Mavzu : Tog’ jinslarining deformasiyasi


bir jinsli deformasiya deyiladi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1045040
1   2   3   4
Bog'liq
7.Tog’ jinslarining deformasiyasi.

bir jinsli deformasiya deyiladi
. Bir jinsli 
deformasiyada kvadrat uchburchakka, rombga, aylanaga va xkzga aylanadi. 
Bir jinsli bo’lmagan deformasiyada jinsning bo’laklari har xil deformasiyaga 
uchraydi yoki har xil yo’nalishlarda joylashadi (30-rasm, g). xar qanday 
murakkab deformasiyani ham 3 oddiy deformasiya ko’rinishiga keltirish 
mumkin. Bular qisilish, cho’zilish va surilish. Qisilish va cho’zilish 
deformasiyasi jinsning boshlanqich va deformasiyadan keyingi uzunligi 
orasidagi farqdan topiladi (30-rasm, a,b). Surilish deformasiyasi 2 ta parallel 
yo’nalish bo’yicha xar xil tomonga yo’nalgan kuchlar ta’sirida hosil bo’ladi. 
Surilish paytida jins aylanib ketmasligi uchun aktiv kuchdan tashqari reaktiv 
kuch ham bo’lishi kerak (30-rasm, v).
Tog’ jinslari bir-biridan faqat ximiyaviy tarkibi bilan emas, balki fizik va 
mexanik xossalari bilan ham farq qiladi. Bunday xossalarga tog’ jinslarning 
zichligi, qayishqoqligi, chidamliligi, qisiluvchanligi, plastikligi, mo’rtligi, 
qovakligi, pishiqligi kiradi. SHu bilan birga tog’ jinslari bir-birining siqilishiga, 
egilishiga va cho’zilishiga va urganda maydalanishiga bo’lgan qarshiligibilan 
ham farqlanadi. 
Jinslarning tashqi kuchlarga nisbatan ko’rsatgan qarshiligi 
chidamlilik deyiladi. 


Tog’ jinslarining mexanik xossalari tog’ jinslari tuzilishiga va tashqi holatiga boqlik. 
Tog’ jinslariga haroratni, bosimni, eritmalarni ta’sir ettirib uning plastikligini 
oshirish mumkin. Bosimning har tomonlama ta’siri natijasida tog’ jinslarining plastik 
deformasiyaga qarshiligi, qayishqoqligi va chidamliligi oshadi. 
Deformasiyaga uchramagan tog’ jinslarida foydali qazilmalar juda 
kam uchraydi. Shuning uchun foydali qazilmalarning paydo bo’lishi 
va tarqalish qonuniyatlarini o’rganishda tog’ jinslarinig 
deformasiyalanish holatlarini aniqlash katta ahamiyatga ega

Deformasiyalanish jarayoni ketma-ket 3 ta bosqichdan iborat: qayishqoqlik 
(elastik), plastik va buzilish


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling