Agar deformasiyaga uchrayotgan tog’ jinslarida kuchlanish mustahkamlik
chegarasigacha borsa, tog’ jinslarida buzilish (parchalanish) yuz beradi.
Mustahkamlik chegarasi har xil tog’ jinslarida turlicha bo’ladi. Ayrim tog’
jinslarining mustahkamlik chegarasi qayishqoqlik deformasiyasi darajasida bo’lishi
mumkin. Bunday jinslarda parchalanish qayishqoqlik deformasiyasidan keyin
bo’ladi. Plastik deformasiyalanish prosessida ham buzilish yuz berishi mumkin.
Bunda qayishqoqlik chegarasidan o’tganda buzilish ro’y beradi. Gzovskiy fikricha
tog’ jinslari 4 ta kategoriyaga ajratiladi.
1. Yopishqoqligi kam bo’lgan jinslar, masalan, gil, tuz, gips, yupqa qatlamli alevrit-
gilli yotqiziqlar. Ularning yopishqoqligi kuchlanish 15 Mpa bo’lganda 10
17
dan 10
14
Pa*s gacha o’zgaradi.
2. Yupqa qatlamli oxaktoshlar, mergellar va qumtosh glinali qatlamlar. Ularning
yopishqoqligi kuchlanish 15 Mpa bo’lganda 10
18
dan 10
15
Pa*s gacha o’zgaradi.
3. Yomon qatlamlashgan qumtoshlar, knglomeratlar, karbonatlar, vulkanogen
yotqiziqlar. Ularning yopishqoqligi 10
20
dan 10
17
Pa*s gacha o’zgaradi. 4. Granitlar,
intruziv jinslar, gneyslar va kristallashgan slaneslar. Bu jinslarning yopishqoqligi
urinma kuchlanishi 15-20 Mpa bo’lganda 10
19
dan 10
18
Pa*s gacha o’zgaradi.
Kuchlanish maydonidagi yoriqning holatiga qarab buzilishning 2 ta ko’rinishi
ajratiladi: uzilish (birdan uzilish) va cho’zilib uzilish (sekin, cho’zilib uzilish).
Uzilish mo’rt, cho’zilib uzilish yopishqoq bo’ladi. Bu buzilishlar cho’zilish,
qisqarish va surilish jarayonida sodir bo’ladi.
Tog’ jinslarining buzilishi
Nazorat savollari
1.
Tektonik harakat turlari qanday ajratiladi?
2. Tog’ jinslarining fizik xususiyatlari deganda
nimalarni tushunasiz?
3. Deformasiya nima va uning qanday turlari
ajratiladi?
4. Plastik deformasiya natijasida tog’ jinslarida
qanday o’zgarish sodir bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |