Mavzu : Yog’och materiallari
Download 0.67 Mb.
|
1. Yog’och materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilishi
SinflanishiOʻzakli va poʻstloq osti qatlamli turlarga boʻlinadi. Oʻzakli turlari (qaragʻay, tilogʻoch, dub va boshqa) oʻzaklari birbiridan rangi bilan farqdanadi va markaziy qism deb ataladi, chekka zonasini esa poʻstloq osti qatlami deyiladi. Poʻstloq osti qatlamli turlar (zarang , qayin va boshqa)ning markaziy qismi chetki qismidan farq qilmaydi. Har xil daraxt jinslaridan olinadigan qurilish materiali. Yogʻochdan olinadigan daraxt jinslari bargli va ignabargli jinslarga boʻlinadi. Bargli jinslarga dub, shumtol, zarang , nok, qayin, terak, qayragʻoch, yongʻoq, argʻuvon va boshqa, ignabargli jinslarga qaragʻay, archa, tilogʻoch, kedr, pixta va boshqa daraxtlar kiradi. Yogʻoch daraxtning kimyoviy va tabiiy xususiyatlarini oʻzida saqlaydi. Asosan, daraxt tanasidan tayyorlanadi; daraxtning shoxshabbalaridan ham foydalaniladi. . Yogʻoch ishlov berilgan va ishlov berilmagan xillarga boʻlinadi. Daraxtni agʻdarib, shoxlarini butab, tanasini maʼlum uzunlikda (3 m dan 7,5 m gacha) qirqib, poʻstlogʻini shilib tayerlanadigan dumaloq gʻoʻla, xoda ishlov berilmagan Yogʻoch hisoblanadi. Yogʻochning boshqa turlari (taxta, faner va boshqa) shu dumalok, yogʻochni arralab, tilib, yoʻnib, randalab, silliqlab olinadi. Bular ishlov berilgan yogʻoch hisoblanadi. FoydalanilishiYogʻoch koʻp ming yillar davomida asosan yoqilgʻi va qurilish moli sifatida hizmat qilib kelgan. Bundan tashqari yogʻoch ish qurollari, cholgʻu asboblari, mebel, qogʻoz va boshqa ishlab chiqarilishida ishlatiladi. Yogʻoch dumaloq gʻoʻla, xoda, taxta, faner, toʻrtburchak brus, yogʻoch plitalar, shpal, reyka va boshqa koʻrinishda ishlatiladi. Yogʻoch qurilishda, mebelsozlikda, xalq amaliy sanʼatida (beshikchilik, sandiqchilik, cholgʻu asboblari yasash va boshqa), kimyo sanoatida, konchilikda, energetika, koʻpriksozlikda, qoplamapardozlash materiali, sellyuloza, qogʻoz, etil spirti va boshqa ishlab chiqarishda xomashyo, shuningdek, yoqilgʻi sifatida ishlatiladi [1] Yer yuzida 1 trillion tonna yogʻoch boʻlib, bu koʻrsatkich yiliga 10 milliard tonnaga koʻpaymoqda. Bugungi kunda, iqtisodiyotning deyarli har bir sohasi, har xil maqsadlar yog'och mahsulotlar uchun foydalanadi. Bu material noyob xususiyatlari bilan bog'liq. Sintetik mahsulot hali uni o'rniga ega emas. Shuning uchun, yog'och ishlab chiqarish yog'och juda har xil turdagi ishlab chiqaradi. Ularning xususiyatlari va xizmat batafsil ko'rib chiqish tasnifi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling