Mavzu : Tog’ jinslarining deformasiyasi


Agar deformasiyaga uchrayotgan tog’ jinslarida kuchlanish mustahkamlik


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana23.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1045040
1   2   3   4
Bog'liq
7.Tog’ jinslarining deformasiyasi.

Agar deformasiyaga uchrayotgan tog’ jinslarida kuchlanish mustahkamlik 
chegarasigacha borsa, tog’ jinslarida buzilish (parchalanish) yuz beradi. 
Mustahkamlik chegarasi har xil tog’ jinslarida turlicha bo’ladi. Ayrim tog’ 
jinslarining mustahkamlik chegarasi qayishqoqlik deformasiyasi darajasida bo’lishi 
mumkin. Bunday jinslarda parchalanish qayishqoqlik deformasiyasidan keyin 
bo’ladi. Plastik deformasiyalanish prosessida ham buzilish yuz berishi mumkin. 
Bunda qayishqoqlik chegarasidan o’tganda buzilish ro’y beradi. Gzovskiy fikricha 
tog’ jinslari 4 ta kategoriyaga ajratiladi.
1. Yopishqoqligi kam bo’lgan jinslar, masalan, gil, tuz, gips, yupqa qatlamli alevrit-
gilli yotqiziqlar. Ularning yopishqoqligi kuchlanish 15 Mpa bo’lganda 10
17
 dan 10
14
 
Pa*s gacha o’zgaradi.
2. Yupqa qatlamli oxaktoshlar, mergellar va qumtosh glinali qatlamlar. Ularning 
yopishqoqligi kuchlanish 15 Mpa bo’lganda 10
18
 dan 10
15
 Pa*s gacha o’zgaradi. 
 3. Yomon qatlamlashgan qumtoshlar, knglomeratlar, karbonatlar, vulkanogen 
yotqiziqlar. Ularning yopishqoqligi 10
20
 dan 10
17
 Pa*s gacha o’zgaradi. 4. Granitlar, 
intruziv jinslar, gneyslar va kristallashgan slaneslar. Bu jinslarning yopishqoqligi 
urinma kuchlanishi 15-20 Mpa bo’lganda 10
19
 dan 10
18
 Pa*s gacha o’zgaradi. 
Kuchlanish maydonidagi yoriqning holatiga qarab buzilishning 2 ta ko’rinishi 
ajratiladi: uzilish (birdan uzilish) va cho’zilib uzilish (sekin, cho’zilib uzilish). 
Uzilish mo’rt, cho’zilib uzilish yopishqoq bo’ladi. Bu buzilishlar cho’zilish, 
qisqarish va surilish jarayonida sodir bo’ladi. 
 
Tog’ jinslarining buzilishi 


Nazorat savollari 
  
1. 
Tektonik harakat turlari qanday ajratiladi? 
2. Tog’ jinslarining fizik xususiyatlari deganda 
nimalarni tushunasiz? 
3. Deformasiya nima va uning qanday turlari 
ajratiladi? 
4. Plastik deformasiya natijasida tog’ jinslarida 
qanday o’zgarish sodir bo’ladi? 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling