiston Respublikasi Tursunzoda shahridagi allyuminiy zavodining viloyat ekologik vaziyatiga salbiy ta’siri va tibbiy sohada hal qilinishi zarur bo’lgan muammolarning ko’pligi ham ta’sir ko’rsatadi. Tug’ilish va o’lim ko’rsatkichlari tabiiy ko’payish ko’rsatkichini keltirib chiqarib, u ijtimoiy-iqtisodiy, biologik, demografik va boshqa omillarga bog’liq. Surxondaryo viloyati aholisining tabiiy ko’payish darajasiga ushbu omillar ichida milliy omil ham katta ta’sir ko’rsatadi. Mustaqillik yillarida respublikamizda ishsizlik darajasini kamaytirishga mintaqalarda mavjud tabiiy va iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalangan holda yangi tarmoqlarni tashkil etish, kichik biznesning rivojlanishiga imkoniyat yaratish orqali erishishga harakat qilindi. Bu haqda 2008 yil 25 martda bo’lib o’tgan Viloyat kengashi sessiyasida respublika prezidenti I.A.Karimov gapirib, «…aholining bandlik darajasini oshirish, shu asosda uning daromadlari va turmush farovonligini yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi… Buning uchun ishchi kuchini ko’p talab etadigan yengil va oziq-ovqat, mahalliy xom ashyoni qayta ishlash sanoati korxonalarini tashkil etish yuzasidan aniq va amaliy chora-tadbirlar ko’rish lozim. SHu bilan birga kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, shaxsiy chorva xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha ham ishlarni kuchaytirish zarur…»ligini ta’kidlab o’tdi.2 3. Suv resurslari omili. Mintaqada Surxondaryo (Qoratog’ va To’polang daryolari qo’shilishidan hosil bo’lgan), SHeroboddaryo, Sangardakka o’xshash katta va kichik daryolar mavjud. Sug’orma dehqonchilikning rivojlanganligi, yangi yer maydonlarining o’zlashtirilishi natijasida o’tgan asrning II yarmidan boshlab viloyatda 13 ta kanal va 5 ta suv omborlari tashkil etildi. Daryolarning asosiy to’yinish manbaalari qor, muz va yer osti suvlari hisoblanadi. Viloyatda Surxondaryo va SHeroboddaryo yirik daryolar hisoblanib, ulardan viloyatning barcha ekin maydonlarini sug’orishda foydalaniladi.V.L.SHulьts va L.I.SHalatovaning (1965) hisoblariga ko’ra, Surxondaryo va SHeroboddaryo suv yig’adigan maydoni 8406 km2, oqim moduli esa 13,2 m/sek km2. Viloyatning barcha daryolari gidrografik jihatdan Amudaryo havzasiga kiradi. Surxondaryo To’polongdaryo va Qoratog’daryoning qo’shilishidan hosil bo’ladi. To’polongdaryo Qoratog’daryoga nisbatan ikki martadan ortiqroq sersuvdir, uning tog’lardan chiqish yeridagi o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 52 m3/sek, Qoratog’daryosiniki 23 m3/sekunddan iborat. Viloyat daryolarida oktyabr-fevral oylarida suv sarfining kamayishi kuzatilsa, mart oyida suv toshib oqadi, ayniqsa, may oyida suvning ko’tarilishi eng yuqori darajada bo’ladi. Iyun oyiga kelib suvning kamayishi boshlanadi. Bunday daryo rejimining xilma-xilligi ulardan sug’orish uchun foydalanishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 1950 yillarning oxiriga kelib viloyatning yirik daryolari suvidan yil davomida dehqonchilikda oqilona foydalanish maqsadida umumiy sig’imi 800 mln m3 bo’lgan Janubiy Surxon suv ombori 1964 yilda ishga tushirildi. Uning maydoni 65,0 km2, o’rtacha chuqurligi 12,3 m., bundan biroz oldinroq, ya’ni 1960 yilda suv sig’imi 160 mln. m3 , maydoni 10,0 km2 bo’lgan Uchqizil suv ombori barpo etildi. SHuningdek, hajmi 12,8 mln. m3 bo’lgan Degrez va boshqa suv omborlar ham qurib bitkazildi. Natijada, yangi yerlarni o’zlashtirish hisobiga sug’oriladigan ekin maydonlar kengayib, paxta yetishtirish hajmi ekstensiv asosda o’sib bordi. Agar viloyat hududi joylashgan geografik kengliklarda yoz issiq, qish esa aksar hollarda yumshoq va qurg’oqchil kelishini hisobga olsak, ba’zi yillarda viloyat xo’jaligi suv resurslariga qo’shimcha ehtiyoj sezadi. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun shunday sharoit mavjud bo’lgan dunyo mamlakatlarida qo’llanilayotgan ilg’or, samarali irrigatsiya tizimlaridan foydalanish zarur. 4. Transport omili. Transport viloyat iqtisodiyotining muhim tarmog’i hisoblanadi. Surxondaryoda tabiiy boyliklarni topish va ishga tushirish, yangi yerlarni o’zlashtirish, yangi aholi manzilgohlarini barpo qilish, tayyor mahsulotlarni va xom ashyoni o’zga rayonlarga chiqarish yoki ulardan keltirish hamisha viloyat transport tarmoqlari va ularning rivojlanish darajasiga bog’liq. Viloyatda temir yo’l, avtomobil yo’li, havo, suv va quvur transaort turlari rivojlantirilgan. Har qanday mintaqa iqtisodiyoti uchun ahamiyatli bo’lgan temir yo’l transporti Surxondaryoda Kogon – Termez yo’nalishida birinchi marotaba 1915 yilda tashkil etilgan. Bu yo’lning ichki taraqqiyotda ta’siri kuchli bo’lmasa ham u viloyat hududini o’zga regionlar bilan bog’lovchi dastlabki muhim omil bo’lgan. Termizdan viloyatning shimoliy tumanlari orqali 1925 yildan boshlab temir yo’l o’tkazila boshladi. O’sha yili Termiz – Dushanbe(248 km), 1971 yil Termiz – Qo’rg’ontepa – Yavan temir yo’llari qurildi. 2007 yil ishga tushirilgan Toshg’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on» temir yo’lining viloyat iqtisodiyoti rivojlanishida ahamiyati katta bo’ladi. Avtomobil transporti temir yo’l transporti kabi katta ahamiyatga ega. U viloyat tumanlarini bir-birlari bilan bog’lovchi vosita bo’lishi bilan birgalikda ko’p yillar davomida mintaqaning yagona ichki qo’shnisi bo’lgan Qashqadaryo viloyati orqali respublikaning markaziy viloyatlari bilan iqtisodiy aloqalar olib borishda katta ahamiyatga ega. Viloyatning asosiy transport yo’llari o’tgan hududlarida xalqaro andozalarga javob beradigan yo’llar, ularga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar, kommunikatsiya vositalari talab etiladi. So’nggi yillarda ushbu masalaga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Surxondaryo transport tarmoqlari ichida havo, suv va quvur transport tarmoqlari iqtisodiyot rivojlanishida nisbatan past ahamiyatga ega. Bundan tashqari, respublikamiz prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan loyihalashtirilayotgan 2003 yil iyun oyida Tehronda O’zbekiston, Eron hamda Afg’oniston rahbarlari tomonidan imzolangan bitim asosida Termiz –Mozori SHarif Hirot-Bandar-Abbos va CHorbahor yo’nalishidagi Transafg’on yo’lagi O’zbekiston uchun janubiy dengiz portlariga olib chiquvchi loyiha viloyat transporti uchun katta ijobiy o’zgarishlarni olib keladi. Download 348.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling