Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana28.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1012944
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

Uchinchi bosqich: O’zbekiston – AQSH munosabatlarida yangi bosqich 
2005 yilning 13 mayida yuz bergan Andijon voqealaridan so’ng yuzaga keldi. 
Aynan Andijon voqealarida AQSHda faoliyat yurituvchi va AQSH tomonidan 
moliyalashtirilayotgan bir qator nodavlat va notijorat tashkilotlarning bevosita va 
bilvosita ishtirok etgani aniqlangan. Shu bilan bir qatorda AQSHning Andijon 
voqealariga nisbatan ikkiyoqlama siyosati ham ikki davlat munosabatlarida og’ir 
oqibatlarga olib kela boshladi. Jumladan, 18 mayda Oq Uy matbuot – kotibi Skott 
Maklenann bergan rasmiy bayonotida O’zbekistonda yuz bergan voqealar 
davlatning ichki ishi ekanligi va xech qaysi davlatning O’zbekistonning ichki 
ishlariga aralashishiga haqli emasligini ta’kidlagan bir vaqtda,
1
29 may kuni AQSH 
senatorlari J.Makkeyn, J.Sununu va L.Grexemlar hech kimning taklifisiz 
O’zbekistonda tekshiruvlar olib borish maqsadida Toshkentga tashrif buyurdilar. 
Bu esa ikki davlat o’rtasida tuzilgan shartnomalarga zid bo’lish bilan bir qatorda, 
mustaqil davlatning ichki ishlariga qo’pol tarzda aralashuv akti edi.
2
Huddi 
shunday populistik siyosatining davomi sifatida J.Makkeyn 2006 yil may oyida 
kongresmen K.Smit bilan birgalikda AQSH Kongressiga O’zbekistonga qarshi 
1
Press Briefing by Scott McClellan. http://www.whiteHouse.gov/news/releases /2005/05/20050518-1.html#d. 
18.05.2005.
2
U.S. senators visit Uzbekistan. http://www.usembassy.uz/home/index.aspx?&mid=429&overview=1200.


28 
sanktsiya nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etdilar.
1
Ushbu qonun loyihasi 
O’zbekistonga nisbatan bir qator jazo choralari – moliyaviy ko’makni keskin 
qisqartirish, O’zbekistonga qurol – yarog’ eksportini ta’qiqlash, O’zbekiston 
Respublikasi bir guruh rasmiy vakillarining AQSHga kelishini ta’qiqlash kabilarni 
nazarda tutgan edi. Konressda ushbu loyihani ko’rib chiqish bo’yicha tashkil 
qilingan yig’ilishda ushbu qonun loyihasi ma’qullanmadi.
Bu xususda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 
quyidagicha fikr bildirgan: - Ushbu aktsiyani amalga oshirishni ta’minlagan 
kuchlar, o’zlarining loyihalari ochilib qolishidan qo’rqqan xolda, o’zlarining qora 
niyatlari ochilib qolishidan va xalqaro OAV sahifalarida paydo bo’lishining oldini 
olish 
maqsadida 
tezroq 
harakat 
qilmoqchilar. 
Aynan 
shu 
masaladan 
qo’rqayotganlar “mustaqil tekshiruvlar”ning olib borilishini tinmasdan talab 
qilmoqdalar
2
.
Jumladan, AQSH kongressmenlari B.Delexant va L.Doggetlar O’zbekiston 
rasmiy vakillarini jinoiy javobgarlikka tortish bo’yicha tashabbusi bo’yicha ishlab 
chiqilgan qonun loyixasi Kongress tomonidan keskin rad etildi.
3
Shu bilan bir 
qatorda, Senat qoshidagi S.Braunbek boshchiligidagi Xelьsinki Qo’mitasi 
tomonidan 2005 yilning 19 may va 13
iyulь kuni olib borilgan majlislarga Andijon voqealarining tashkil qilishda asosiy 
gumondorlardan biri bo’lgan Q.Parpiev, O’zbekiston konstitutsion tizimiga qarshi 
bir qator qo’poruvchilik aktlarini tashkil qilishda aybdor deb topilgan M.Solih va 
“Birlik” harakati yetakchisi A.Po’latlar taklif qilingan bir vaqtda, O’zbekistonning 
rasmiy vakillaridan xech kimning taklif qilinmaganligi, bu yig’ilishlarning qaysi 
maqsadlarda tashkil qilinganligini ko’rsatib turadi.
“Andijon voqealari” yuzasidan 10 iyunь kuni O’zbekiston Respublikasi 
Tashqi Ishlar Vazirligi O’zbekistondan akkreditatsiyadan o’tgan BMT va YeHHT 
vakolatxonalari va barcha elchixonalar vakillarini mustaqil tekshiruv olib borishga 
1
Possible US Sanctions on Uzbekistan. http://www.registan.net/index.php/2006/05/09/us-sanctions-on-uzbekistan.
2
Каримов И. Ўзбек халқи хеч қачон хеч кимга қарам бўлмайди. 13 – жилд. Т.: “Ўзбекистон”, 2005. – Б. 17
3
Гафарли М. США “дозрели” до санкций против узбекских властей // Новые известия, 15.05.2006. 


29 
taklif qilgan
1
bir vaqtda, mustaqil tekshiruv olib borishni talab qilayotgan AQSH 
va Yevropa Ittifoqi bu taklifni rad qildilar.
O’z navbatida, “Andijon voqealari” ishtirokchilari bo’lgan va 
Qirg’izistonga o’tib ketgan 439 O’zbekiston fuqarolariga AQSH Mudofaa vaziri 
D.Ramsfelьdning Qirg’izistonga 2005 yil 6–8 avgust kunlari qilgan tashrifi 
mobaynida siyosiy qochoq maqomini berish taklifi bilan BMT qochoqlar 
masalalari bo’yicha komissariati tomonidan qo’llab – quvvatlanib, ular 
Qirg’izistondan Ruminiya, Kanada va AQSH hududlariga ko’chirib olib ketishlari 
O’zbekiston tomonidan qattiq norozilikni keltirib chiqardi. Chunki ularning 
orasida “Andijon voqealari”da faol ishtirok etganlar va Andijon qamoqxonasidan 
qochib ketgan jinoyatchilarning ham mavjudligi aniqlangan.
2005 yil 10 iyunda rasmiy Toshkent tomonidan BMT, YeHXT kabi 
tashkilotlar va bir qator davlatlar vakillari ishtirokida Andijon voqealari bo’yicha 
xalqaro tekshiruvlar o’tkazilgan vaqtda, AQSH davlati o’z vakillarini tekshiruvda 
ishtirok etishga yubormaslik bilan bir qatorda, 26 iyunda AQSH davlat kotibi 
K.Rays O’zbekistonda xalqaro tekshiruv o’tkazish lozimligi haqida murojaat bilan 
chiqdi. AQSH O’zbekiston hukumatidan Andijon voqealari bo’yicha mustaqil 
taftish o’tkazishni talab qildi. 2005 yilning 5-6 iyulida Shanxay Hamkorlik 
Tashkiloti sammitida AQSHga O’zbekiston va Qirg’izistonda Amerika 
qo’shinlarini kelgusidagi faoliyatini maqsadga muvofiqligi masalalarini ko’rib 
chiqish to’g’risida deklaratsiya qabul qilindi. Mazkur deklaratsiyadan keyin 
O’zbekiston hukumati amerikaliklar 1,5 yil davomida bazani tark etishini ma’lum 
qildi.
2
Ushbu Memorandumdan kelib chiqqan holda va Qarshi-Xonobod 
aerodromining atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatayotgani sababli O’zbekiston 
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 29 iyulь kuni AQSH Davlat Departamentiga 
rasmiy nota yubordi. Ushbu notada AQSH xukumati 180 kun mobaynida o’z 
1
Press-Release of the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan. www.mfa.uz. 10.06.2005.
2
Внешняя_политика_Узбекистана http://ru.wikipedia.org/wiki/ 


30 
harbiy kontingentini O’zbekiston hududidan olib chiqib ketishi lozimligi 
ko’rsatilgan. Bunga asos sifatida 2001 yilda imzolangan “Harbiy kuchlar statusi 
shartnomasi” (Status of Forces Agreement (SOFA)) da shartnomalashayotgan 
tomonlardan biri ushbu shartnomani bekor qilinishini istasa, qarshi tarafni 180 kun 
oldin ogohlantirishi lozimligi ko’rsatilgan edi. SHuningdek, Afg’onistonda faol 
harbiy harakatlar bosqichining tugaganligi to’g’risidagi NATO tomonidan 
chiqarilgan rasmiy e’lonning mavjudligi hamda AQSH harbiy kuchlari Qarshi – 
Xonoboddan foydalanganliklari uchun Manas aerodromidan foydalanishdan farqli 
ravishda ijara pulini to’lamaganliklari, AQSH tarafi bu uchun asos sifatida Manas 
aerodromidan foydalanish uchun tijorat shartnomasi imzolanganligi, Qarshi – 
Xonobod aviabazasidan foydalanish bo’yicha esa xukumatlararo rasmiy shartnoma 
imzolanganligini shartnomani bekor qilish uchun yetarli asos bo’ldi. Ammo, ikki 
tomonlama shartnomada esa aviabazani ta’mirlash va modernizatsiya qilishni 
moliyalashtirishi lozim edi.
Xususan, 2005 yil 5 oktyabrda AQSH Senati 2006 moliyaviy yil mobaynida 
O’zbekistonning Qarshi-Xonobod bazasidan 2003 yil yanvardan 2005 yil martiga 
qadar foydalanganligi uchun 23 mln dollar miqdoridagi qarzini to’lashni rad etish 
popravkasini tasdiqladi.
2005 yil oktyabrida AQSH davlat kotibi Kondoliza Rays Qirg’izistonga tashrif 
buyurib, Prezident Q.Bakiev bilan, Amerika kontingentini O’zbekistondan 
Qirg’izistonning Manas aviabazasiga olib o’tish to’g’risida kelishishdi
1
. Mazkur 
sabablarga ko’ra, O’zbekistonda 2001 yil 21 noyabrda AQSH harbiy kontingentini 
“Xonobod” aviabazasidagi faoliyati tugatildi. SHu sababdan ham 2005 yil 21 
noyabrida AQSH harbiy kontingenti O’zbekistondan butunlay olib chiqib ketildi
2
.
Amerika NNTlari faoliyati ikki davlat munosabatlariga salbiy ta’sir 
ko’rsatib, 2006 yil 7 avgustda Toshkent shahar sudi tomonidan Amerika «Winrock 
International» nohukumat tashkilotining 2 xodimi noqonuniy nashriyot faoliyatida 
1
Внешняя_политика_Узбекистана http://ru.wikipedia.org/wiki/
2
Jones, Elizabeth. “Oil, Democracy, and Militant Islam in Central Asia.” // Remarks at Title VI Undergraduate 
International Studies and Foreign Language conference on “Central Asia: Its Geopolitical Significance and Future 
Impact,” University of Montana, Missoula, 2006.


31 
ayblanib, jinoiy ish qo’zg’atildi. 1994 yildan respublikada faoliyat yuritayotgan 
mazkur tashkilotning bo’linmasi 2006 yilning iyulь oyi oxirida “hukumat 
nizomlarida qayd qilingan vazifalarga faoliyatining nomuvofiqligi” uchun 
tugatilgan. Nizomga asosan, tashkilot dehqonlarga yordam ko’rsatishi kerak 
bo’lgan, biroq bundan tashqari mahalliy nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikda 
o’zbek ayollarining huquqiy savodxonligini oshirishga yo’naltirilgan faoliyat bilan 
shug’ullangan.
Bundan avval, O’zbekiston hukumati tomonidan tadqiqot va almashinuv 
bo’yicha Xalqaro kengash (IREX) va mustaqil OAVni qo’llab-quvvatlash bo’yicha 
xayriya tashkiloti “Internews Network”, Amerika fondi bo’linmasi “Eurasia 
Foundation”, huquqni muxofaza qiluvchi tashkilot Freedom ‘ouse (o’z faoliyatini 
2008 yil, martidan qayta tikladi), “Global Involvement T’roug’ Education” 
vakilligi, “Counterpart International” va “Central Asian Free Exchange” 
“Partnership in Academics and Development” (PAD), “Crosslink Development 
International”, “Ochiq jamiyat Instituti”, “Soros Fondi”, ABA/CEELI – Amerika 
yuristlar assotsiatsiyasi, ACCELS, Urban Institute, Winrock International, Peace 
Corps
1
kabi AQSHning 16 ta nohukumat tashkilotlarining faoliyati tugatilgan edi. 
“‘uman Rig’ts Watch” yopiq mahalliy vakilliklarga tahdid soladi.
2
O’z navbatida yuqoridagi NNTlar tomonidan O’zbekistonga nisbatan salbiy 
munosabat natijasida Senat qoshida faoliyat yurituvchi Xelsinki Qo’mitasi (raisi – 
senator S.Braunbek) O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlar Xelьsinki Paktida
3
ko’rsatilgan bandlar – xavfsizlik, iqtisodiyot va inson huquqlari masalasida 
O’zbekiston Respublikasi yetarli muvaffaqiyatga erisha olmaganligi sababli, Senat 
Assignatsiyalar Qo’mitasi tomonidan O’zbekistonga ajratiladigan moliyaviy 
ko’mak miqdorini keskin kamaytirish taklifi bilan chiqdi.
Shu bilan birga, 2008 yilda O’zbekiston va AQSH munosabatlarida bolalar 
mehnati bo’yicha nizoli vaziyat yuzaga keldi, unga ko’ra AQSHning 
1
Узбекистан закрывает американских НПО, действовавших против государства. www.rss-feed.ru.
2
Внешняя_политика_Узбекистана http://ru.wikipedia.org/wiki/ 
3
Хельсинки Пакти 1975 йил ва 1992 йилларда имзоланган бўлиб, ЕҲХТнинг фаолият юритишини қонуний 
асоси бўлади ва Халқаро ҳуқуқ тамойилларига янги тамойилларни киритган.


32 
O’zbekistondan paxta import qiluvchi to’rt kompaniyasi O’zbekistonda bolalar 
mexnati evaziga yetishtirilgan paxtani sotib olmaslikni talab qila boshladilar. 
Vaholanki, O’zbekiston Xalqaro Mehnat Tashkiloti konventsiyasining “minimal 
mehnat yoshi” haqidagi 138 – moddasi va “bolalar mehnatining eng yomon 
holatlarini ta’qiqlash” to’g’risidagi 182 – moddalarini 2008 yilda ratifikatsiya 
qilgan bo’lib, ular bunga ham e’tibor bermadilar. 2008 yilga qadar xalqaro paxta 
bozorida muammo bo’lmagan bolalar mexnatidan foydalanish masalasi, aynan 
2005 yilda O’zbekiston Liverpul birjasini tark etib, Toshkent birjasini tuzganidan 
so’ng ko’tarilgani ko’pgina ekspertlar tomonidan AQSH va Buyuk Britaniya 
sanoat – iqtisodiy doiralarining O’zbekiston imidjini tushirishga bo’lgan intilish 
sifatida baholadilar
1
.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to’g’risidagi Qonun”ga zid ravishda bir qator diniy – missionerlik 
tashkilotlari O’zbekistonda faoliyat olib borganligi aniqlangan. Ular asosan 
prozelitizm bilan shug’ullanib, boshqa dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolarni o’z 
dinlariga o’tishga targ’ib qilishlarining O’zbekiston huquqni himoya qiluvchi 
organlari tomonidan oldi olinayotganligi AQSH Davlat Departamenti tomonidan 
2006 yil ishlab chiqilgan O’zbekistondagi “din erkinligi bo’yicha yillik dokladida” 
diniy erkinliklar eng ko’p buzilayotgan davlatlar qatoriga kiritilishi natijasida 
O’zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan AQSH Davlat 
Departamentiga 
norozilik 
notasi 
yuborildi. 
Jumladan, 
notada 
AQSH 
O’zbekistonning ichki ishlariga aralashayotganligi va ikkiyoqlama standartlarni 
amalga oshirayotganliklari va davlat siyosatida diniy bag’rikenglik va tolerantlik 
masalalari doimo eng asosiy yo’nalishlardan bo’lib kelgani ko’rsatib o’tilgan
2
.
O’z navbatida, AQSH rasmiy doiralarida Norvegiyada faoliyat yurituvchi 
“Forum - 18” NNTning doimiy ravishda O’zbekistondagi diniy vaziyat yuzasidan 
tendentsioz ruhda tayyorlayotgan turli doklad va maqolalar yuzasidan bir qancha 
salbiy tassavurlar yuzaga kelgani achinarli holatdir. Jumladan, O’zbekistonda 
1
Озод М., Нордонов К., Жани Ф.. Принудительный детский труд в Узбекистане: Власти пошли на диалог. // 
Новости Центральной Азии. 28.08.2008.
2
Симонян Ю. Ташкент ответил Госдепартаменту США. // Независимая Газета, 29.11.2006.


33 
“Iegova shohidlari” protestantlik shohidlarining missionerlik harakati yuzasidan 
boshlangan sud jarayoni, “Forum - 18” da umuman boshqacha talqin qilinishi 
oqibatida 2008 yil kuzida AQSH Davlat Departamenti matbuot – kotibi 
SH.Makkormak tomonidan O’zbekistonda doimiy ravishda diniy erkinlik 
buzilayotgani to’g’risida rasmiy e’lon berishiga olib keldi. Ammo, keyinchalik 
“Forum – 18” tomonidan e’lon qilingan bu ahborotning yolg’onligi aniqlangan.
Ammo shunga qaramay, hozirgi kunda ham ikki davlat o’rtasida din 
erkinligi masalalarida bir qator nizoli vaziyatlar mavjud. SHu jumladan, 
O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan “Iegova shohidlari”, “Injilni o’rganish 
jamiyati”, “Ettinchi kun shohidlari” “Baxoiylar jamiyati”larining qonunga zid 
xarakat qilganliklari sababli ish faoliyatlarining ma’lum ma’noda chegaralanishi va 
O’zbekistonning bosh ravvini David Gurevich O’zbekistondan chiqarib 
yuborilgan.
2005-2006 yillarda ikki tomonlama munosabatlarda nisbatan sovuqchilik 
tushgan bo’lsada, baribir ikki davlat uchun ham transmilliy tahdidlar - xalqaro 
terrorizm, ommaviy qirg’in qurollari (OQQ) tarqalishi, noqonuniy narkotik 
savdosi, uyushgan jinoyatchilik kabilarga qarshi kurashda hamkorlikni davom 
ettirdilar. SHu bilan birga, bir qator AQSH rasmiy doiralari vakillari 
O’zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo’ldilar. Jumladan, 2005 yil sentyabrь oyida 
AQSH davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo ishlari bo’yicha yordamchisi 
D.Frid tashrif buyurdi.ikki davlat o’rtasidagi harbiy sohadagi munosabatlarni 
tiklanishida 2006 yil 8 avgustda davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo 
bo’yicha o’rinbosari R.Baucherning O’zbekistonga tashrifi katta ahamiyat kasb 
etadi. U O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan suhbatlashib, 
uchrashuv yakunida: “Albatta, bizning inson huquqlari masalalari bo’yicha yoki 
Andijonda bo’lib o’tgan voqealar bo’yicha qarashlarimiz farq qilishi mumkin. 
Lekin men o’ylaymanki, shunga qaramasdan, biz kelgusi hamkorligimiz uchun 
asos yaratishimiz va hamkorligimiz doirasida boshqa masalalarni... ham 
muhokama qilishimiz mumkin. Biz juda yaxshi eslaymiz, O’zbekiston qo’shni 
davlatlar Rossiya, Xitoy, Yevropa mamlakatlari va boshqalar... bilan o’z 


34 
munosabatlarini tutib turadi. Umid qilamizki, biz O’zbekistonning boshqa 
imkoniyatlar yoki boshqa tanlov topishida yordam ko’rsata olamiz”
1
o’z fikrini 
ma’lum qilgan.
SHuningdek, 2007 yil 24 yanvarda SENTKOM qo’mondoni admiral 
V.Fellon, 2007 yil 28 fevral - 5 martda davlat kotibi yordamchisining o’rinbosari 
E.Faygenbaum, 3-5 aprel kunlari davlat departamentining xalqaro axborot 
dasturlari koordinatorining o’rinbosari J.Garvi, 15-17 mart kunlari AQSHning 
YHXTdagi elchisi J.Finli, 3-4 iyun kunlari davlat departamentining Yevropa va 
Yevrosiyo davlatlari bilan hamkorlik masalalari bo’yicha koordinatori T.Adams, 
25-29 iyun kunlari davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik sohasidagi 
maxsus elchisi J.Xenford, 20-22 dekabrь kunlari AQSH mudofaa vazirligi 
markaziy qo’mondonligi (SENTKOM)ning strategiya, rejalashtirish va siyosiy 
masalalar bo’yicha boshqarma direktori J.Millerning tashrifi O’zbekiston - AQSH 
munosabatlarining kelgusi istiqbolini ta’minlashga xizmat qildi.
Shu bilan bir qatorda, 2008 yil 24 - 25 yanvarь kunlari TSENTKOM 
qo’mondoni admiral V.Fellon va 2008 yil may oyi davlat kotibining Janubiy va 
Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha yordamchisi R.Baucherning O’zbekistonga 
qayta tashrifi ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning davom ettirilishida ko’prik 
vazifasini o’tadi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling