Mavzu : vabo isyoni
Download 44.86 Kb.
|
VABO ISYONI
KLINIKASI. Inkubatsion davri bir necha soatdan 5 sutkagacha bo’ladi, ko’pincha 2-3 kun. Vaktsina olmagalarda 9-10 kungacha cho’ziladi. Turli klinik ko’rinishlarda kechadi – belgisiz vibrion tashuvchilikdan to kuchli suvsizlanish bilan kechuvi og’ir holatlargacha.
Vaboda bemor holatini og’irligi degidratatsiya darajasi bilan belgilanadi. Engil shaklda vabo 1 darajali suvsizlanish bilan xarakterlanadi. Kasallik ko’pincha sekin boshlanadi, najas bo’tqasimon, oz miqdorda, sutkasiga 3-5 marta. qusish har doim emas, sutkasiga 2-3 martadan oshmaydi. Suvsizlanish va gemodinamik buzilish belgilari ko’rinmaydi. Teri doimiy namlikda qoladi, biroq og’iz qurishi, ozroq tashnalik beovta qiladi, til karash bilan qoplangan. Tana harorati ko’pincha normada yoki subfebril bo’ladi, gipotermiya kuzatilmaydi. O’rta og’ir shakli P darajali eksikoz rivojlanishi bilan boradi (15-20% kasallarda). Kasallik boshlanishi aniq «vabo» najasi paylo bo’lishi bilan xarakterlanadi, keyin qusish qo’shiladi. qusish soni suvsizlanish darajasini ko’rsatmaydi. Vaboda P darajali suvsizlanish asosiy belgilari deb kusizlanish, bosh aylanish, og’iz qurishi, tashnalik hisoblanadi, ayrim vaqtda xushdan ketish hollari kuzatiladi. Bunda teri oqargan, yuz ter bilan qoplangan, lab va burunlab uchburchagida ko’ko’rish, akrotsianoz kuzatiladi. qisqa vaqtli (2-3 soat) mushak tirishishlari ko’rilib, adekvat regidratatsion terapiya o’tkazgandan keyin o’tib ketadi. Og’iz bo’shligi, haqum va yutuq shilliq qavati qurishi kuzatiladi – ovoz bug’ishishi, yutush qiyinlashadi. Bolalarda xorgin yuz tus oladi, yuz mimikasi yo’qoladi, puls tezlashgan, gipotoniya ko’rinmaydi, yurak tonlari bug’iq. Buyrak faoliyati uncha buzilmaydi (qisqa vaqtli oligl- yoki anuriya). To’g’ri o’tkazilgan terapiyada suvsizlanish boshlangich belgilari qayta rivojlanishi oson bo’ladi. Vaboni og’ir shakllariga Sh darajali toksikoz-eksikoz belgilarini rivojlanishi xarakterli, tana vazni etishmovchiligi 8-10% va undlan yuqori bo’ladi. Kasallik o’tqir, tez boshlanadi, ko’p (yoki tez) «guruch qaynatmasi» tipidagi najas va beto’xtov qusish, kuchli tashnalik, boldir va chaynov mushaklarini kuchli og’rig’i va tirishlari bilan kechadi. Es-xushi saqlangan, bolalarda qo’zg’aluvchanlik, injilik oshgan, juda tez (4-8 soatdan keyin) suvsizlanishni klinik belgilari ko’rinadi: kuchli adinamiya, yuz kiyofasi suvsizlik hisobiga o’tkirlashadi, ko’z soqqasi ichiga tushib ketgan, og’iz bo’shligi shilliq qavati qurigan, so’lak ajralish yo’qolgan, lablar urib ketgan. Eksikoz kuchayishi hisobiga kon’yuktivit, skleralar, halqum (afoniya holatigacha boradi), qizil o’ngach (yutsh akti buziladi) shilliq qavtlari qurishi kuzatiladi. Gemodinamik buzilishlaridan taxikardiya, gipotoniya, teri qoplami ko’karishi chegaralangan, oligouriya, anuriya, kuchli xansirashlar kuzatiladi. Tana harorati normadan pasayadi, bu suvsizlanish darajasi oshishdan, elektrolitlar etishmovchiligidan va kasallik algid shakliga o’tishdan dalolat beradi. Vaboda algid holat tana vazni 10-12% etishmovchiligida yuz beradi. Sh daraja xos eksikoz belgilari kuzatiladi, lekin hayotiy muhim a’zolarr faoliyati ikkilamchi darajali o’zgarishi alohida o’rin tutadi (ya’ni gipotermiya, to’xtamaydigan qaltirash sindromi, teri umumiy ko’karishi, suvsizlanishini aniq belgilari, toksik nafas, anuriya, AB tushishi, sopr va koma holati). Oxirgi vaqtgacha vaboga asta sekin, bosqichli rivojlanish xos deb hisoblanadi, lekin oxirgi yillar kuzatuvlari ko’satishicha eksikozni dekompensator shakllari ayrim bemorlarda birinchi 2-3 soat ichida, ko’p hollarda esa kasallikni dastlabki 12 soat ichida rivojlanadi. Periferik qonda o’zgarishlardan leykotsitoz (yoki leykopeniya), neytrofillyoz, tayoqchayadroli siljish va monotsitopeniya, aneozinofeliya, tezlashgan EChT, gipokalemiya 2,5 mmolg’l gacha, metabolik atsidoz kuzatiladi. Vaboni noaniq shakllariga gipertoksik, «quruq vabo», shuningdek belgilari bilinar-bilinmas namoyon bo’ladigan va subklinik shakllari kiradi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda vabo og’irroq va tezroq o’tadi. Og’ir suvsizlanish va uning oqibatlari ularda yaqqol rivojlanadi.Elektrolit balansi buzilishi va atsidoz kattalarda kam kuzatilgan asoratlarni chaqiradi – gipokalemiya, talvasa miya shishi ichakparalitik tutilishi. Erta yoshli bolalarda suvsizlanish va MNS zararlanishi hisobiga adinamiya klonik tirishishlar konvulsiya es-xushini buzilishini koma holatlari bo’lishi mumkin. Xulosa: Vabo shifolarni har kunli amaliyotida uchraydigan kasalliklar soniga kirmaydi, undan tashqari siz bilan og’rigan bemor vabo bilan uchrashmasligingiz mumkin. Shu spababli vaboni esdan chiqarib va uchraganda tashxis qilaolasligingiz mumkin, bu esa xavfli epidemik asoratlarga olib keladi. Erta tashxisotda esa epidemik o’choq bir yoki bir necha kasallanishni aniqlash chklanishi mumkin. Zamonoviy davolash usullarini inbatga olganda bu kasallikdan xech kim o’lmasligi kerak, ammao buning uchun regidratatsiya davo erta boshlanishi shart. Shuning uchun epidemik asoratlarini oldini olish maqsadida kasallikni yaxshi oqibat bilan tugashini ta’minlash uchun erta tashxisot lozimdir. Vabo patogenezi yaxshi o’rganilganligi asasida tuzilgan patogenetik terapiyadan boshqa uchraydigan o’tkir ichak infektsiyalarni davolashda samarali foydaniladi. Asosan vaboda ishlab chiqarilgan regidratatsiyani asosi, usullari va vositalarini qo’llash ahamiyatga kattadir. Download 44.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling