Mavzu : Tarmoq texnologiyalari. Internet xizmatlari. Kirish


Tarmoqli texnologiyalarni milliy iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida foydalanish


Download 0.86 Mb.
bet3/4
Sana22.04.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1381434
1   2   3   4
Bog'liq
Tarmoq xizmatlari

2.Tarmoqli texnologiyalarni milliy iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida foydalanish.
Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig‘imi. Ma’lum vaqt oralig‘ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tezligini belgilaydi.
Xar qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik tushunchasi va uning o‘lchov birliklari mavjud bo‘lganidek, axborotning ham uzatish tezligi hamda o‘lchov birliklari mavjuddir, bular:
>Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;
>Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni;
>Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni;
>Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni.
Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma’lum vaqt oralig‘ida uzatiladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida axborot kanallarining o‘tkazish qobilyatini anglatadi.
Kompyuterning salbiy va ijobiy tomonlari. Kompyuterdan foydalananish bo‘yicha ma’lum me’yorlar, qoidalar va talablar mavjud. Bunga kompyuterning joylashishi, xonaning yorug‘ligi, havo almashishiga bo‘lgan talablar va texnika xavfsizligi qoidalari kiradi. Kompyuter ishlash vaqtida o‘zidan elektromagnit to‘lqinlarni tarqatadi, bu esa o‘z navbatida kompyuterdan uzoq vaqt foydalanilganda inson sog‘lig‘iga zarar yetkazadi. Kompyuterning noto‘g‘ri joylashishi foydalanuvchining tanasi tuzilishiga, kompyuter joylashgan xonaning yorug‘lik darajasi esa kompyuterning foydalanuvchi ko‘rish qobiliyatiga ta’sirini belgilaydi. Maktab yoshigacha bo‘lgan foydalanuvchi kompyuter bilan 15-20 minut ishlashi mumkin. Maktab yoshidagi 1-2 soat oralig‘ida kompyuterda ishlashi mumkin. Kattalar esa bir ish kuni davomida 3-4 soat atrofida ishlashi mumkin.
Lokal xisoblash tarmoqlari (LXT)
Personal kompyuterlar asosida qurilgan LXT, oddiy arxitekturasi va asosiy qurilmalarining arzonligi sababli barcha soxalarda tadbiq qilinmoqda. Jumladan tijorat va bank tizimlarini avtomatlashtirishda, boshqarish tizimlarida va boshqalar. Uning asosiy komponentlariga quyidagilar kiradi:

8.1-rasm. Lokal xosoblash tarmoqlari asosiy komponentlari
LXTlari ikki turga ajratiladi:
1. Yagona rang arxitekturasi - har bir abonent tizimi bir xil ko‘lamda resurslarni taqdim va iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan, axborot tizimining konsepsiyasi. Yagona rang arxitektura shu bilan tavsiflanadiki, unda hamma abonent tizimlari teng huquqli va ularning bir birlarini resurslariga murojaatlari simmetrik bo‘ladi. Buning evaziga, foydalanuvchi ma’lumotlarni taqsimlangan ishlovini bajarishi, amaliy dasturlar, tashqi qurilmalar, shu jumladan, ixtiyoriy tizimlarda joylashgan fayllar bilan ishlashi mumkin. Yagona rang arxitekturasi, tarmoq vositalarining oddiy yuklanishi, yengil kengaytirilishi bilan tavsiflanadi. (Odnorangovыe - peer-to-peer ).

8.2-rasm. Yagona rang arxitekturasi asosida qurilgan LXT
Bu turdagi tarmoqlarda xech qanday ierarxik struktura mavjud emas, har bir terminal ishchi stansiya yoki server vazifasini o‘tashi mumkin. Bu tarmoqda xech qaysi kampyuter tarmoqni boshqarishga javobgar emas.
Ishchi guruxlar – bu guruxga bir maqsadda jamlangan ishchi stansiyalar kiradi. Shu sababli odatda bunday tarmoqlarda (peer-to-peer) 10 dan oshmagan kompyuterlar jamlanadi.
Bu tarmoqlar kam harajatli xisoblansada, ularni qurishda ishlab chiqarish ko‘rsatkichi yuqori, samarali, tezkor va qimmat kompyuterlar ishlatiladi.
Operatsion sistemaga kelsak, ularda MS Widows NT for Workstation; MS Widows 95/98, Widows 2000 va Widows XR dasturlari ishlatilishi mumkin.
2. Server asosida qurilgan LXT (server based).
Tarmoqda joylashgan fayllar va boshqa resurslardan erkin foydalanishni taqdim etuvchi tarmoqdagi kompyuter. Internetda server deganda, veb-sahifalar joylashgan va veb-brauzerlari so‘rovlariga javob beruvchi kompyuter tushuniladi.

8.3-rasm. Server asosida qurilgan LXT
Tarmoqdagi kompyuterlar soni 10tadan oshib ketsa u xolda ishlab chiqarish ko‘rsatkichi kamayib boradi. Shu tufayli tarmoqlar yagona server asosida boshqarilishi kerak bo‘ladi.
Agar tarmoqning xajmi yanada oshib ketsa u xolda bir emas balki bir nechta serverlardan foydalanish kerak bo‘ladi.
Server mashinalarining xizmat turlari kupligi sababli serverlarni xam ma’lum bir xizmat uchun ishlatish mumkin.
Misol uchun:
Fayl serveri – Mahalliy tarmoqdagi ko‘p sonli foydalanuvchilar uchun fayllarini boshqarish va saqlash funksiyalarini ta’minlaydi. U apparat va dasturiy vositalar majmuasi. Fayllarni fayl serverida saqlash bir faylning nusxalar to‘plamini ayrim kompyuterlarda saqlash zaruriyatidan halos qiladi. Bu bilan disk makoni tejaladi, fayllarni ma’murlash va yangilash jarayoni yengillashadi hamda fayllarni muhofazalash ishonchliligi oshadi
Dastur serverlari – bu serverlarda “klient-server” dasturlari ishlatiladi va foydalanuvchilar barcha ma’lumotlarini mana shu serverlarda saqlab qayta ishlash imkoniga egadir. Pochta serverlari – pochta serveri Foydalanuvchilarning shaxsiy xatlarini qabul qilib olish va uzatishni hamda ularni yo‘naltirishni ta’minlovchi server. Pochta serverini tashkil qilish uchun shaxsiy kompyuterga tegishli dasturiy ta’minotni o‘rnatish lozim.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling