Mavzu : Xalqaro Kapital bozori (moliyaviy bozor) va uning rivojlanish asoslari


II- bob. JAHON MOLIYA BOZORINING RIVOJLANISH TENDENTSIYALARI


Download 0.58 Mb.
bet5/10
Sana02.05.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1421472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI. Globallashuv sharoitida jahon moliya bozorining rivojlanish tendentsiyalari

II- bob. JAHON MOLIYA BOZORINING RIVOJLANISH TENDENTSIYALARI
II.1. Xalqaro kapital harakatining mohiyati va xalqaro moliya
bozorining tarkibiy tuzilishi
Xalqaro kapital harakati sifatida mamlakatlar oʻrtasidagi moliyaviy resurslar oqimi milliy investitsiya va jamgʻarma oʻrtasidagi nomutanosiblik oqibatida kelib chiqadi. Xalqaro kapitallar harakati — ayni vaqtda nisbiy ortiqcha boʻlgan pul yoki tovar moddiy mablagʻlarni mamlakat chegarasidan chetga joylashtirilishidir. Bu iboraning sinonimi kapital eksporti yoki kapitalni chiqarishdir. Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro kapitallar harakatida oʻziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilar namoyon boʻladi:
• jahonda kapitalning notekis joylashishi. Bunda kapital resursi kapitalga boy mamlakatdan kapitalga muhtoj mamlakatga qarab oqib boradi;
• koʻp mamlakatlarda jamgʻarma va investitsiyaning nomutanosibligi. Buning natijasida investitsiya uchun ortiqcha mablagʻlar yoki defitsit sodir boʻladi. Oqibatda mos ravishda kapitalning sof eksporti yoki importi vujudga keladi;
• mamlakatlarning investitsion muhitidagi, shuningdek kapital qoʻyilmalar uchun sharoitlardagi farqlanishlar;
• kapital egasining kapitaldan foydalanish samaradorligidagi farqlar va uning boshqa chet eldagi kapitalni egallashga qaratilgan harakatlari hamda kapitaldan samarasiz foydalanayotgan joydan oʻrin olishga harakat qilishi;
• iqtisodiy resurs sifatida odatda kapitalni yuqori darajada safarbar etilishi. Bu holat jahon iqtisodiyoti globallashuvi, erkinlashuvi, transmilliylashuvi va integratsiyalashuvi sharoitida yanada koʻproq kuchga ega bojadi. Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital, xususiy kapital, qisqa, oʻrta va uzoq muddatli, tadbirkorlik kapitali, ssuda kapitali, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar, portfel investitsiyalarni keltirib oʻtish tnumkin.
Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital — davlatlararo tashkilotlar va hukumat qarorlari asosida davlat budjeti mablagjarini chet eldan qabul qilish yoki chet elda joylashtirishdir.
Xususiy kapital — xususiy yuridik shaxslar (firma, korxona, tashkilot, banklar va boshqalar)ning mablagʻlarini ularning boshqaruv organlarining qarorlari asosida chet ellarda joylashtirishdir. Jahon kapital eksportida xususiy kapital yetakchi boʻlib, oʻz navbatida davlat kapitali, xalqaro tashkilotlarning kapitali keyingi oʻrinlarda turadi. Odatda davlat va xalqaro tashkilotlar chetga kapitalni ssuda shaklida, kredit va qarz koʻrinishida hamda moddiy yordam koʻrinishida chiqaradi. Rasmiy va xususiy kapital xalqaro kapitalning ikki xil: tadbirkorlik va ssuda kapitali shaklida namoyon boʻladi. Xalqaro tadbirkorlik kapitali tadbirkorlik foydasini olish uchun chet elda bevosita va bilvosita mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qoʻyilgan mablagʻlar hisoblanadi. Xalqaro ssuda kapitali esa muddatlilik, qaytarishlilik, toʻlovlilik shartlari asosida, foiz koʻrinishida daromad olishni taʻminlovchi, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga chiqarilgan kapitalga aytiladi. Xalqaro ssuda kapitali chet el valutasidagi depozitlar yoki chet elga bank depozitlari va boshqa qoʻyilmalar, shuningdek kredit va qarzlar koʻrinishida boʻlishi mumkin. Statistikada ssuda kapitali koʻrinishidagi investitsiyalarni «boshqa investitsiyalar» sifatida aks etadi. Tashqi kreditlar va depozitlarning hajmi boʻyicha rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilib kelmoqda. Oxirgi oʻn yillikda ularning hajmi uch barobardan koʻproqqa oshgan. Bunday kapitalning ssuda qismi banklar orqali xalqaro harakatga keladi. Xalqaro ssuda kapital harakatining asosiy elementlaridan yana biri xalqaro sindikatlashgan kreditlar hisoblanib, ularning rivojlanish tendensiyasi xalqaro kredit va depozitlar bilan bir xil boʻlmoqda va jami xalqaro ssuda kapitali harakatidagi ulushi atigi 2% ni tashkil etmoqda. Rasmiy kapitalni xalqaro miqyosda ssuda kapitali tarzida tashkillashtirishning mamlakat iqtisodiyoti uchun afzallik taraflari kattadir. Ssuda kapitalining afzalligi foyda meʻyori va qaytarilishida iqtisodiy risk darajasi kamligidir.
Xalqaro xususiy kapitalning tadbirkorlik kapitali sifatida qoʻyishning afzalligi uni yuqori darajada foyda olishni taʻminlashida va foyda olish maqsadida tadbirkorlik kapitali mablagʻlari elastikligi yuqoriligida namoyon boʻladi. Tadbirkorlik kapitali investorga oʻz mulkidan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar va portfel investitsiyalar shaklida foyda olishni taʻminlaydi. Tadbirkorlik kapitali oʻz navbatida toʻrt xil: toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar, portfel investitsiyalar, oʻrta, uzoq muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qoʻyilmalar shaklida namoyon boʻladi. Toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar — mamlakatga uzoq muddatli iqtisodiy foydani koʻzlab qoʻyilgan kapital boʻlib, u investorga kapital joylashtirilgan obyekt ustidan nazorat olib borishni taʻminlaydi. Bu odatda korxonaning 10 foizdan kam boʻlmagan aksiyasi yoki ulushiga ega boʻlishni talab etadi. Xalqaro portfel investitsiyalar — chet el qimmatli qogʻozlari (qarz majburiyatini va ulush munosabatini ifodalovchi qimmatli qogʻozlar va boshqalarjga qoʻyilgan kapital boʻlib, u investorga kapital joylashtirilgan obyekt ustidan real nazorat olib borish huquqini bermaydi. Odatda amaliyotda bunday investitsiyalar aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qogʻozlarning kichik paketi, shuningdek baʻzan portfel investitsiyalardan alohida shakl kasb etuvchi qimmatli qogʻozlarning hosilalari koʻrinishida boʻlishi mumkin. Oʻrta va uzoq muddatli xalqaro kapital qoʻyilmalar - 1 yildan koʻp muddatga, qisqa muddatlilari esa 1 yilgacha boʻlgan kapital qoʻyilmalarga aytiladi. Xalqaro tadbirkorlik kapitalini mamlakatlar milliy iqtisodiyotiga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar shaklida jalb etishning afzalligi katta. Toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar mamlakatda YalMni yatatishda, aholi bandligini oshirishda, xorijiy mamlakatlardan yangi texnika-texnologiyani jalb etishda, import mahsulotlarini oʻrnini bosadigan eksportbob mahsulotlarni ishlab chiqarishni oshishida bevosita ishtirok etadi. Toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalardan oʻrta va uzoq muddatli foydalanish yaxshi samara beradi.
Qisqa muddat ichida toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar iqtisodiy samarasining kam boʻlishiga investitsion faoliyatni mamlakatdagi bozor muhitiga moslashish jarayonini, ishlab chiqarilgan mahsulotning bozordan oʻrin olishi, sotilishi, ijtimoiy muhit, aholi daromadlari va boshqa omillar taʻsir koʻrsatadi. Xalqaro portfel investitsiyalar qisqa muddatli yuqori foyda olishni maqsad qiladi. Bunda investorning qimmatli qogʻozlar portfeli shakllantiriladi va investor uni boshqarish yaʻni portfelning foydasini maksimallashtirish hamda ushbu portfelning risk darajasini kamaytirish orqali oʻziga maksimal foydani taʻminlaydi. Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitali ham ikki xil koʻrinishda: oʻrta, uzoq muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qoʻyilmalar shaklida namoyon boʻladi. Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitalini qisqa muddatli tashkillashtirish afzal hisoblanadi. Ssuda kapitalining shartlari oʻzgaruvchanlikka moyilligi kamligi uchun, mamlakatda iqtisodiy muhit oʻzgara boshlasa, ushbu kapitalning iqtisodiy risk darajasining oshishi, uni qisqa muddatda tashkillashtirishni afzal qilib koʻrsatadi. Oxirgi oʻn yillikda xalqaro kapital harakati tarkibida jiddiy oʻzgarish yuz berdi. Toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar miqdori oʻsdi, undanda jadalroq surʻatda portfel investitsiyalar miqdori oʻsdi. Kapitalni ssuda shaklida chiqarish miqdori 2004-yildan boshlab portfel investitsiyalar hajmidan ortib ketdi. 2008-yilda sodir boʻlgan inqirozning salbiy taʻsiridan koʻproq xalqaro ssuda kapitallar bozori (boshqa investitsiyalar) aziyat chekdi. Jahonda toʻgʻridan toʻgʻri va portfel investitsiyalardan koʻra, ssuda kapitali miqdorining koʻpayishiga asosiy sabab jahon moliya bozorda arzon kreditlarga asoslanuvchi transmilliy jarayonlarning boʻlishidir. Mamlakatdan chetga chiqarilgan kapitallar jahon moliya bozoriorqali dunyoning qolgan mamlakatlariga qayta taqsimlalandi. Jahon moliya bozorixalqaro kapitallarga boʻlgan talab va taklif shakllanadigan, baho beriladigan, jahon iqtisodiyotning moliya sektorida xalqaro moliyaviy aktivlar oldi-sotdi qilinadigan sohadir. Jahon moliya bozorixalqaro valuta, kredit (depozit), investitsiya, qimmatli qogʻozlar, sugʻurta, oltin va hosila moliyaviy vositalar kabi segmentlaridan tashkil topadi. Jahon moliya bozoriorqali mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish bilvosita (kredit (depozit) bozori) va bevosita (qimmatli qogʻozlar) moliyalashtirilishi mumkin. Bir mamlakat moliya bozoridagi salbiy va ijobiy oʻzgarishlarni boshqa bir mamlakat moliya bozoriga taʻsiri moliya bozorining globallashuv darajasiga bogʻliq boʻlib, bu jarayon milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini taʻminlovchi vositalar orqali amalga oshiriladi va ularning nechogʻlik rivojlanganligini oʻzida namoyon etadi. Milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini taʻminlovchi vositalar bu xalqaro qimmatli qogʻozlar hisoblanadi. Xalqaro qimmatli qogʻozlar erkin konvertatsiya qilinadigan valutalarda nominal narxi oʻrnatiladigan, xalqaro fond bozori qoidalari asosida xalqaro anderrayterlar orqali ushbu bozorga joylashtiriladigan qimmatli qogʻozlar hisoblanadi. Xalqaro qimmatli qogʻozlarning quyidagi asosiy shakllari mavjud. Chet el obligatsiyalari va yevroobligatsiyalar koʻrinishidagi qarz qimmatli qogʻozlari xalqaro qimmatli qogʻozlarning asosiy shakllaridan biridir. Shuningdek, ularning global aksiyalar koʻrinishidagi xalqaro aksiyalar va amerika depozitar tilxatlari (aksiyalari) kabi shakllaridan ham amaliyotda foydalaniladi. Agar xalqaro qimmatli qogʻozlar bir mamlakat jehidagi ikkilamchi qimmatli qogʻozlar bozorida turli investorlar orasida muomalada boʻlsa, bir vaqtning oʻzida ular mamlakat ichidagi kapitalni qayta taqsimlash vositasiga aylanishi mumkin, shuningdek, xalqaro qimmatli qogʻozlarni birlamchi joylashtirish mamlakatlar oʻrtasidagi kapitalni qayta taqsimlash xususiyatiga ham ega boʻladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling