Mavzu : yosh oila va yoshlarga ijtimoiy xizmat ko`rsatish muassasalari


Yosh oilalarga ijtimoiy xizmat ko`rsatuvchi muassasalar va ularning faoliyat turlari


Download 486.98 Kb.
bet7/8
Sana08.03.2023
Hajmi486.98 Kb.
#1253376
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KI 7777 (1)

Yosh oilalarga ijtimoiy xizmat ko`rsatuvchi muassasalar va ularning faoliyat turlari.





  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmonig - "2022-yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun qat’iy belgilangan subsidiya miqdori".



* Uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy asoslari;
*Tumani (shahri)da subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha komissiyaning namunaviy tarkibi tuziladi;

*Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash qoidalari bo`yicha targ`ibot olib boriladi.28


Buning uchun quyidagi Normativ hujjatlar mavjud.



  • "Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.12.2021-yildagi PF-33-son Farmoni

  • Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom

  • Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 56-son qarori

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 01.05.2020-yildagi PQ- 4701-son

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.06.2022- yildagi 331-son

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.10.2022- yildagi 601-son

    • O‘zbekiston Oila kodeksi turmushda mustaqil er-xotinning tengligiga va ular hayotida boshqa qarindoshlarning ahamiyati kamligiga asoslangan zamonaviy oila modeliga qurilgan. Bunday qonunchilik O‘zbekistondagi oilaviy turmushni samarali tartibga sola oladimi – Norma sharhida shu haqda so‘z yuritilgan.

    • Bizdagi oilalar qanday xususiyatga ega






28 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 312-son “Yoshlar muammolarini hal etish tizizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori. T.2020

    • Biz, O‘zbekiston fuqarolari, umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilamiz, biroq turmushda o‘ziga xos xalqmiz. Bu nikoh va oila munosabatlarida ayniqsa ko‘zga tashlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, Yevropa namunasiga tayanib ishlab chiqilgan oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida butkul boshqa davrda, umuman boshqa siyosiy va iqtisodiy sharoitda yuzaga kelgan an'analarga amal qilishda davom etmoqdamiz. Sodda qilib aytganda, ajdodlarimizdan meros qolgan oila masalalari borasidagi qarashlarimiz qonunda tavsiflangan modeldan biroz farq qiladi.

Oilaga turlicha qarashlar haqida o‘tgan asr boshida A.Qodiriy yozgan, so‘ng sovet davrida fikr bildirilgan. Ko‘p xotinlilik, erta va majburiy nikohlashlar e'tibor markazida bo‘lgan. Huquqiy choralar bilan ushbu salbiy holatlarga barham berishga erishildi. Ular hozir ham nazarda tutilgan:



    • • Jinoyat kodeksida – 126-modda (ko‘p xotinli bo‘lish), 136-modda (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish), 128, 129-moddalar (16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish va unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish); Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda – 47-3-modda (nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish).

Biroq ko‘p jihatlarda oiladagi an'anaviy turmush tarzi saqlanib qolgan. Unda avvalgidek:



  • hamma ishda o‘zidan katta avlodga bo‘ysuniladi, shu jumladan ular farzandlari uchun turmush o‘rtog‘ini ma'qul topish (tanlash), ularga va turmush o‘rtoqlariga qanday yo‘l tutish haqida ko‘rsatmalar berishga ma'naviy jihatdan haqli sanaladi; er-xotin o‘rtasida faqat nikoh emas, balki er-xotinning oilalari o‘rtasida amalda bitim tuziladi, bu aniq mulkiy majburiyatlarni yuzaga keltirdi. 29

  • turli avlodlar birgalikda yashagani uchun oila mulki faqat er-xotinning mol-

29 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4768 sonli “O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi Qarori. T. 2020
mulkidan iborat emas, maishiy darajada ota-ona mulki va farzandlarning mulki degan tushuncha yo‘q;

ko‘p farzand ko‘radilar, shu sababli ayol jinsi katta uy xo‘jaligi tashvishlarini zimmasiga olib, mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lmaydi;



  • oilaning moddiy ta'minoti er va erkak jinsidagi katta qarindoshlari zimmasida, buning natijasida oilada erkak shak-shubhasiz ustun sanaladi;

  • oila hayotida jamoatchilik (masalan, mahalla) keng ishtirok etadi va h.k.

Sovet davri qonunchiligida ham an'anaviy oila hayotidagi o‘ta muhim masalalarni tartibga solish yo‘lini topish uchun boshqa variant tanlangan edi. Zamonaviy model bo‘yicha qanday bo‘lishi kerakligi belgilanib, an'anaviy oilalarda yuzaga keladigan ko‘pgina ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solinmay qo‘ya qolingan edi.30
XX asrda ushbu qaror oqibatlari uncha ko‘zga tashlanmagan bo‘lsa, XXI asr boshida jamiyatimiz o‘z tarixida ilk bor ko‘p sonli nikoh buzilishi hollariga to‘qnash keldi. Muallifning fikriga ko‘ra, bu ko‘p jihatdan ko‘plab ijtimoiy jarayonlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygan, qonunchilikka xato yondashuv oqibatidir. Chunonchi, ajralishlar sabablari xususida sudyalar bilan suhbat yuritganda oiladagi eng jiddiy nizolar aksariyat hollarda er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarga ko‘p ham bog‘liq bo‘lmay, boshqa qarindoshlar bilan o‘zaro munosabatlardan va boshqa maishiy turmush masalalaridan kelib chiqishini aytadilar.

Davlat ushbu vaziyatdan chiqish niyatida to‘y o‘tkazish jarayoni shu qadar qimmatga tushmasligi uchun uni tartibga solishga urinmoqda. Shuningdek ajralish taomillarini murakkablashtirish taklif etilmoqda. Ya'ni qonunchilikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar qisman to‘ldirilmoqda. Qabul qilinayotgan choralar zarurligini inkor etmagan holda oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining o‘zi isloh qilishga muhtoj deb hisoblaymiz. Quyida «an'anaviy turmush tarzi bilan inson huquq va erkinliklari birikuvi» prinsipiga asoslangan ayrim takliflar keltirilgan.
30 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4768 sonli “O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi Qarori. T. 2020
Oila kodeksining nikoh ixtiyoriy ravishda nikoh yoshiga (erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh) yetgandan so‘ng tuziladi. Muhim qaror ustida o‘ylab ko‘rishlari uchun nikohlanayotganlarga ariza berilgan kundan boshlab 1 oy vaqt beriladi. Hatto nikoh rasman rasmiylashtirilmagan bo‘lsa ham, nikoh yoshi to‘g‘risidagi talabni buzganlik uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (bundan keyin – MJTK) 47-3-moddasiga binoan katta jarimalar belgilangan. Katta yoshli er (xotin) uchun – 10 EKIHgacha, ota-onalar uchun – 15 EKIHgacha, diniy marosim o‘tkazgan uchun – 20 EKIHgacha. Erga tegishga majburlash esa jinoiy javobgarlikka olib keladi (JKning 136-moddasi). Biroq amaldagi normalar barcha muammolarni hal eta olmaydi. Birinchidan, insonlar o‘rtasidagi ijobiy emotsional aloqalar – mustahkam oila qurishning eng muhim sharti. Bir-birini yaxshi bilmaydigan odamlardan jamiyat yacheykasini barpo etish imkoni kamayadi. Shu sababli ariza berilgan kundan boshlab bir oylik qisqa kutish muddati ota-onalar xohishiga ko‘ra tez nikohdan o‘tish imkonini beradi. Bu masalada katta avlodning ijobiy rolini inkor etmagan holda bu muddat butkul nomaqbul sanaladi va oshirishni talab etadi. Ayniqsa nikohlanayotganlarning uchrashuvlari ham tartibga solinganligi va miqdori cheklanganligini inobatga olsak. Tomonlar bir-birlarini yaqindan bilishlari lozim.

Bunday chora Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturida(2.02.2018 yildagi PF–5325-son Farmonga 7-ilova) nazarda tutilgan. Batafsil – bu yerda. Muallifning fikricha, ariza berish bilan nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish o‘rtasidagi muddat kamida 6 oyni tashkil etishi kerak.


Ikkinchidan, jamiyatda yoshlar ungacha oila qurishi shart bo‘lgan va undan keyin erga tegmay/bo‘ydoq qolish uyat sanaladigan muayyan yosh cheklovi haqida fikr o‘rnashib qolgan. Ko‘pchilik «vaqt kelganligi» uchungina uylanadi (erga tegadi). Bunda qonunchilikda nikohlanayotganlarning bandligi va moddiy


ahvoli hisobga olinmaydi. 31
Erta nikohdan o‘tgan aksariyat yoshlar ota-onasi u yoqda tursin, o‘zlarini, eri (xotini), bolalarini moddiy ta'minlashga hali tayyor bo‘lmaydi. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoit ana shunday. O‘rta maktabda majburiy 11 yillik o‘qish joriy etilishi oqibatida o‘zbekistonlik yoshlar kechroq – o‘rta hisobda 20–22 yoshda kasb-hunar ta'limi olishlarini ham inobatga olmoq zarur (ilgari fuqarolarning aksariyati 19 yoshga kelib kollejlarda kasb egasi bo‘lar edi). Yaqin orada 18–19 yoshda mustaqil hayotga qadam qo‘yishning amalda imkoni qolmaydi. Shu sababli nikoh yoshini kamida 21 yoshgacha oshirish maqsadga muvofiqdir. 32
Uchinchidan, bo‘lajak er/xotin tanlashga an'anaviy ravishda ota-onalar, boshqa qarindoshlar, qo‘shnilar (nomzod haqida ma'lumot to‘plashda) va hatto ish beruvchi (davlat xizmatchilarining qarindoshlariga qo‘yiladigan ayrim talablar bobida) katta ta'sir ko‘rsatadi. Shu sababli OKning 14-moddasiga (nikoh tuzishning ixtiyoriyligi) ko‘pincha amalda to‘laqonli rioya etilmaydi. Shu bilan birga JKning 136-moddasi va u bo‘yicha javobgarlikka tortish jinoiy-protsessual tartibida nuqsonlar mavjud. Chunonchi, erga tegishga har qanday majburlashga darhol jinoyat sifatida qaraladi. JPKning 325-moddasiga ko‘ra esa bu holda jabrlanuvchining o‘zi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmaguncha jinoyat ishi qo‘zg‘atishga yo‘l qo‘yilmaydi. Natijada qahri qattiq ota- ona ustidan ham ariza kelib tushmaydi, ichki ishlar organlari va mahallaning esa hodisani indamay kuzatishdan o‘zga chorasi qolmaydi.



31 O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksi.


32 www.ZiyoNet.uz
Bundan tashqari, faqat ayollarga nikoh tuzishga majburlashdan jabrlangan kishi sifatida qaraladi. Turmush o‘rtog‘ini tanlashi cheklanadigan yigitlarning huquqlarini qonun himoya qilmaydi.33
Shu munosabat bilan jismoniy kuch ishlatgan holda nikoh tuzishga majburlash jinoiy tartibda jazolanishini belgilash zarur. Boshqa barcha majburlash turlari uchun ma'muriy javobgarlik tayinlanmog‘i lozim. Bunda nafaqat jabrlanuvchining, balki boshqa shaxslarning arizasiga ko‘ra ham ma'muriy jazo belgilanishi kerak. Masalan, qo‘shnilar va mahalla oqsoqolining. Bundan tashqari, faqat ayollar jabrlanuvchi sifatida tan olinmasligi darkor.



  • Er-xotin va ularning qarindoshlari o‘rtasidagi mulkiy munosabatlar Er-xotin o‘rtasidagi mulkiy munosabatlar haqida so‘z yuritganda birgalikda orttirilgan mol-mulk va uning bo‘linishi tilga olinadi.34





33 O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksi.


34 O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksi.

Xulosa


O‘zbekistonda nikoh shartnomalari kam uchraydigan holat deb hisoblash noto‘g‘ri. Har gal an'anaviy milliy nikoh tuzish chog‘ida ikkala oila vakillari


«fotiha to‘yi» doirasida muayyan kelishuv tuzadilar. Biroq bu shartnomalar yuridik ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Sababi – nikoh shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi lozim (OKning 30-moddasiga qarang). Bunda Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada uning tuzilishi batafsil tartibga solinmagan, fuqarolar yig‘inlari oqsoqollari esa bunday shartnomalarni tasdiqlash huquqiga ega emas (Fuqarolik kodeksining 137- moddasi, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunning 15-moddasiga qarang). Shu sababli mazkur joy an'ana va udumlarini hisobga oluvchi namunaviy nikoh shartnomalarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq ko‘rinadi. Unda, aytaylik, nikohni bekor qilish tashabbusi bilan chiqqan tomon boshqa tomonning to‘y tantanalarini o‘tkazishga sarf-xarajatlarini qoplab berishi shartligini ko‘rsatish mumkin. Bu ba'zan tomonlar bir-birini ortiqcha xarajatga tushirishidan tiydiruvchi salmoqli omil bo‘lar edi.

Bundan tashqari, fuqarolar yig‘inlari oqsoqollariga bunday shartnomalarni tasdiqlash vakolatini berish zarur. Bunda an'analarga rioya etish maqsadida nafaqat nikohlanuvchilar, balki ularning nomidan – fuqarolar yig‘ini oqsoqoli tasdiqlagan ishonchnoma asosida ota-onalari va boshqa qarindoshlari bunday bitimlarni tuzish imkoniga ega bo‘lishiga ruxsat berish mumkin. Qonun chiqarish tashabbusi bilan chiquvchi sub’yektlar ko‘p masalalarni sinchiklab ko‘rib chiqishlariga to‘g‘ri keladi. Biroq bir narsa aniq – Oila kodeksini takomillashtirish vaqti keldi.



Download 486.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling