Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana28.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1012944
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

To’rtinchi bosqich: Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida 
27.10.2009 yil YeI 27 davlati tashqi ishlar vazirlari ishtirokida Lyuksemburgda 
2005 yil Andijon voqealaridan keyin Yevropa Ittifoqi bilan O’zbekiston 
munosabatlarida qo’llanilgan sanktsiyalarning bekor qilinganligi 
muhim 
omillardan biri bo’ldi. YeI tomonidan qurol-yarog’ va harbiy texnika kiritishga 
cheklash va 12 yuqori mansabdagi shaxslarning Yevropa Ittifoqiga kirishi 
ta’qiqlangan edi. SHuningdek, O’zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni qayta tiklash 
to’g’risida e’lon qilindi. O’zbekistonga nisbatan qo’llanilgan sanktsiyalar (12 
yuqori mansabdagi shaxslarning YI ga kirishi ta’qiqlanishi, qurol-yarog’ savdosi, 
iqtisodiy cheklovlar) 4 yilga qadar saqlab turildi. 2008 yil oktyabrь oyida inson 
1
Внешняя_политика_Узбекистана http://ru.wikipedia.org/wiki/


35 
huquqlari bo’yicha cheklov choralari rad etilgan. Ekspertlar fikriga ko’ra, 
Yevroittifoq tomonidan O’zbekistonga nisbatan sanktsiyalar boshidan qo’llanilishi 
xato bo’lgan. Xususan, siyosatshunos va ilmiy xodim Zurab Todua fikriga ko’ra, 
qaror Andijonda bo’lib o’tgan voqealarga berilgan noto’g’ri baholarga asoslangan 
xolda chiqarilgan.
2009 yil Barak Obama AQSH Prezidentligiga saylangandan keyin Markaziy 
Osiyo Buyuk Ipak yo’lini qayta tiklashdagi uzoq muddatli Vashington rejalarini 
amalga oshirishda “hayotiy muhim ahamiyat”ga ega deb e’lon qildi. Mazkur 
mintaqaning konflikt xolatini bashorat qilib, AQSH mintaqa xavfsizligini 
ta’minlashni kafolatlaydi va Markaziy Osiyoda o’zining harbiy-siyosiy ishtirokini 
kengaytiradi. Bu munosabatlarda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, harbiy 
infrastruktura va barcha imkoniyatlarga ega bo’lgan geostartegik joylashuvi va 
amaldagi transport-kommunikatsion va energetik tizimlari nuqtai-nazaridan 
O’zbekistonning Markaziy Osiyodagi Amerika siyosatida ahamiyati ortib boradi.
Bu borada, 2010 yil 11 yanvarda O’zbekiston Respublikasi va AQSH 
o’rtasidagi 
hamkorlikni 
mustahkamlash 
bo’yicha 
faoliyat 
rejasining 
tasdiqlanganligini ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishidagi muhim 
sabablardan biri sifatida ko’rsatib o’tish mumkin. Mazkur faoliyat rejasi 5 ta asosiy 
yo’nalish bo’yicha: siyosiy sohada, xavfsizlik sohasida, iqtisodiyot va rivojlanish 
sohasida, gumanitar sohada hamda Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni 
ta’minlash sohasida hamkorlikni rivojlanishi ko’rib chiqilmoqda.
Ushbu bosqichda davlatlararo munosabatlar siyosiy sohada rivojlana 
boshladi. 2009 yil 17-18 dekabr kunlari Vashingtonda O’zbekiston–AQSH 
maslahat kengashi o’tkazilib, maslahatlashuvlar natijalariga ko’ra, 2010 yil 11 
yanvar kuni “Ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash bo’yicha chora-
tadbirlarni amalga oshirish harakat rejasi” imzolandi. Rejaga asosan ikki davlat 
munosabatlari yanada rivojlanib, AQSH hukumati rasmiy vakillari O’zbekistonga 
tashrif buyurdilar. Jumladan, 2010 yilda AQSHning Afg’oniston va Pokistondagi 
maxsus vakili R.Xolbruk (fevral), Amerika markaziy qo’mondonligi generali 
D.Petreusni (aprel), AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo 


36 
masalalari bo’yicha yordamchisi R.Bleyk (iyun), AQSH davlat kotibining birinchi 
o’rinbosari J.Staynberg (iyul), demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari 
bo’yicha M.Pozner, Aholi, qochoqlar va migratsiya masalalari bo’yicha 
yordamchisi E.SHvarts, shuningdek, okean, atrof-muhit va fan bo’yicha 
yordamchisi K. Jons, NATO Bosh kotibining Markaziy Osiyo mamlakatlari va 
Kavkaz bo’yicha maxsus vakili R.Simmons (oktyabr), AQSH Markaziy 
qo’mondonligi boshlig’i (MARKAZKOM) general J.Mettis (noyabr), AQSH 
davlat kotibi X.Klinton (dekabr) davlat rasmiy tashrifi bilan O’zbekiston 
Respublikasida bo’lishdi. 2009 yilning noyabr oyida Vakillar palatasining mintaqa 
muammolari bilan shug’ullanishi rejalashtirilgan quyi palata a’zolarining norasmiy 
- Markaziy Osiyo bo’yicha uyushmasining tashkil etilishi diqqatga sazovordir. 
So’nggi yillardagi muhim xodisalardan asosiylari sifatida 2010 yil aprelь oyida va 
2011 yil iyunь oyida AQSH milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi o’rinbosari 
D.Makdona, senator L.Grexem va AQSHning Afg’oniston va Pokiston bo’yicha 
maxsus vakili M.Grossmanlarning O’zbekistonga shaxsiy tashriflarini qayd etish 
mumkin.
2009 yil dekabr oyida Vashingtonda o’tkazilgan o’zbek-amerika siyosiy 
maslahati birinchi bosqichi ikki davlat orasidagi siyosiy muloqotlarning 
institutlashtirilganidan dalolat bermoqda. Siyosiy maslahatlashuvning ikkinchi 
bosqichi 2011 yil fevral oyida Toshkent shahrida o’tkazildi. Ta’kidlash joizki, ikki 
davlat orasidagi hukumatlararo aloqalar mustahkamlana boshlandi. Xususan, 
AQSH Kongressi bilan amaliy suhbat belgilandi. Siyosiy maslahatlashuvning 
uchinchi bosqichi 2012 yilning 15-17 avgust kunlari Toshkent shahrida bo’lib 
o’tdi.
Shuningdek, 2013 yil 19 fevralь kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Islom Karimov Oqsaroyda AQSH Kongressi Vakillar palatasining Yevropa va 
Yevroosiyo bo’yicha quyi qo’mitasi raisi Deyna Rorabaxer hamda kongressmenlar 
Pol Kuk, Ted Po va Brayan Xigginsdan iborat delegatsiyani qabul qildi
1
. Ikki 
davlat o’rtasidagi munosabatlarni rivojlanishida 2013 yil 11-13 mart kunlari 
1
Оқсаройда қабул. // “Халқ сўзи” 2013й. 20 февраль. № 354


37 
O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri A. Komilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy 
tashrif bilan AQSHda bo’lishi muhim ahamiyat kasb etdi. Vashingtonda Tashqi 
ishlar vaziri davlat kotibi J.Kerri bilan uchrashib, suhbat chog’ida o’zbek-amerika 
munosabatlarini hozirgi xolati va istiqboli, xalqaro va mintaqaviy muammolar 
muhokama qilindi. Bundan tashqari, 2012 yilning 27 - 28 sentyabr kunlari 
A.Komilov AQSHga BMTning Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida ishtirok 
etish uchun tashrif bilan bo’lib, AQSHdavlat kotibining birinchi o’rinbosari V. 
Berns bilan uchrashgan edi
1
.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joriy yilning 24 aprel 
kuni Oqsaroy qarorgohida AQSH Davlaat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo 
bo’yicha yordamchisi R.Bleykni qabul qildi. Suhbat davomida tomonlar xalqaro 
siyosat va mintaqaviy dolzarb muammolar, xususan, Afg’onistondagi bugungi 
vaziyat haqida fikr almashishdi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Tashqi 
ishlar vaziri A.Komilov AQSH Davlat kotibining yordamchisi R.Bleyk bilan 
uchrashdi. Tomonlar o’zbek-amerika munosabatlarining dolzarb jihatlari, xalqaro 
va mintaqaviy muammolar bo’yicha fikr almashishdi.
2
SHu bilan birga, 
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirlida AQSH savdo vaziri o’rinbosari 
M.Myurrey bilan uchrashuv o’tkazilganligi haqida O’zbekiston Respublikasi TIV 
axborot xizmati xabar bergan. Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy va 
investitsiyaviy sohalardagi hamkorlik masalalari bo’yicha fikr almashindi.
3
Umuman, O’zbekiston – AQSH munosabatlari 22 yil davomida turli siyosiy 
jarayonlar va manfaatlarning doimiy o’zgarib borishi natijasida turli bosqichlarga 
bo’lindi. Shu bilan bir qatorda, AQSH hukumati O’zbekistonning Markaziy Osiyo 
mintaqasida strategik jihatdan eng muhim davlat ekanligini inobatga olgan xolda, 
mavjud muammolarga qaramay, O’zbekiston bilan harbiy – siyosiy hamkorlikni 
rivojlantirishi va mavjud me’yoriy huquqiy xujjatlar asosida hamkorlikni amalga 
oshiradi. 
1
Ministr_inostrannykh_del_uzbekistana_posetit_ssha http://www.aloqada.com/News/2013/03/09/
2
Vstrecha_s_pomoshnikom_gossekretarya_ssha_23.mgr http://www.jahonnews.uz/rus/rubriki/politika/
3
Узбекистан и США обсудили развитие торгово-экономических двусторонних отношений
http://novoteka.ru/sevent/6750762


38 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling