Mavzu : vabo isyoni
Download 44.86 Kb.
|
VABO ISYONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaboda suv ta’minoti va kanalizatsiya ishlari
- Vabo kasalligini davolash
MAVZU : VABO ISYONIReja: Vabo kasalligi etiyalogiyasi. Vabo kasaligining belgilari. Kasallikni davolash asoslari. Vabo [cholera] – ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning ogʻilashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan oʻtkir infeksion kasallik; oʻta xavfli ichak kasalliklaridan. V. Dastlab (1816) Hindistonda – Gang daryosi vodiysida paydo boʻlgan; u yerda turmush sharoiti ogʻir boʻlganligi uchun aholining bir qismi boshqa davlatlarga keta boshlaydi. Natijada V. Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga, chunonchi, Birma (1819), Yava va Borneo orollari, Xitoy (1820), Eron (1821), Yaponiya hamda Rossiyaga (1822) tarqaladi 1823-1925-yillarda Rossiyada vabo epidemiyasi 55-marta qayd qilingan. Turkiston oʻlkasiga vabo, asosan, Afgʻoniston va Erondan oʻtgan. Vaboning klassik va El-Tor degan 2 turi bor. Shunga koʻra, vabo mikrobi (vibrion deb ataladi) klassik vibrioni va El-Tor vibrioni deb ataladigan ikki xilga ajratiladi. Klassik vabo vibrionini 1883-y. R Kox, ElTor vibrionini esa 1906-y. Sinay ya. O. Da Gotshlix topgan. Vabo vibrioni salgina buyurgan va ikki uni yumaloqlangan tayoqcha boʻlib, boʻyi 1,5- 4 mk va eni 0,2-0,4 mk. Vabo vibrioni daryo suvida 18 kundan 5 oygacha, muzda bir necha oy, ariqlarda bir necha kun, dengiz suvida ikki hafta, sovuq vaqtda najasda bir necha oy, axlat chukurlarida 3 oygacha, ichki kiyimlarda 2 oy, qum tuproqda bir necha oy, suv havzalarida 15-30 kun, sut va yogʻda bir oygacha, kartoshkada 2 haftagacha, hoʻl mevada bir necha kungacha, pvoda 3 soatdan 5 kungacha tirik turadi. Vabo vibrioni bemorning axlati, qusugʻi, baʼzan siydigi bilan tashqariga chiqadi. Vibronlar tushgan suv va oziq-ovqatni isteʼmol qilish natijasida vabo yuqadi. Meʼda shirasi vibrionlarni oʻldiradi, ammo suv koʻp ichiganda yoki meʼda shirasi kamroq boʻlganda vibrionlar meʼdadan ingichka ichakka oʻtib, koʻpayadi. Vibrionlarni pashsha ham tarqatadi. Pashsha axlatga qoʻnganda vibrionlarni kornga va oyoqlariga ilashtirib olib, oziq-ovqatga va ichimlik suvga yuktirishi mumkin. Bemorni parvarish qiluvchilar va vibrion tashuvchilar (organizmida vabo vibrionlari boʻlsa-da, ogʻrimayotgan kishilar) ham kasallik tarqalishiga sabab boʻla oladi. Vabo yuvuqsiz qoʻl, kir kiyimbosh va parvarish buyumlari orqali ham yukadi. Kasallikning tipik (algid) formasi 2-3, baʼzan 5 kunlik inkubatsion davrdan keyin oʻziga xos belgilar bilan boshlanadi: ich tez-tez va koʻp keladi, bemor kusadi, harorati pasayadi (35-34° gala), mushaklari tirishadi, yurak urishi susayadi va h. K. Organizm suvsizlangani uchun bemorning koʻzlari kirtayadi, badani koʻkaradi, terisi burishib qoladi, yopishqoq ter bosadi. Bemor shu ahvolda bir necha kun yotgan ich ketishi va qusish bosilib, sogʻaya boshlaydi. Vaboning ich yemirmaydigan va qustirmaydigan ogʻir (“quruq”) shaklida bemor talvasaga tushib, oʻziga kelmay, bir necha soatda Oʻlib qoladi. Zamburugʻ, margimushdan zaharlanish, shuningdek, ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar ham baʼzan V. Ga oʻxshab kechishini nazarda tutish lozim. Bemor, albatta, kasalxonada dav olanadi. Oldini olish: chet ellardan V. Oʻtib qolmasligi uchun davlat chegaralarida sanitariya muhofazasi choralari koʻriladi, aholi yashaydigan joylarni, shuningdek, oqova sularni tozalash, suv havzalarini sanitariya ahvolini himoya qilish, suv taʼminoti, oziovqat va umumiy ovqatlanish korxonalari muntazam nazorat qilinadi, pashsha yoʻqotiladi, sanitariya-gigiyena chora-tadbirlari kuchaytiriladi va h. K. Yuqorida koʻrsatilgan tadbirlardan tashqari, suv va oziq-ovqatni yuqumsizlantirish va shaxsiy gigiyenaning ahamiyati katta. Vabo vibrioni chidamsiz boʻlgani uchun suvni qaynatib, masalliqlarni obdon pishirib, ularni V. Vibrionlaridan xalos qilish lozim. Vabo aniqlangan taqdirda Sogʻliqni saqlash vazirligiga darhol xabar beriladi, bemor, albatta, kasalxonaga yotqiziladi, kasallik topilgan joyda dezinfeksiya, dezinseksiya va karantin chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Bemorga yaqin yurgan kishilar 5 kunlik krantinga olinadi va tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Jahon Sogʻlikni saqlash tashkilotining tavsiyasiga koʻra hozir vabo kasalligi oʻchogʻida karantin qoʻllanilmaydi. Davo organizmning suv-tuz maromni rostlash, qon, plazma, fiziologik eritma, Ringer eritmasi, trisol, disol, atsesol, xlosol, reomakrodeks va boshqa(lar) eritmalarni toʻxtovsiz kuyish, antibiotiklar berish, organizmning umumiy ahvolini yaxshilash choralarini koʻrishdan iborat. 19-asrda vabo Hindistonning Ganga deltasidagi suv omboridan butun dunyoga tarqaldi. Keyinchalik, barcha qit’alarda millionlab odamlarning hayotiga zomin bo’lgan oltita pandemiya vujudga kelgan. Hozirgi (yettinchi) pandemiya 1961 yilda Janubiy Osiyoda boshlanib, Afrikada 1971 yilda, Amerikada esa 1991 yilda tarqaldi. Vabo hozirda ko’plab mamlakatlarda keng tarqalgan. So’nggi bir necha yil ichida JSSTga xabar qilingan vabo kasalligi soni yuqori bo’lib qolmoqda. 2017 yilda 34 mamlakatda 1 227 391 ta holat qayd etilgan, ulardan 5 654 tasi o’lim bilan tugagan. Ushbu raqamlar va kasallikning taxminiy soni o’rtasidagi nomuvofiqlik ko’pgina holatlarda kuzatuv tizimlarining cheklanganligi va savdo va turizmga salbiy ta’sir ko’rsatishdan qo’rqish sababli qayd etilmagani bilan bog’liq. V. cholerae serogruppalari juda ko’p, ammo ulardan faqat ikkitasi — O1 va O139 epidemiyalarni keltirib chiqaradi. Yaqinda sodir bo’lgan barcha kasalliklarga V. cholerae O1 sabab bo’lgan. Bangladeshda birinchi marta 1992 yilda aniqlangan V. cholerae O139 o’tmishda yuqumli kasalliklarni keltirib chiqargan. Yaqinda u faqat sporadik holatlarda aniqlandi. Vaboning bu turi hech qachon Osiyodan tashqarida ro’yxatdan o’tmagan. Ikkala serogruppa sababidan kelib chiqqan kasallik bir xil tarzda davom etadi. Ko’p tomonlama yondashuv kasallik sababidan kelib chiqqan o’limning oldini olish va kamaytirish uchun muhimdir. Vabo holatlari og’ir suvli diareya bilan og’rigan bemorlarda klinik shubha asosida aniqlanadi. Kasallik, tegishli bemorlarning najas namunalarida V. cholerae bakteriyalarini aniqlash orqali yana bir bor tasdiqlanadi. Vaziyatni aniqlashni tezkor diagnostika testlari yordamida osonlashtirish mumkin. Bunda, bir yoki bir nechta namunadagi ijobiy test natijasi vabo tarqalganligini kafolatlaydi. Tashxisni tasdiqlash uchun namunalar posev uchun laboratoriyaga yuboriladi. Vabo kasalligini aniqlash (diagnostika) va monitoring qilish (ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilish) bo’yicha mahalliy imkoniyatlar samarali kuzatish va nazoratni rejalashtirishda asosiy o’rin tutadi. Vaboda suv ta’minoti va kanalizatsiya ishlariUzoq muddatli istiqbolda vabo bilan kurashish muammosini hal qilish iqtisodiy rivojlanish va toza ichimlik suvi va yetarli darajada sanitariya sharoitlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashdan iborat. Vabo xavfi yuqori bo’lgan aholi xavfsiz suv manbalaridan, asosiy sanitariya va gigiena qoidalaridan foydalanishni ta’minlash uchun atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha uzoq muddatli suv, sanitariya va gigiena yechimlarini qabul qilishni o’z ichiga oladi. Bunday choralar nafaqat vabo kasalligini oldini oladi, balki boshqa ko’plab suv bilan yuqadigan kasalliklarning oldini olib, qashshoqlik, to’yib ovqatlanmaslik va ta’lim bilan bog’liq maqsadlarga erishishga yordam beradi. Ushbu tadbirlarning aksariyati uzoq muddatli investitsiyalarni va doimiy ta’mirlashni talab qiladi. Shuning uchun ularni moliyalashtirish va kam rivojlangan mamlakatlarda bunday tadbirlarni ta’minlash qiyin. Vabo kasalligini davolashVabo osonlikcha davolanadigan kasallikdir. Odamlar og’iz orqali regidratsiya tuzlarini o’z vaqtida qabul qilish orqali muvaffaqiyatli davolanishi mumkin. JSST / UNICEF standarti bo’yicha tayyor eritma to’plami 1 litr (l) toza suvda suyultiriladi. Katta bemorlarga o’rtacha suvsizlanishni davolash uchun birinchi kuni 6 L gacha eritma talab qilinadi. Jiddiy suvsizlanish bilan og’rigan bemorlarda suvsizlanish shoki xavfi mavjud va shoshilinch ravishda vena ichiga suyuqlik yuborilishu kerak. Davolash paytida 70 kg og’irlikdagi kattalar uchun kamida 7 litr tomir ichiga infuziya, shuningdek tuzli eritmalar kerak. Bundan tashqari, bunday bemorlarga diareya davomiyligini qisqartirish, kerakli regidratatsiya suyuqliklari hajmini kamaytirish va V. choleraening najas bilan chiqarilish miqdori va muddatini qisqartirish uchun tegishli antibiotiklar buyuriladi. Hozirgi kunda JSST tomonidan uchta vaboga qarshi vaksinalar mavjud: Dukoral®, Shanchol ™ va Euvichol-Plus®. To’liq himoyani ta’minlash uchun yuqorida aytib o’tilgan uchta vaksina ikki dozali rejimda taqdim etilishi kerak. Dukoral® eritma ko’rinishida bo’lib, uni tayyorlash uchun 150 ml toza suv kerak bo’ladi. Dukoral® preparati ikki yoshdan oshgan barcha odamlarga qo’llanilishi mumkin. Har bir dozani qabul qilish oralig’i kamida yetti kun va olti haftadan oshmasligi kerak. Ikki yoshdan besh yoshgacha bo’lgan bolalar uchinchi dozani olishlari kerak. Dukoral® asosan sayohatchilar tomonidan qo’llaniladi. Dukoral® ning ikki dozasi ikki yil davomida vabo kasalligidan himoya qiladi. Shanchol ™ va Euvichol-Plus® ikki xil ishlab chiqaruvchilarning bir xil vaksinasidir. Ular eritmani tayyorlashni talab qilmaydi va shuning uchun favqulodda vaziyatlarda ko’p sonli odamlarga tarqatish osonroq. Ularni bir yoshdan katta barcha odamlar uchun qo’llasa bo’ladi. Ushbu ikki vaksinaning har bir dozasi orasidagi interval kamida ikki hafta bo’lishi kerak. Shanchol ™ va Euvichol-Plus® ning ikkita dozasi vabo kasalligidan ikki yil davomida himoya qiladi. Mavjud dalillarga asoslanib, 2017 yil avgust oyida chiqarilgan vaksinalari bo’yicha JSST pozitsiyasi hujjatida quyidagilar qayd etilgan: vaboga qarshi vaksinalar endemik joylarda, vabo xavfi yuqori bo’lgan gumanitar inqirozlarda va vabo tarqalishi paytida qo’llanilishi kerak; har doim infeksiyani oldini olish va nazorat qilish strategiyalari bilan birgalikda; emlash vabo epidemiyasini oldini olish bo’yicha sog’liqni saqlashning boshqa choralariga xalaqit bermasligi kerak. 1892-yilning mart oyida Afg‘onistonda vabo kasalligi tarqaldi. Bahor faslining oxirlariga kelib bu kasallik Samarqand viloyatining Jizzax uezdida, 7-iyunda esa Toshkentda ham qayd qilindi. Toshkent shahar ma’muriyati kasallikka qarshi tadbirlar qatorida shahardagi 12 ta qabristonni yopib qo‘ydi. Sanitariya tadbirlari xalqqa ishonarli qilib tushuntirilmadi. Bundan tashqari shifokor-feldsherlar yetishmasligi sababli bemorlarni tekshirish ko‘pincha uchinchi yo to‘rtinchi kuni o‘tkazilar edi. Bu vaqtda aholi o‘rtasida mustamlakachi ma’murlar suvni, shifokorlar esa bemorlarni qasddan zaharlayotgani, murdalar-ning qabrlardan chiqarib tashlanayotgani to‘g‘risidagi mish-mish gaplar tarqaldi. Turkiston o‘lkasida 1892-yil 18-iyundan kuchga kirgan «Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida» joriy etildi. Bunday vaziyat aholi orasida sarosimalik va norozilik keltirib chiqardi.Tarixda «Vabo isyoni» (yoki «Toshotar voqeasi») deb nom olgan qo‘zg‘olon 1892-yilning 24-iyunida boshlandi. Dastlab mahalliy aholining noinsof amaldorlar va sudxo‘rlarga, hokimiyatni suiiste’mol qilish bilan tanilgan shahar bosh oq- soqoliga qarshi noroziligi bilan boshlandi. Bu qo‘zg‘olonchilar, asosan, mardikorlar va hunarmand-kosiblardan iborat edi. Download 44.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling