O‘zgarmas narxlar strategiyasi. Bu strategiyada firma o‘z tovari narxini iloji boricha o‘zgartirmaslikka intiladi. Xarajatlar o‘sishi kuzatilgan holatlarda firma narxni oshirish tomonga qayta ko‘rib chiqish o‘rniga hamma o‘ram (upakovka)larni kamaytiradi, tovar tarkibini o‘zgartiradi va boshqalar. Shu bilan birga iste’molchi narx o‘sishining bunday o‘zgarishini afzal ko‘radi, deb faraz qilinadi. Bu strategiya narxning yashirin oshishini aks ettiradi.
O‘zgaruvchan narxlar strategiyasi. O‘zgaruvchan narxlar ko‘proq bozorda, individual bitimlar tuzilganda, uchraydi. O‘zgaruvchan narxlar zargarlik, osori atiqa (antikvar) buyumlar sotiladigan do‘konlarda foydalaniladi. Bunday narxlardan, shuningdek, sanoatga mo‘ljallangan (sanoat tovarlari) tovarlarda ham foydalaniladi. Masalan, mashina va uskunalarning lizing bozorlarida bir xil narx bo‘yicha tuziladigan shartnomalar kamdan kam uchraydi. Bu strategiyaga muvofiq korxonalar xaridorning savdolashishga qodirligiga yoki ularning xarid kuchiga bog‘liq holda bitta tovar yoki xizmatning narxini o‘zgartiradi. Savdolashishni biladigan xaridorlar buni bilmaydiganlarga nisbatan kamroq pul to‘laydilar. Zamonaviy raqobatli bozorlarda korxonalar o‘zgaruvchan narx strategiyasini yanada ko‘proq o‘tkazadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |