Mavzu № Vrach-stomatolog ish xajmini baholash


Sudlov va sudgacha tekshirish ishlari ekspertizasi


Download 28.08 Kb.
bet3/3
Sana24.12.2022
Hajmi28.08 Kb.
#1056254
1   2   3
Bog'liq
Мавзу №8.

Sudlov va sudgacha tekshirish ishlari ekspertizasi.
Bizning kompaniyamiz amaldagi qonunchilikning turli sohalarida tibbiy xizmatlarning sifatini tekshirishni amalga oshiradi;
Sud yoki uning organlari tamonidan mustaqil stomatologik ekspertiza talab qilish mumkin. Ushbu vaqea uni amalga oshirish algaritmiga qat’iy rioya qilish bilan tavsiflanadi. Agar soxta natijalar aniqlansa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Suddan tashqari ekspertiza tish shifokorining xatti – harakatining to’g’riligini tekshirish va buzilish hollarida o’z huquqlarini qonuniy tarzda qonuniy tarzda himoya qilish imkoniyatiga ega bo’lishi istagan ayrim shaxslarning iltimosiga ko’ra amalga oshiriladi.
Stomatologik ekspertiza quyidagilarni o’rganadi:

  1. Tibiyot muassasasi bilan tuzilgan shartnomani.

  2. Hujjatlar to’plamini.

  3. Bemorning tibbiy varaqasini.

  4. Rentgen tasvirlarni, labarator tekshirishlar natijasini.

  5. Davolashning boshlashdan oldingi bemor holatini o’rganishga yordam beruvchi har qanday hujjatni. Bu ma’lumotnoma, rasm va tibbiy bayonnoma bo’lishi mumkin.

Amaliy terapevt stomatologning ishga yaroqsizlik ekspertizasi.
Amaliy terapevt stomatologning ishga yaroqsizlik ekspertizasi sog’liqni saqlash sistemasida tibbiy, sotsial va ekanomik ahamiyatga ega. Har qanday amaliy mutaxasis shifokor, jumladan, terapert shifokor stomatolog o’z oldiga qo’yilgan 3ta bir – biriga bog’liq masalani: bemor tashxisi, davosi va ishga yaroqliligini aniqlash masalasin yechishdir. Oxirgi masala bo’yicha shifokor quyidagilarni aniqlash kerak;

  1. Ishga yaroqsizlik sababi.

  2. Ishga yaroqsizlik xarakteri va darajasi.

  3. Ishga yaroqsizlik boshlanishi va davomiyligini.

Ishga yaroqsizlik – bu tibbiy yoki sotsial ko’rsatmalar tufayli birlamchi kasbiy faoliyatini davom ettira olmaslikdir.
Vaqtinchalik ishga yaroqsizlik – ma’lum vaqt oralig’ida o’z ish faoliyatini davom ettira olmaslik –davolash ostida tiklanuvchi jarayon.
Ishchilarning vaqtinchalik ishga yaroqsizlik ekspertizasi davolash – profilaktik muassasa vrachi yoki maxsus komissiya orqali amalga oshiriladi.
Stomatologik amaliyotida ishga yaroqsizlik haqidagi masala mutaxasisning malakasi va umumiy va stomatologik kasalliklarga to’g’ri tashxis qo’yishiga bog’liq. Bunda kasallik xarakteri, bosqichi, bemor va shifokorning birinchi uchrashuvidagi reoblitatsiya printsiplariga amal qilgan holda davo choralarini aniqlash va belgilash. Stomatologik yordamga muhtoj bemorlarning ishga yaroqsizlik holati 2,4 % dan 4, 8 gacha%ni tashkil qiladi. Vrach – stomatolog amaliy faoliyatida bemorning ishga yaroqsizlik masalasi ko’proq tishlar periapikal to’qimalarining qaytalangan surunkali jarayonlarida, og’iz bo’shlig’i shilliq qavati, til, paradont to’qimasi kasalliklarida yuzaga keladi. Bemor tish qattik to’qimasi kasalliklarida ( tish yedirilishini oshishi, charxlangan tishlar, erroziya, kariyes va boshqalar) ishga yaroqli bo’lib, ishdan ozod qilishga muxtoj emas. O’tkir pulpitda, agar kechqurungi og’riqlar bo’lib, yaxshi dam olishiga yo’l qo’ymasa, ayrim kasb egalarining diqqatini jamlashga qarshilik qilsa ( uchuvchilar, kranchilar, xaydovchilar va boshqalar), bunday bemorlarga 1 – 2 kunga ishga yaroqsizlik varaqasini yozish mumkin. gingivitda ish qobiliyatining yo’qotish gingivit chaqiruvchi umumiy kasalliklar xarakteri va bosqichiga bog’liq. Qaytalangan surunkali gingivitda ishga yaroqsizlik varaqasi 3 kundan 6 kungacha, yarali – nekrativ gingivitda 7 kundan 10 kungacha berish mumkin. xeylitning har xil shakllarida, yallig’lanish rivojlanib chuqurlashgan hollarida bu masalaga alohida yondashiladi. Bu bemorning kasbiga, uning so’zlash bosimiga bog’liq. Masalan; aktinik xeylit qaytalangan holatida 2 – 4 kunga berish mumkin. vrach – stomatolog o’zini amaliyotida shunday kasalliklar, masalan, puzirchatka, tuberkulyoz, sifilis , qizil volchanka bilan to’qnash kelishi mumkin. bunday holatlarda tashxis qo’yish, davolash va ishga yaroqsizligini aniqlash boshqa mutahasislar bilan birga amalga oshiriladi (ftiziatr, dermatolog, venerolog va boshqalar). Stomatologik amblatoriyada ishga yaroqsizlik varaqasi qisqa muddatga beriladi, agar bemorni doimiy nazorat qilish kerak bo’lganda. Yuz – jag’ sohasi to’qimalarining yuqori regenerativ hususiyatini hisobga olsa, stomatologik kasalliklar klinik belgilari juda o’zgaruvchan bo’ladi. Bemorlarning qisqa muddatli kuzatishda kasallik davosi o’zgarishi va aktivlashishi uchush qo’shimcha tavsiyalar va muolajalar qo’llaniladi. Vaqtinchalik ishga yaroqsizlik ishga yaroqsizlik varaqasi bilan. Ayrim hollarda davolash muassasasi ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi.
Ishga yaroqsizlik varaqasi – bu vaqtinchalik ishga chiqmasliq va sotsial straxovka ta’minotidan pul olish huquqini beradi.
Download 28.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling