V. Yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy
imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishi
19.
|
Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablag‘lari ajratish.
|
1.
Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalari bo‘yicha respublika miqyosida tanlov
o‘tkazish.
|
2021-yil may
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
|
Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi
|
2. Tanlov natijasiga ko‘ra:
2021-
yildan
|
2021-
yildan boshlab har yili 1- sentabr
| -
|
|
boshlab har yili kamida 20 ta eng yaxshi startap loyihalarga 50 mln so‘mdan
200 mln so‘mgacha grant
mablag‘lari
ajratish.
|
|
|
|
20.
|
Hududlarda yoshlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida quduqlar burg‘ulash (qazish), sug‘orish
vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish,
urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiyalar
ajratish.
|
1.
Yoshlarga quduqlar burg‘ulash (qazish), sug‘orish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish
tartibini
|
2021-yil mart
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
| -
|
|
ishlab chiqish.
|
Doimiy ravishda
|
|
|
2.
Belgilangan tartibda subsidiyalar
ajratib borish.
|
|
Yoshlarga ijtimoiy xizmat ko`rsatuvchi muassasalar va ularning faoliyat turlari.
Konsepsiya amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda raqobatbardosh, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yosh avlod shakllantiriladi. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalarni ikki guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruhni yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, xususan, ularning salomatligi, ta’lim-tarbiyasi, iqtisodiy imkoniyatlari, ko‘nikmalaridagi natijalar tashkil etadi:
yoshlarning tibbiy madaniyati oshiriladi, sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena, to‘g‘ri va ratsional ovqatlanishga rioya etish ko‘rsatkichlari oshadi;
umumta’lim maktablarida 7-sinf o‘quvchilarining kasblar kesimida qiziqishini aniqlash, 8-9-sinf o‘quvchilarini zamonaviy va istiqbolli kasblar bilan tanishtirib borish, 10-sinfdan o‘quvchilarni davlat va nodavlat o‘quv markazlari yordamida kasbga o‘rgatish va ularning xarajatlarini “vaucher” tizimi orqali qoplab berish mexanizmi yaratiladi;
yoshlarni oliy ta’limga o‘qishga qabul qilishda abituriyentning intellektual salohiyati, shaxsiy ko‘nikmalari, mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyati va volontyorlik faoliyatlari asosida saralash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
oila, xususan, yoshlarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz to‘g‘risida bilimlar oshirilib, ularni o‘rganish, saqlash, targ‘ib qilish, o‘rgatish orqali milliy qadriyatlarning mavqeyi mustahkamlanadi;13
yoshlar o‘rtasida erta tug‘ruq holatlariga barham berishning samarali choralari amalga oshiriladi;
madaniyat va san’at bilan muntazam shug‘ullanadigan yoshlar soni 30 foizga oshirilib, ularning xalqaro tanlov va festivallardagi ishtiroki 40 foizga yetkaziladi;
yoshlarning 30 foizi ommaviy sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishiga erishiladi;
kitob o‘qishni kundalik hayot tarziga aylantirgan yoshlar soni 70 foizga oshiriladi.
Ikkinchi guruh natijalari mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanishiga yoshlarning qo‘shayotgan hissasi va yaratilayotgan shart- sharoitlar ko‘lami bilan belgilanadi:
joylarda yoshlarga oid normativ hujjatlar bajarilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazorati doimiy amalga oshiriladi;
jamiyatda yoshlar uchun jinsi, irqi, millati, tili, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar teng huquq va imkoniyatlar yanada mustahkamlanadi;
O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishiladi;
ta’lim muassasalaridagi o‘qitish dasturlari xalqaro standartlarga (PISA, STEAM) moslashtiriladi;
13 www.Lex.uz hukumat portal.
bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari, yoshlarning umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalariga qamrovi nodavlat ta’lim muassasalari uchun imkoniyatlar kengaytirilishi hisobiga bosqichma-bosqich oshiriladi, jumladan, Respublikada 3 — 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinadi;
yoshlarning madaniy saviyasini oshirish uchun kutubxonalar, teatrlar, kinoteatrlar, muzeylar, istirohat bog‘lari va boshqa madaniyat muassasalari soni bosqichma-bosqich oshiriladi;
yoshlarning ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun shart- sharoitlar yaratilib, sport inshootlarining sig‘imi 30 foizga oshiriladi;
mahallalarda yoshlarning ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi;
barcha hududlarda IT-parklar barpo etiladi, tuman (shahar)larda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etiladi, “Bir million o‘zbek dasturchi” loyihasi asosida 200 mingga yaqin yoshlar o‘qitiladi;14
yoshlarning sifatli, tezkor va arzon internet xizmatlaridan foydalanishi uchun sharoitlar yaratiladi, aloqa va axborotlashtirish xizmatlarini 2 baravar o‘stirish ta’minlanadi;
kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, yangi asarlarni yaratish, tarjima qilish va mualliflarni rag‘batlantirishning kompleks chora-tadbirlari amalga oshiriladi;
nogironligi bor yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro normativ hujjatlar implementatsiya qilinadi;15
yoshlar va hukumat o‘rtasidagi tizimli muloqotni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari huzurida iqtidorli, faol va
14 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92 sonli “Mahallalarda yoshlar bilan tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori. T.2020
15 Yoshlar agentligi faoliyatini tashkil etish to`g`risidagi Nizom. Umumiy qoidalar. T.2020
tashabbuskor yoshlarni birlashtirgan sohalar bo‘yicha “Yoshlar kengashlari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;16
yoshlar hayoti, o‘y-kechinmalari, orzu-niyatlari, dolzarb muammolarini internet, radio, televideniye, gazeta va jurnallarda keng yoritish bo‘yicha “Yoshlar media xoldingi” tashkil etiladi;
xorijiy davlatlarga ishlash uchun chiqib ketayotgan hamda norasmiy ish bilan band bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ta’minoti va mehnat muhofazasi ta’minlanadi;
mehribonlik uylari bitiruvchilari bandligi to‘laqonli ta’minlanadi, ularning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashishda samarali mexanizmlar joriy etiladi;
ta’lim muassasasini tamomlab, birinchi bor ish izlayotgan, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlar, xotin-qizlar, ayniqsa bola parvarishi bo‘yicha ta’tildan qaytgan ayollarning ishga joylashishda sun’iy to‘siqlar bartaraf etiladi;
volontyorlik faoliyatining institutsional tuzilmalari, jumladan, “Volontyorlar maktablari”, “Volontyorlik markaz”lari yaratiladi;
xalqaro va mintaqaviy darajadagi davlat va nodavlat yoshlar tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar, ta’lim muassasalari, ilmiy institutlari bilan yoshlar siyosati sohasida hamkorlik mustahkamlanadi;
xorijda istiqomat qiladigan yosh vatandoshlar bilan doimiy muloqot va hamkorlik mexanizmlari yo`lga qo`yiladi, O`zbekistonning chegara, anklav, aksklav hududlarida ahil qo`shnichilik, do`stlik, bag`rikenglik muhiti yanada mustahkamlanadi.
mamlakatda olib borilayotgan yoshlar siyosati sohasidagi islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazib beriladi hamda yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyi oshiriladi.
16 www.Lex.uz hukumat portal.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishidagi o‘zgarishlardan kelib chiqib, Konsepsiyaning ayrim qoidalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlashtirilishi hamda to‘ldirilishi mumkin.
Yoshlar siyosatini baholash O‘zbekiston Respublikasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash bo‘yicha yagona ko‘rsatkichlar tizimi hisoblanib, mamlakat yoshlarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy mavqeyi, farovonligi, barkamollik darajasi hamda istiqboldagi o‘rnini ko‘rsatadi.
Bunda baholash mamlakatning yoshlar siyosati bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari sohadagi xalqaro indekslarga mos ravishda o‘sishini ta’minlashga yo‘naltiriladi hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlari kesimida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida baholanadi:
Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati.
Yoshlarning ijtimoiy faolligi.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari faoliyati.
Yoshlarga oid davlat siyosati va uning infratuzilmasi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va yoshlar.
Yoshlarga oid davlat siyosatining moliyalashtirilishi.
5 ta muhim tashabbusni amalga oshirishda yaratilgan infratuzilma va yoshlarning qamrovi.17
Baholashda mezonlarga taalluqli ma’lumotlarni o‘rganish, tahlil etish, shuningdek ma’lum yoshlar qatlamlari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish orqali sifat ko‘rsatkichini aniqlash va boshqa usullardan foydalaniladi.
Yillik baholash natijalari asosida kelgusida sohani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olinadi.18
17 www.Lex.uz hukumat portal.
Konsepsiya amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda raqobatbardosh, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yosh avlod shakllantiriladi.
Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalarni ikki guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruhni yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, xususan, ularning salomatligi, ta’lim-tarbiyasi, iqtisodiy imkoniyatlari, ko‘nikmalaridagi natijalar tashkil etadi:
yoshlarning tibbiy madaniyati oshiriladi, sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena, to‘g‘ri va ratsional ovqatlanishga rioya etish ko‘rsatkichlari oshadi;
umumta’lim maktablarida 7-sinf o‘quvchilarining kasblar kesimida qiziqishini aniqlash, 8-9-sinf o‘quvchilarini zamonaviy va istiqbolli kasblar bilan tanishtirib borish, 10-sinfdan o‘quvchilarni davlat va nodavlat o‘quv markazlari yordamida kasbga o‘rgatish va ularning xarajatlarini “vaucher” tizimi orqali qoplab berish mexanizmi yaratiladi;
yoshlarni oliy ta’limga o‘qishga qabul qilishda abituriyentning intellektual salohiyati, shaxsiy ko‘nikmalari, mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyati va volontyorlik faoliyatlari asosida saralash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
oila, xususan, yoshlarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz to‘g‘risida bilimlar oshirilib, ularni o‘rganish, saqlash, targ‘ib qilish, o‘rgatish orqali milliy qadriyatlarning mavqeyi mustahkamlanadi;
yoshlar o‘rtasida erta tug‘ruq holatlariga barham berishning samarali choralari amalga oshiriladi;
madaniyat va san’at bilan muntazam shug‘ullanadigan yoshlar soni 30 foizga oshirilib, ularning xalqaro tanlov va festivallardagi ishtiroki 40 foizga yetkaziladi;
18 www.Lex.uz hukumat portal.
yoshlarning 30 foizi ommaviy sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishiga erishiladi;
kitob o‘qishni kundalik hayot tarziga aylantirgan yoshlar soni 70 foizga oshiriladi.19
Ikkinchi guruh natijalari mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanishiga yoshlarning qo‘shayotgan hissasi va yaratilayotgan shart- sharoitlar ko‘lami bilan belgilanadi:
joylarda yoshlarga oid normativ hujjatlar bajarilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazorati doimiy amalga oshiriladi;
jamiyatda yoshlar uchun jinsi, irqi, millati, tili, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar teng huquq va imkoniyatlar yanada mustahkamlanadi;
O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishiladi;20
ta’lim muassasalaridagi o‘qitish dasturlari xalqaro standartlarga (PISA, STEAM) moslashtiriladi;
bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari, yoshlarning umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalariga qamrovi nodavlat ta’lim muassasalari uchun imkoniyatlar kengaytirilishi hisobiga bosqichma-bosqich oshiriladi, jumladan, Respublikada 3 — 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinadi;
19 www.Lex.uz hukumat portal.
20 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 312-son “Yoshlar muammolarini hal etish tizizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori. T.2020
yoshlarning madaniy saviyasini oshirish uchun kutubxonalar, teatrlar, kinoteatrlar, muzeylar, istirohat bog‘lari va boshqa madaniyat muassasalari soni bosqichma-bosqich oshiriladi;
yoshlarning ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun shart- sharoitlar yaratilib, sport inshootlarining sig‘imi 30 foizga oshiriladi;
mahallalarda yoshlarning ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi;
barcha hududlarda IT-parklar barpo etiladi, tuman (shahar)larda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etiladi, “Bir million o‘zbek dasturchi” loyihasi asosida 200 mingga yaqin yoshlar o‘qitiladi;21
yoshlarning sifatli, tezkor va arzon internet xizmatlaridan foydalanishi uchun sharoitlar yaratiladi, aloqa va axborotlashtirish xizmatlarini 2 baravar o‘stirish ta’minlanadi;
kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, yangi asarlarni yaratish, tarjima qilish va mualliflarni rag‘batlantirishning kompleks chora-tadbirlari amalga oshiriladi;22
nogironligi bor yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro normativ hujjatlar implementatsiya qilinadi;
yoshlar va hukumat o‘rtasidagi tizimli muloqotni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari huzurida iqtidorli, faol va tashabbuskor yoshlarni birlashtirgan sohalar bo‘yicha “Yoshlar kengashlari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
yoshlar hayoti, o‘y-kechinmalari, orzu-niyatlari, dolzarb muammolarini internet, radio, televideniye, gazeta va jurnallarda keng yoritish bo‘yicha “Yoshlar media xoldingi” tashkil etiladi;
21 www.Lex.uz hukumat portal.
22 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 312-son “Yoshlar muammolarini hal etish tizizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori. T.2020
xorijiy davlatlarga ishlash uchun chiqib ketayotgan hamda norasmiy ish bilan band bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ta’minoti va mehnat muhofazasi ta’minlanadi;23
mehribonlik uylari bitiruvchilari bandligi to‘laqonli ta’minlanadi, ularning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashishda samarali mexanizmlar joriy etiladi;
ta’lim muassasasini tamomlab, birinchi bor ish izlayotgan, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlar, xotin-qizlar, ayniqsa bola parvarishi bo‘yicha ta’tildan qaytgan ayollarning ishga joylashishda sun’iy to‘siqlar bartaraf etiladi;
volontyorlik faoliyatining institutsional tuzilmalari, jumladan, “Volontyorlar maktablari”, “Volontyorlik markaz”lari yaratiladi;
xalqaro va mintaqaviy darajadagi davlat va nodavlat yoshlar tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar, ta’lim muassasalari, ilmiy institutlari bilan yoshlar siyosati sohasida hamkorlik mustahkamlanadi;24
xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar bilan doimiy muloqot va hamkorlik mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi, O‘zbekistonning chegara, anklav, eksklav hududlarida ahil qo‘shnichilik, do‘stlik, bag‘rikenglik muhiti yanada mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham:
|