Ma`ruza rejasi:
1. Tog’ jinslarining fizik xususiyatlari
2. Deformasiya va uning turlari
3. Relaksasiya
4. Tog’ jinslarining buzilishi
Mavzu
: Tog’ jinslarining deformasiyasi
.
Yer qobiqidagi tog’ jinslari har xil ta’sirlar ostida bo’ladilar.
Bu ta’sirlar tog’ jinslarida tashqi ta’sirlarga qarama qarshi
bo’lgan ta’sirlarni hosil qiladi. Tashqi ta’sir kuchi katta
bo’lganda tog’ jinslarida deformasiya vujudga keladi. Buning
natijasida tog’ jinslarining shakli yoki hajmi yoki shakli va
hajmi bir vaqtda o’zgaradi.
Tog’ jinslarining shakli yoki
hajmining o’zgarishi
deformasiyalanish
deyiladi.
Odatda yer yuzasida ko’pchilik deformasiyaga uchragan jinslar qattiq va
mo’rt bo’lib, faqat parchalanishga moyil bo’ladi. Lekin bizga ma’lumki
marmar plitalari vaqt o’tishi bilan egiladi. Bu narsa Shuni ko’rsatadiki
uzoq vaqt davomida qattiq holatdagi tog’ jinslarida qayishqoqlik holati
vujudga keladi. Natijada tog’ jinslarining mayda bo’lakchalari orasida suv
kirishi osonlashadi. Buning natijasida tashqi kuchlar ti’siri kamayadi.
Qattiq holatdagi tog’ jinslarining qayishqoqlik xususiyati ularda burmalar,
slanes qatlamlari, klivaj va b. xil deformasiyalar hosil qiladi.
Deformasiya vaqtida tog’ jinslarining zarrachalari bir-biriga nisbatan
suriladi (siljiydi). Bunda tog’ jinslari cho’zilishi, siqilishi, surilishi,
egilishi, buralishi mumkin (5-rasm).
5-rasm. Deformasiya turlari: a-cho’zuvchi, b-siquvchi, v-suruvchi, g-buklovchi va d-
buruvchi.
Agar jinsning hamma bo’laklari bir xil qiymat bilan bir tomonga qarab
yo’nalgan bo’lsa bunday deformasiya
Do'stlaringiz bilan baham: |