Mavzu : Tog’ jinslarining deformasiyasi
Qayishqoq deformasiyalanish
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
7.Tog’ jinslarining deformasiyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Plastik deformasiyalanish . Jismga ta’sir etuvchi tashqi kuchlar hosil qilgan deformasiyani o’zida ushlab qolish qobiliyati plastiklik
- Surilish qayishqoqlik
Qayishqoq deformasiyalanish
. Bu deformasiyalanishda tog’ jinslarining shakli va o’lchami o’zgaradi, lekin tashqi kuchlar ta’siri to’xtashi bilan jism avvalgi shakli va o’lchamini tiklaydi. Deformasiya kuchi to’xtagandan keyin jinslarning birlamchi shakli va o’lchamlarini qayta tiklash qobiliyati qayishqoqlik deyiladi. Qayishqoqlik nazariyasining hamma holatlari Guk qonuniga asoslanadi. Bu qonun bo’yicha kuch va deformasiya bir-biriga to’qri proporsional. Agar deformasiya hosil qiladigan kuch ma’lum bir chegaradan o’tmasa u xolda bu jismni qayishqoq deyish mumkin. Qayishqoq deformasiyaning bir nechta turlari mavjud, masalan cho’zilish, siqilish, buralish va b. Plastik deformasiyalanish . Jismga ta’sir etuvchi tashqi kuchlar hosil qilgan deformasiyani o’zida ushlab qolish qobiliyati plastiklik deb ataladi . Plastik materiallarga qo’rqoshin kiradi, chunki unga ta’sir qilayotgan deformasiyalanish kuchlari to’xtagandan keyin u o’zining boshlanqich shaklini tiklay olmaydi. Demak tashqi kuchning ta’siri to’xtagandan keyin ham jism o’zining dastlabki shaklini va hajmini tiklay olmasa bunday deformasiyalanish plastik deformasiyalanish deyiladi. Deyarli barcha tog’ jinslari u yoki bu darajada plastiklik qobiliyatiga ega. Gil va tuzlar plastikligi Yuqori bo’lgan jinslar turkumiga kiradi. Katta bosim va kuchning uzoq vaqt ta’siri natijasida hattoki mo’rt jinslar ham plastik deformasiyalanishga uchraydi. Plastik deformasiyalanish mexanizmi u yoki bu kuchlar ta’sirida hosil bo’lgan deformasiya natijasida jism bo’laklarinig qayta taqsimlanishi va ularning boshqa bir mustahkam holatga tushishi bilan belgilanadi. Bunda kuchlarning ta’siri ma’lum bir plastiklik chegarasiga ega bo’ladi. Qattiq jismlardagi plastik deformasiyalanish jism bo’laklarining urinma kuchining maksimal yo’nalishida siljishi bilan boqliq. Qattiq jinslarda plastik deformasiyalanish tashqi kuchlarning ta’siri plastiklik chegarasidan o’tgandan keyin boshlanadi. Donador jinslarning plastik deformasiyalanishida surilish yuzalari ko’pincha jism bo’laklarining chegaralarida paydo bo’luvchi qismlariga moslashadi. Qayta kristallanish yo’li bilan ham donalar shakli o’zgarishi mumkin. Tog’ jinslarining qayishqoqlik va plastiklik xossalari bilan birga ularning yopishqoqlik xossasi ham muhim rol o’ynaydi. Jismning ichki ishqalashini natijasida bir bo’lagining boshqa bo’laklariga qo’shilishiga qarshilik ko’rsatish qobiliyati uning yopishqoqligi deyiladi. Jismning yopishqoqligi qancha katta bo’lsa, jism plastik deformasiyaga shunchalik katta qarshilik ko’rsatadi. Modda yopishqoq deyiladi , qachonki tiklanmaydigan deformasiya tezligining oshishi bilan deformasiya hosil qiluvchi kuchning oshishi ro’y bersa. Plastik deformasiya tezligi 0 jismning yopishqoqligi bilan aniqlanadi: 0 = / . Bu erda - urinma kuchlanish. Plastik materiallar va jinslar plastik deformasiyani bir qancha vaqt buzilmasdan ushlab turish qobiliyatiga ega. Mo’rt jismlar esa plastik deformasiya ta’sirida buzilib ketadi. Demak plastik materiallarda qayishqoqlik va qattiqlik orasida katta interval bor. Bu chegaraning buzilishi har xil burma va uzilmalarni paydo bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi. Qattiq jismlarining (bunga hamma tog’ jinslari kiradi) ma’lum bir vaqt ichida qayishqoqlik chegarasidan kichik bo’lgan kuchlanish ta’sirida plastik deformasiyalanish qobiliyatiga surilish yoki surilma deyiladi. Surilish qayishqoqlik chegarasini vaqtga boqliqligini ifodalaydi. Surilish ham plastik deformasiya singari urinma kuchlanishlar ta’siridagi siljishdan hosil bo’ladi. Deformasiya kuchini oshirish bilan surilish tezroq bo’ladi va buzilish oldinroq yuz beradi. Relaksasiya deb – tashqi kuchlar ta’sirida jismning kuchlanishini o’z- o’zidan pasayishiga aytiladi . Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Jismning surilishi natijasida uning qayishqoqlik deformasiyasining qiymati pasayadi. Kuchlanishning kamayishida hosil bo’luvchi surilishni relaksasiya deb qabul qilish mumkin. Relaksasiya kuchlanishni vaqt o’tishi bilan pasayishiga olib keladi, jismda kuchlanishni tarqalishi bir xilda bo’ladi va umumiy kuchlanish pasayadi. Relaksasiya paytida jismning mayda zarrachalari plastik deformasiyalanish prosessiga qo’shilib Yangi barqaror holatga o’tadi va bunda kuchlanish yo’qoladi. SHunday qilib relaksasiya qayishqoq deformasiyaning bosqichma-bosqich qoldiqli va plastik deformasiyaga o’tishiga olib keladi. Qattiq jismlarining mexanik holati ularning tuzilishi va tashqi sharoitlar bilan boqliq. Tashqi sharoitlardan temperatura, erituvchi va shimdiruvchi moddalar, hamma tomonli bosim, deformasiya tezligi, jism kuchlanish holatining xarakteri muhim hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling