Mavzu : Shahar va tuman ta’lim tashkilotlarini boshqarish va metodik ta’minlash, bo’limlarning vazifalari Reja: 1. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari. 2. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining tashkil etish. 3 Xulosa Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida - Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida
- NIZOM
- 1-bob. Umumiy qoidalar
- 1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish faoliyatini tartibga soladi.
- 2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda (keyingi o’rinlarda bolalar deb ataladi) jismoniy rivojlanish, o’z-o’ziga xizmat va gigiena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o’qish va chet tillarni o’rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini ta’minlaydi.
- 3. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek o’z Ustaviga amal qiladi.
- 4. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g’aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy hisob varaqalarga ega bo’ladi.
- 5. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi.
- Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo’lishi mumkin.
- 6. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq, davlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |