Mavzu : Xalqaro Kapital bozori (moliyaviy bozor) va uning rivojlanish asoslari
Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya
Download 0.58 Mb.
|
KURS ISHI. Globallashuv sharoitida jahon moliya bozorining rivojlanish tendentsiyalari
1.3. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya
munosabatlarining roli va ahamiyati Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanish evolutsiyasi bilan uzviy bogʻliqdir. Xalqaro moliya munosabatlari jahon xoʻjaligining shakllanishi jarayonida alohida oʻrin tutadi. Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon xoʻjaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya munosabatlarini jahon xoʻjaligining rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin. Jahon xoʻjaligi bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuniyatlariga boʻysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali oʻzaro bogʻliq milliy iqtisodiyotlar yigʻindisi sifatidagi global iqtisodiy tizimdir. Jahon xoʻjaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan milliy iqtisodiyotlar holati muhim oʻrin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan aloqalari holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim oʻrin tutadi. Mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokining kuchayishida xalqaro moliya munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda tashkil etish bilan uzviy bogʻliqdir. Taʻkidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti ikkita muhim tarkibiy qismni oʻziga qamrab oladi, yaʻni xalqaro moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmi. Maʻlumki, mamlakatlar oʻrtasidagi xalqaro moliya munosabatlari muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan meʻyoriy normalar, davlatlararo darajadagi shartnoma va bitimlar, mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro qabul qilingan kelishuvlarga amal qilinadi. Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy normalar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konvensiya) xalqaro iqtisodiy munosabat larni rivojlantirishga qaratilgan yoʻl-yoʻriqlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi. Xalqaro moliya munosabatlari jahon xoʻjaligi tizimida teztez takrorlanib turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va subyektlari, alohida tashkilotlar oʻrtasidagi aloqalarni oʻz ichiga oladi. Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni oʻrganishni taqozo etadi: xalqaro valuta munosabatlari; xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar; — xalqaro savdo munosabatlari; —investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati; —mamlakatlar toʻlov balanslarini boshqarish; —xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish; —xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshqalar. Xalqaro moliya munosabatlarining obyektiv asosini xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xoʻjaligi hamda undagi iqtisodiy aloqalar tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon jahon xoʻjaligi milliy iqtisodiyotlar yigʻindisidan iborat boʻlgan global iqtisodiy tizim boʻlib, bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga muvofiq tarzda oʻzgarib boradi. Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining milliy iqtisodiyotga taʻsiri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon boʻladi: Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi oʻzgarishlarni oʻz ichiga qamrab oladi: — mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish; ishchi kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va xizmatlarning global bozorlarini barpo etish; jahon xoʻjalik aloqalarining global infratuzilmasini yaratish; —xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtisodiyotning qoidalarini universallashtirish; —yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish. Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil topishi. Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayoni hisoblanadi. Jahon moliya bozorlaridagi oʻzgarishlar. Milliy iqtisodiyotda faoliyat koʻrsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi. Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu holat, milliy iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida oʻrin egallash uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida vujudga keladi. Transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar rolining ortib borishi. Bu holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish jarayoni kuchayishi, yaʻni, alohida mamlakatlarga yoki bir nechta mamlakatlarga tegishli xalqaro kompaniyalar va banklar faoliyatining rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning kengaytirilishi orqali yuzaga keldi. Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. Mazkur holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi orqali ifodalanadi. Bunda, xalqaro moliya munosabatlarining ishtirokchilari uchun muayyan shart-sharoitlarning yaratilishi, xususan, xalqaro savdoda bojlarning pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb etishga qaratilgan qulay investitsiya muhitining yaratilishi hamda valuta cheklovlarining bekor qilinishi kabi tadbirlar amalga oshirilishi muhim oʻrin tutadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning xalqaro meʻyoriy-huquqiy bazasini qabul etilishi. Mamlakatlar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlarni xalqaro jihatdan tartibga solish va nazorat qilish tizimining tashkil qilinishi. Alohida olingan milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini bir necha miqdoriy koʻrsatkichlar bilan tavsiflash mumkin: — eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YMMga nisbatan foizda hisoblanadi; import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YMMga nisbatan foizda hisoblanadi; tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo aylanmasi hajmi YMMga nisbatan foizda hisoblanadi. Mazkur koʻrsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini baholash mumkin. Jahon iqtisodiyotida roʻy bergan oʻzgarishlar xalqaro moliya munosabatlarining istiqbolda rivojlanish tendensiyalarini belgilab berdi: xalqaro moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama munosabatlardan koʻp tomonlama munosabatlarga oʻtish; jahon xoʻjaligida xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; xalqaro savdo munosabatlarining anʻanaviy tovarlar savdosidan milliy ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat koʻrsatish vositasiga aylanib borishi; kapital migratsiyasining globallashuvi; hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining yanada kengayishi va jadallashuvi. Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida kapitalning xalqaro harakati, ayniqsa, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, shuningdek, xalqaro savdoning mahsulotlar, turli xizmatlar koʻrsatish, texnologiyalar sohasidagi rivoji ijobiy omil sifatida taʻsir koʻrsatmoqda. Jahon savdosining oʻsishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar hamda ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishiga, shuningdek, jahon moliya bozorlarining taraqqiy etishiga hamda transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayishiga, xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jabhalarini jadallashuviga imkon yaratdi Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliyaning vazifalari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: milliy iqtisodiyotlarning yagona xalqaro tizimga integratsiyalashuvini taʻminlash; xalqaro savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital ayirboshlashning oqilona harakatini tashkil etish; milliy iqtisodiyotlarni xalqaro iqtisodiy va moliyaviy oʻzgarishlarga moslashtirish; mamlakatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuritishida tavsiyalar berish. Xalqaro moliya munosabatlari tarkibiga xalqaro aylanmaga kelib tushgan va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, yaʻni rezidentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga keladigan munosabatlarida qoʻllaniladigan moliyaviy munosabatlar tizimi kiritiladi. Xalqaro moliya quyidagilarga xizmat qiladi: birinchidan, turli mamlakat rezidentlari oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarga va oʻzaro hamkorlikka; ikkinchidan, jahon mamlakatlarining turli xil moliyaviy institutlar bilan yuzaga keladigan oʻzaro munosabatlariga; uchinchidan, turli mamlakatlar rezidentlarining jahon moliya bozorlaridagi operatsiyalarini tashkil etishga. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida xalqaro moliya munosabatlari tobora rivojlanib bormoqda. Bunda, avvalo mamlakatlar oʻrtasidagi savdo munosabatlarining taraqqiy etishi alohida oʻrin tutmoqda. Ushbu holat oʻz navbatida xalqaro valuta munosabatlari va xalqaro hisob-kitoblarning rivojlanishiga ijobiy taʻsir koʻrsatmoqda. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling