Mavzu : Xorijiy davlatlarda maktabgacha ta’lim tizimi


-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalari


Download 10.48 Kb.
bet2/3
Sana29.09.2023
Hajmi10.48 Kb.
#1689711
1   2   3
Bog'liq
Mavzuslayd

2-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalari

  • 2-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalari
  • 7. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi quyidagilardan iborat:
  • bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
  • ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktabgacha ta’limga sifatli tayyorlash;
  • bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish.
  • 8. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari quyidagilardan iborat:
  • bolalarning hayoti va sog’lig’ini mustahkamlash;
  • bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg’ularini shakllantirish;
  • bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang’ich ta’limni olishga tayyorlash;
  • bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko’rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korrektsiyalashni amalga oshirish;
  • ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish.
  • 3-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
  • 11. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
  • 12. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada bo’lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim muassasasining Ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
  • Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
  • 12 soatli;
  • 10,5 soatli;
  • 9 soatli;
  • 4 soatli.
  • Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
  • 13. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.
  • 14. Bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatish davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
  • Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog’lig’i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o’tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas’uldirlar.
  • 15. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog’liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
  • 16. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun zarur bo’lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.
  • 17. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish sog’liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi.

Download 10.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling