Mavzu № Vrach-stomatolog ish xajmini baholash
Download 28.08 Kb.
|
Мавзу №8.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Terapevt shifokor
- Stomatologik xizmat sifatini ekspertizasi.
Mavzu № 8. Vrach-stomatolog ish xajmini baholash. Klinika, bo’lim, kabinet yoki shifokorning ish natijasi asosiy ko’rsatkichlar bilan baholanadi. Unda ularning ishi, shahar yoki viloyatning o’tgan yilgi o’rtacha ko’rsatkichiga taqqoslab belgilanadi. Terapevt shifokor – stomatolog ishining baholash uchun quyidagi qabul ko’rsatkichlari hisoblanadi. Bir kunda qabul qilgan bemorlar soni. Bir kunda qo’yilgan plombalar soni. Bir kunda sog’lomlashtirilgan bemorlar soni. Bir kunda ishlagan UYET miqdori. Birlamchi kasallar soni % da. Birlamchi kasallardan sog’lomlashtirganlar soni % da. Birlamchi qatnovdagi UYET miqdori. Bitta plomba UYET miqdori. Bitta plomba uchun qatnovlvr soni. Terapevt shifokor – stomatolog qabuli ishi sifat ko’rsatkichi uning ish faoliyatining baholash uchun juda ahamiyatlidir. Asoratsiz kariyes bilan qo’yilgan plombalar soni pulpit va periodontit bilan qo’yilgan plombalar sonidan 2 marta ko’p bo’lsa. Qo’yilgan plombalar soni olingan tishlar sonidan 2 marta ko’p bo’lsa. Birlamchi qatnovda qo’yilgan plombalar o’rtacha soni ikki qatnovda qo’yilgan plombalar o’rtacha sonidan 1ta plomba oshiqcha bo’lsa. Tishlar davolangandan so’ng asorat bo’lmasligi. Davolangan tishlar faoliyatining kamida ikki saqlashga erishilsa. Kariyes kovagiga ishlov berishda og’riqsizlantirishdan foydalanish. Kariyes asorati bo’lgan periodontitning davolashda stomatologiyaning yangi zamonoviy texnologiyasidan keng qo’llashga erishish. Pulpit va periodontitni davolashning hamma holatlarida rentgenodiagnostika usulidan keng foydalanish. Qanday stomatologik yordam so’rab kelgan bemorlar tish toshlarini olish, agarda tish toshlari bo’lsa. Paradontit kasalliklari bilan kelgan bemorlarga maxsus stomatologik yordam ko’rsatish. Sistetatik rejali sog’lomlashtirish o’tkazish, shuningdek, remineralizatsiya preparatlarid va boshqalardan foydalanish. Surunkali kasalliklarda uchvstka shifokori bilan birgalikda albatta og’iz bo’shlig’ining sog’lomlashtirilish jarayonini o’tkazish ( tuberkulyoz intoksikatsiyasi, revmatizm, oshqozon – ichak yo’li kasalliklari va boshqalar). Stomatologik kasalliklar dispanserizatsiyasi Stomatologik xizmat sifatini ekspertizasi. Stomatologik ekspertiza vp boholash xizmatini bir necha turlari bor: Sud talabiga mos holatda o’tkaziladigan ekspert tekshiruvi: bor hujjatlarni tekshirish; o’tkazilgan davolashni, qo’yilgan protezni va kelib chiqqan asoratni baholash; Tegishli kompensatsiya olish uchun mustaqil tadqiqlar. Quyidagi hollarda mustaqil stomatologik tekshiruvi zarur: Havfsizlik standartlari buzilgan taqdirda. Mavjud muommolar yangi va kuchayganda, shuningdek, noqulaylik tug’ilganda. Agar davolash kerakli natijaga olib kelmasa. Implantatlar va u ishlatiladigan boshqa materiallar kabi tish shifokorining malakasiga shubg’a tug’ilganda. Agar bemorga ehtimoliy oqibatlar to’g’risida habar berilmagan bo’lsa Agar shifokor bemorning ahvoli va organizm hususiyatlariga, shuningdek, biron bir qarshi ko’rsatmalar borligiga. Kafolat majburiyatlari bajarilmasa. Agar klinikada lizentsiyasi bo’lmasa. Download 28.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling