Mavzu : Tog’ jinslarining deformasiyasi
bir jinsli deformasiya deyiladi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
7.Tog’ jinslarining deformasiyasi.
bir jinsli deformasiya deyiladi
. Bir jinsli deformasiyada kvadrat uchburchakka, rombga, aylanaga va xkzga aylanadi. Bir jinsli bo’lmagan deformasiyada jinsning bo’laklari har xil deformasiyaga uchraydi yoki har xil yo’nalishlarda joylashadi (30-rasm, g). xar qanday murakkab deformasiyani ham 3 oddiy deformasiya ko’rinishiga keltirish mumkin. Bular qisilish, cho’zilish va surilish. Qisilish va cho’zilish deformasiyasi jinsning boshlanqich va deformasiyadan keyingi uzunligi orasidagi farqdan topiladi (30-rasm, a,b). Surilish deformasiyasi 2 ta parallel yo’nalish bo’yicha xar xil tomonga yo’nalgan kuchlar ta’sirida hosil bo’ladi. Surilish paytida jins aylanib ketmasligi uchun aktiv kuchdan tashqari reaktiv kuch ham bo’lishi kerak (30-rasm, v). Tog’ jinslari bir-biridan faqat ximiyaviy tarkibi bilan emas, balki fizik va mexanik xossalari bilan ham farq qiladi. Bunday xossalarga tog’ jinslarning zichligi, qayishqoqligi, chidamliligi, qisiluvchanligi, plastikligi, mo’rtligi, qovakligi, pishiqligi kiradi. SHu bilan birga tog’ jinslari bir-birining siqilishiga, egilishiga va cho’zilishiga va urganda maydalanishiga bo’lgan qarshiligibilan ham farqlanadi. Jinslarning tashqi kuchlarga nisbatan ko’rsatgan qarshiligi chidamlilik deyiladi. Tog’ jinslarining mexanik xossalari tog’ jinslari tuzilishiga va tashqi holatiga boqlik. Tog’ jinslariga haroratni, bosimni, eritmalarni ta’sir ettirib uning plastikligini oshirish mumkin. Bosimning har tomonlama ta’siri natijasida tog’ jinslarining plastik deformasiyaga qarshiligi, qayishqoqligi va chidamliligi oshadi. Deformasiyaga uchramagan tog’ jinslarida foydali qazilmalar juda kam uchraydi. Shuning uchun foydali qazilmalarning paydo bo’lishi va tarqalish qonuniyatlarini o’rganishda tog’ jinslarinig deformasiyalanish holatlarini aniqlash katta ahamiyatga ega . Deformasiyalanish jarayoni ketma-ket 3 ta bosqichdan iborat: qayishqoqlik (elastik), plastik va buzilish . Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling