Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana28.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1012944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

Birinchi bosqich. Ikki tomonlama munosabatlarning bu bosqichi bevosita 
O’zbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida AQSH tomonidan O’zbekiston 
suverenitetining tan olinishidan boshlangan bo’lib, 1991-2001 yillarni o’z ichiga 
oladi. Bosqich amalda ikkitomonlama munosabatlar yuzaga kelib va shakllanib 
borgan O’zbekiston – AQSH munosabatlarini o’z ichiga olgan. Bu davr ikki davlat 
uchun ham bir-birini o’rganish davri bo’lib, 1991 yil 15 noyabrdagi AQSH 
delegatsiyasining O’zbekistonga birinchi norasmiy tashrifi bo’lib o’tdi. Mazkur 
delegatsiyaga Kolorado shtati va Delaver shtati gubernatorlari Roy Romer va 
Maykl Kasl boshchilik qilishdi. SHuningdek, ushbu delegatsiya tarkibida 
gubernatorlar g’arbiy Assotsiatsiyasi Bosh direktori Jeyms Soubi, “Konkard” 
firmasi prezidenti CHarlz Petersonlar ishtirok etishdi. Delegatsiya O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qabul qilinib, uchrashuv 
chog’ida ikkitomonlama iqtisodiy aloqalar rivojlanishining kutilayotgan 
istiqbollari muhokama qilindi.
O’zbekiston delegatsiyasi 1991 yil 20 noyabrь kuni rasmiy tashrif bilan 
AQSHda bo’lishdi. O’zbek delegatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Shahlo Mahmudova 
boshchiligida BMTning Nyu Yorkdagi shtab kvartirasida bo’lishdi. Delegatsiyani 
BMTning Bosh Kotibi Peres de Kuelyar qabul qildi. Muzokaralar davomida Orol 
dengizi ekologik muammolari muhokama qilindi. O’zbekiston tomoni bu 
mintaqaviy muammoni bartaraf etish maqsadida Toshkentda Orol va Kaspiy bilan 
chegaradosh davlatlar ishtirokida “EkoOrol” xalqaro ilmiy-maslahat markazini 


17 
hamda tabiiy muhit va daryo xavzalarini monitoring qilish boshqaruv tizimi 
tashkilotini barpo etish bo’yicha bir qator aniq takliflar kiritishdi.
1992 yil 19 fevralda AQSH davlat kotibi J.Beykerning Toshkentga rasmiy 
tashrifi va ikki davlat o’rtasida rasmiy diplomatik aloqalarning o’rnatilishi bilan 
boshlandi. Buning natijasida 1992 yil 16 mart kuni Toshkentda AQSH elchixonasi 
faoliyatini boshladi. 1992 yil 10 iyulida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov va 
AQSH Prezidenti Jorj Bushning norasmiy uchrashuvi Amerika tomoni tashabbusi 
bilan Xelsinkida bo’lgan xalqaro konferentsiyada uchrashib, davlatlararo 
hamkorlikni rivojlantirish istiqboli xususida fikr almashishdi. 1992 yil 24 
oktyabrda AQSHda “Ozodlikni himoya qilish to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. 
Bunga ko’ra, Markaziy Osiyo davlatlari bozor iqtisodiyoti asosidagi demokratik 
davlatlar hamjamiyatining potentsial a’zosi sifatida e’tibor beriladi. Bir vaqtning 
o’zida AQSH mamlakatning mustaqilligi va xavfsizligini mustahkamlashda 
sezilarli yordam ko’rsatmoqda. 2005 yilga qadar turli dasturlarni rivojlantirish 
uchun 448,3 mln dollar ajratilgan.
1
Mablag’ning katta miqdori 1993-1994 yillarda 
ajratilgan. Ajratilgan mablag’ning 144 mln dollar miqdori demokratik institutlar, 
xususan, sud tizimini isloh qilish, ommaviy axborot vositalariga yordam berish, 
jamoat tashkilotlarini qo’llab quvvatlashga sarflangan. SHundan, AQSH Davlat 
Departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan Eksport Nazorati va CHegara 
Xavfsizligi (EXBS) uchun 2000 yil apreldan 2004 yilga qadar umumiy qiymati 7 
mln dollardan ortiq bo’lgan harbiy jihozlar berilgan
2
.
1993 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov AQSH 
senatori Arlet Spektrni qabul qildi. Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatlararo 
va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash bo’yicha fikr almashishdi.
1993 yil 27 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh 
Kotibi Butros B.G’oli taklifiga binoan Bosh Assambleyaning 48- sessiyasida 
qatnashish uchun Nyu-Yorkda bo’ldi. Mazkur sessiyada ishtirok etuvchi davlat 
rahbarlar sharafiga qabul uyushtirdi. Qabul davomida AQSH Prezidenti Bill 
1
Давлат департаменти маълумотларига кўра США – www.usinfo.state.gov
2
Стратегик баҳо ва истиқболлар Маркази. http://www.csef.ru


18 
Klinton tashabbusiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 
bilan norasmiy o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazildi. 28 sentyabrь kuni ikki davlat 
rahbarlarining navbatdagi suhbati o’tkazildi.
1
1993 yil 26 oktyabrda Prezident Islom Karimov AQSHning maxsus 
topshiriq bo’yicha Elchisi Strob Talbott bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv 
davomida ikki tomon O’zbekiston - AQSH o’rtasidagi munosabatlarni 
chuqurlashtirishdan manfaatdorligini bildirishdi.
1994 yil 16 avgustda AQSH Kongressi Bosh preferentsiya tizimi bo’yicha 
benefitsiant maqomini berdi. 17 avgustda AQSH Prezidenti B.Klintonning 
Kongressda O’zbekiston Bosh preferentsiya tizimi tomonidan ruxsat etilgan 
tovarlarni AQSHga bojsiz kiritish huquqi taqdim etilgani haqida e’lon qilgan.
SHuningdek, 1994 yil 15 dekabrda Bosh vazir o’rinbosari O’.Sultonov 
boshchiligidagi O’zbekiston hukumati delegatsiyasi birinchi marotaba rasmiy 
tashrif bilan AQSHda bo’ldi. Davlat departamenti, savdo palatasi, moliya, qishloq 
xo’jaligi, savdo vazirligi va bir qator davlat tashkilotlarida suhbatlar o’tkazildi.
1995 yil 6 aprelda AQSH mudofaa vaziri V.Perrining boshchiligidagi 
harbiy delegatsiyasi birinchi marotaba Toshkentga tashrif buyurdi. O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mazkur delegatsiyani qabul qildi. Suhbat 
davomida O’zbekistonda demokratik islohotlar bilan aloqador masalalarni, AQSH 
va O’zbekiston harbiy-texnik sohadagi hamkorligi va mudofaa mintaqada tinchlik 
va barqarorlikni ta’minlash hamda O’zbekistonning NATO tomonidan ishlab 
chiqilgan “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturi doirasidagi ishtiroki muhokama 
qilindi. 1995 yil 15 avgustda O’zbekiston Qurolli kuchlarining maxsus vzvodi 
NATOning “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturi doirasida harbiy hamkorlik 
mashg’ulotlarini o’tkazish maqsadida Luiziana shtatida bo’lishdi. 1995-1996 yillar 
davomida O’zbekiston Qurolli Kuchlari bo’limi “Samorodok hamkorlik-95” 
Luiziana shtatida, “Kooperativ Osprey-96” SHimoliy Karolina shtatida, 
“Ultrabalans” Farg’onada o’tkazilgan tinchlikparvar kuchlarning 3 ta 
mashg’ulotida ishtirok etishdi.
1
Уммонлар ортида туташган йўллар//”Халқ сўзи”. 8 октябрь, 1993 йил


19 
1995 yil 22-24 oktyabrida Prezident I.Karimov BMT Bosh Kotibi B.G’oli 
taklifiga ko’ra Bosh Assambleyaning 50-sessiyada ishtirok etish uchun Nьyu-York 
bo’ldi. Tashrif davomida Prezident “T’e CHase Man’attan Bank” va “American 
International Group” AQSH ishbilarmon doira rahbarlari bilan uchrashdi. 
Uchrashuv chog’ida O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va “T’e 
Chase Man’attan Bank” o’rtasida kelishuv hamda O’zbekiston Respublikasi 
hukumati bilan “American International Group” o’rtasida “bir-birini tushunish 
to’g’risida” Memorandum imzolandi. 24 oktyabr kuni Prezident Islom Karimov 
boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi AQSH vitse-prezidenti Albert Gor bilan 
uchrashdi. Mazkur uchrashuvda ikkitomonlama munosabatlarni kengaytirish, sobiq 
Ittifoq hududidagi jarayonlarni rivojlanishi va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy 
xavfsizlik masalalarini muhokama qilishdi.
1996 yil 23-28 iyunida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 
Karimovning AQSHga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida AQSH 
Prezidenti B.Klinton, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori J.Doych, Davlat 
kotibi o’rinbosari Stroub Telbot, mudofaa vaziri V.Perri, energetika vaziri Xeyzel 
OoLiri, AQSH moliya vaziri R.Rubin hamda Kongress va AQSH biznes doiralari 
vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazdi. Mazkur uchrashuvlar mobaynida ikki davlat 
o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish 
va Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari 
bo’yicha fikr almashdi. Suhbat chog’ida Bill Klinton AQSH tomoni Markaziy 
Osiyoda yuqori o’rin egallagan O’zbekiston bilan aloqalarni kengaytirish tarafdori 
ekanligini ta’kidladi.
1
SHuningdek, Prezident Islom Karimov Oq uyda AQSH Milliy xavfsizlik 
Kengashi raisi E.Leyk bilan uchrashdi. Tashrif mobaynida AQSH Senati xalqaro 
munosabatlar qo’mitasi vakili hamda Kongress vakillar Palatasi xalqaro 
munosabatlar qo’mitasi vakillari bilan uchrashdi. SHu bilan birga, Prezident 
Tennesi shtati gubernatori D.Sinkvist bilan uchrashdi. Uchrashuv natijalariga 
1
Ислом Каримов ва Билл Клинтон учрашуви // «Халқ сўзи», 27 июнь 1996 йил.


20 
ko’ra, O’zbekiston hukumati va Tennesi shtati o’rtasida bir qator xujjatlar 
imzolandi.
1997 yil 10 iyunda o’zbek-amerika harbiylari birgalikda harbiy 
mashg’ulotlar o’tkazishdi. AQSH va O’zbekiston hududlarida “TSentrazbat-97” 
tinchlikparvar 
mashg’ulotlarini 
o’tkazish 
xalqaro 
harbiy 
hamkorlikni 
rivojlantirishning muhim bosqichlaridan biriga aylandi. Uning birinchi fazasi 
ko’rilmagan qo’nmaydigan uchish opreativ-taktik hamkorlik guruhlari AQSH 
armiyasi diviziyasining 82-havo-desant batalьoni va TSentrazbat ko’chma vzvodi 
tarkibida boshlandi. SHu yilning o’zida o’zbek harbiylari “Kooperativ Nagget-97” 
AQSHning Luiziana shtatida, “Kooperativ Banere-97” Norvegiyada va 
“Ultrabalans-97” Farg’onada o’tkazilgan mashg’ulotlarda ishtirok etishdi.
1
Shuningdek, 1997-2000 yillarda O’zbekistonda bir qator AQSH rasmiy 
vakillari, shu jumladan, AQSH Davlat kotibining Janubiy-SHarqiy Osiyo bo’yicha 
o’rinbosari Robin Linn Rafelь, kongressmen va senatorlar B.Archer, V.Filip, 
J.Makkeyn III, F.Gremm, AQSHning BMTdagi doimiy vakili B.Richardson va 
AQSH Prezidenti rafiqasi X.Klinton, J.Solomonlar 1997 yilda, 1998 yilda vakillar 
Palatasining assignatsiya bo’yicha qo’mitasi raisi Robert Livingst boshchiligidagi 
AQSH Kongressi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida AQSH 
mudofaa vazirining o’rinbosari Sandra Styuart va Mudofaa vazirligining vakili 
CHarlz Xorner O’zbekistonga kelishdi. Tashrif doirasida iqtisodiyot va xavfsizlik 
sohalaridagi ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 1998 
yilning 2 oktyabrida AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy Qo’mondonligi Bosh 
Qo’mondoni A.Zinni O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov qabulida bo’ldi. 30 
oktyabrь va 4 noyabrlarda AQSH Prezidentning maxsus maslahatchisi va MDH 
davlatlariga yordam ko’rsatish bo’yicha AQSH davlat kotibi V.Teylor va MDH 
davlatlari bo’yicha AQSH davlat kotibining maxsus maslahatchisi Stiven 
Sestanovich boshchiligida davlat departamenti delegatsiyasi O’zbekistonga tashrif 
buyurdi. Bundan tashqari, AQSH mudofaa vaziri o’rinbosari T.Vorner 
1
НАТО: «Партнерство ради мира»//http://pips/revues.org/3785.


21 
boshchiligida harbiy mutaxassislar guruhi, senator S.Braunbek, 1998 yil 12 
noyabrda R.SHelbi boshchiligida Senat delegatsiyasi tashrif buyurishdi.
1999 yil 23-25 aprelь kunlari Prezident Islom Karimov Amerikaga tashrif 
buyurdi. Tashrif mobaynida AQSH senatorlari guruhi bilan O’rta Osiyo va Kavkaz 
davlat rahbarlari uchrashuvida ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Senat tomonidan 
qabul qilinadigan “Buyuk ipak yo’li” to’g’risidagi Qonun bo’yicha fikr 
almashishdi. Shuningdek, O’zbekiston Prezidenti Davlat kotibi M.Olbrayt bilan 
uchrashib, suhbat davomida O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi hamkorlik xolati, 
ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy o’zaro munosabatlar darajasini ko’tarish 
hamda Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik muammolari bilan aloqador 
masalalarni muhokama etishdi. 1999 yil 15 may Kongressi AQSHning Markaziy 
Osiyodagi geostrategik muhim va iqtisodiy manfaatlari “Ipak yo’li” strategiyasi 
to’g’risida Qonun qabul qiladi. Kongress AQSH ning harbiy usullar mintaqada 
islom radikalizmiga qarshi harakatlanish istagini yana bir bor ta’kidladi.
1
AQSH 
tomonining Markaziy Osiyo davlatlari bilan antiterroristik operatsiyalar o’tkazish 
bo’yicha hamkorligi 1999 yil yozida Qirg’izistonda O’zbekiston Islom harakati 
bostirib kirishidan keyin kengaytirilgan.
2000 yil 29 martda MRB direktori J.Tenet, 8 aprelda FQB direktori Luis 
Fri tashrif bilan O’zbekistonda bo’ldi. Tashrif davomida mintaqaviy xavfsizlik 
muammolari bo’yicha va kelgusida O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi hamkorlikni 
kengaytirish bo’yicha fikr almashishdi.
O’zbekiston-AQSH hamkorligida muhim o’rin tutgan uchrashuvlardan biri 
sifatida AQSH Davlat kotibi Madlen Olbraytning rasmiy tashrifi alohida ahamiyat 
kasb etdi. O’zbekiston va AQSH tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Abdulaziz 
Komilov va Madlen Olbrayt sherikchilik masalalarini, davlatlararo siyosiy, 
iqtisodiy va madaniy hamkorlikni muhokama qilishdi. Uning fikriga ko’ra, “... bu 
tashrif AQSHning muhim siyosiy manfaatlarini o’zida aks ettiradi. AQSH 
bozorining rivojlanishi dunyoning turli bozorlariga, xususan, O’zbekiston bilan 
savdo, investitsiya, energetika masalalari bo’yicha hamkorlikni bog’liq. Bundan 
1
The U.S. Silk Road Strategy: American Geostrategy for Central Asia. ARES. No 50. January 2003 year.


22 
tashqari, AQSH va O’zbekiston xavfsizlik sohasida, asosan, terrorizm, qurol 
savdosi, ekstremizm va narkobiznesga qarshi kurashda faol harakat qilmoqda.”
1
SHu bilan bir qatorda, 2000 yil 18 aprelь kuni Islom Karimov bilan 
M.Olbrayt AQSHning Afg’oniston chegarasida xavfsizlikni mustahkamlash uchun 
yordamini kuchaytirishi to’g’risida ma’lumot bergan.
Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning birinchi bosqichi birinchi davri 
uchun 
yuqorida 
ko’rsatib o’tilgan o’zaro hamkorlik va aloqalarni 
mustahkamlashga doir tashriflar va uchrashuvlar bilan xarakterlanadi. Bu davrning 
o’ziga xos xususiyat sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, eng avvalo, AQSH 
O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlashda birlamchi 
davlat ekanligini tushunib yetdi. SHu sababdan AQSH O’zbekiston bilan 
hamkorlikda birinchi navbatda mintaqada xavfsizlikni ta’minlashga e’tiborni 
qaratdi. Shuningdek, O’zbekiston uchun “O’zbekiston Islom harakati” ekstremistik 
tashkilotining Qirg’izistonga bostirib kirishi va mazkur tashkilotning terroristik 
faoliyatini davlatimiz milliy xavfsizligiga tahdidlarni, Afg’onistonda “Tolibon” 
harakatini xokimiyatga kelishi bilan yuzaga kelgan mintaqaviy tahdidlarni bartaraf 
etishda AQSH bilan harbiy-siyosiy hamkorlik muhim o’rin tutdi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling