Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати


O’zbekiston-AQSH munosabatlarini tartibga soluvchi


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana28.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1012944
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

 
1.2. O’zbekiston-AQSH munosabatlarini tartibga soluvchi 
me’yoriy – huquqiy asoslarining tavsifi  
O’zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida savdo–
iqtisodiy hamkorlik.
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng, jahon 
hamjamiyatining to’la huquqli a’zosi sifatida dunyoning yetakchi davlatlari bilan 
hamkorlik munosabatlarini o’rnata boshladi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq 
dunyodagi 120 dan ortiq mamlakat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar 
o’rnatilgan. Xususan, 1991 yilning 25 dekabrida AQSH O’zbekiston mustaqilligini 
rasman tan olgan bo’lsa, 1992 yil 19 fevralda Toshkentda O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va AQSH davlat kotibi J.Beykerning 
uchrashuvlari mobaynida ikki davlat o’rtasida diplomatik munosabatlarni o’rnatish 
bo’yicha memorandum qabul qilindi. Hozirgi kunga qadar 60 dan ortiq 
hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar asosida shartnomaviy-huquqiy zamin 
yaratilgan
1
.
1
Ozbekiston_Aqsh_ikki_tomonlama_hamkorlikning_20_yili.mgr http://www.jahonnews.uz/uzb/jahon/news


39 
Jumladan, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni huquqiy asoslari bo’lmish 
ikkitomonlama va ko’ptomonlama shartnomalar quyidagi yo’nalishlarga ega.
O’zbekiston Respublikasi bilan AQSH o’rtasida savdo-iqtisodiy 
munosabatlarning 
shartnomaviy-huquqiy 
bazasiga 
1992 
yil 
oktyabrida 
“O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan AQSH Hukumati o’rtasida sarmoya 
qo’yishga ko’maklashish to’g’risida Bitim” imzolangan davrda asos solinib, 
mazkur bitim Amerika kompaniyalariga O’zbekistonda kapital qo’yilmalarni 
amalga oshirishda Xorijda xususiy investitsiyalar korporatsiyasi tomonidan 
kafolatni ta’minlashga yo’naltirilgan edi
1
.
Shu bilan bir qatorda, 1993 yilning mart oyida ikki davlat hukumatlari 
o’rtasida bir qator shartnomalar imzolanib, ular orasida harbiy – siyosiy hamkorlik 
bo’yicha quyidagi shartnoma, deklaratsiya va memorandumlarni ko’rsatib o’tish 
mumkin:
O’zbekiston - AQSH hukumatlari o’rtasida “O’zaro tushunish haqida” 
Memorandum imzolanib, mazkur davlatlar o’rtasidagi diplomatik munosabatlarda 
diplomatlar va ekspertlar uchun viza tartibini osonlashtirishni ko’zda tutgan va 
hozirgi kunda ham amal qilmoqda;
“Yordam ko’rsatish sohasida hamkorlik bo’yicha” davlatlararo Bitim 
O’zbekiston hududida AQSHda tuzilgan va moliyalashtiriladigan nodavlat va 
notijorat tashkilotlarning faoliyatini huquqiy asosi hisoblanadi va hozirda ham 
amalda tadbiq qilinmoqda;
Shu bilan birga, ikki davlat o’rtasida mudofaa va xavfsizlik sohasidagi 
munosabatlarni rasmiy tasdiqlovchi O’zbekiston va AQSH mudofaa vazirliklari 
o’rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlik haqidagi Memorandum .
O’zbekiston-Amerika munosabatlarida xavfsizlik masalalari, birinchi 
navbatda, mintaqada barqarorlikni saqlash va Ommaviy Qirg’in Qurollari va 
biologik qurollarning tarqalishining oldini olish masalalari muhim ahamiyat kasb 
eta boshladi. Bunga misol tariqasida 1995 yil 13 oktyabrda O’zbekiston Mudofaa 
vazirligi va AQSH Mudofaa vazirligi o’rtasida “Mudofaa hamda harbiy sohadagi 
1
Xalqaro_hamkorlik_aloqalari/xorijiy_mamlakatlar_bilan_hamkorlik/amerika/ http://www.mfer.uz/uzb/


40 
o’zaro munosabatlar masalalari bo’yicha bitim va hamkorlik to’g’risida” 
imzolangan Memorandum bu ikki davlatning mudofaa sohasidagi hamkorligining 
asosiy huquqiy asosiga aylandi. Ushbu shartnoma, birinchi navbatda, O’zbekiston 
Qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish va o’zbekistonlik harbiy kadrlarni 
tayyorlash masalalarini ko’zda tutgan. Shu bilan bir qatorda, aynan ushbu 
memorandum asosida O’zbekiston NATO qoshida tuzilgan “Tinchlik yo’lida 
hamkorlik” dasturida ishtirokini boshlagan. O’zbek-amerika munosabatlarini ikki 
tomonlama institutsional asosda va kelgusida o’zaro aloqalarni chuqurlashtirish, 
shuningdek, O’zbekiston-AQSH hamkorligi dasturini turli sohalarda amalga 
oshirish va muvofiqlashtirish maqsadida 1997 yil 8 sentyabrda “O’zbekiston-
AQSH” siyosiy, iqtisodiy va texnologik hamkorlik bo’yicha qo’shma komissiya 
tuzildi.
2001 yildan boshlab, O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi munosabatlarda 
yangi 
bosqich 
boshlanishi 
bilan 
bir 
qatorda, 
o’zaro munosabatlarni 
muvofiqlashtirib boruvchi bir qator huquqiy hujjatlar imzolandi. Ular orasida, 
2001 yil 7 oktyabrda ikki davlat o’rtasida imzolangan “Harbiy kuchlar statusi 
to’g’risidagi” shartnomasi (Status of Forces Agreement (SOFA)) o’zining bir qator 
hususiyatlari bilan ajralib turadi.
O’zbekiston va AQSH xukumatlari o’rtasida 2001 yil oktyabrda xalqaro 
terrorchilikka qarshi kurash masalalari bo’yicha qo’shma bayonotning imzolanishi 
va o’sha yili noyabr oyida «O’zbekiston Respublikasi va Amerika xukumatlari 
o’rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va O’zbekistondagi 
iqtisodiy islohotlarni qo’llab-quvvatlash borasida o’zaro tushunish haqida» 
Memorandumning qabul qilinishi ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarning yangi 
bosqichi bo’ldi. Imzolangan ushbu ikki hujjat esa O’zbekiston va AQSH o’rtasida 
strategik hamkorlik munosabatlarining yo’lga qo’yilishiga asos bo’ldi.
2002 yil mart oyida O’zbekiston va AQSH o’rtasida “Strategik sheriklik va 
hamkorlik asoslari to’g’risida” (“Declaration on t’e Strategic Partnership and 
Cooperation Framework”)gi Deklaratsiya O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
AQSHga tashrifi doirasida O’zbekiston tashqi ishlar vaziri A.Komilov va AQSH 


41 
Davlat Kotibi K.Pauell tomonidan imzolandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Islom Karimov “Strategik sheriklik” xususida: “bu – ikkala mamlakat o’rtasidagi 
aloqalarni mutlaqo yangi bosqichga ko’tarish, strategik ahamiyatga molik bo’lgan 
aloqalarni yo’lga qo’yish, demakdir”
1
deb fikr bildirgan. Hozirgi kunda 
davlatlarimiz hamkorligi ushbu deklaratsiya qoidalariga muvofiq konstruktiv 
hamkorlik va manfaatlarni o’zaro hurmat qilish tamoyillari asosida izchil taraqqiy 
etmoqda. Bu shartnomada quyidagilar ko’rsatilgan edi:
Siyosiy sohada hamkorlik (shu jumladan, kelajakda O’zbekistonda 
demokratiyaning rivojlantirilishi masalalari);
Havfsizlikni ta’minlash bo’yicha hamkorlik (asosiy e’tibor O’zbekistonga 
tashqaridan bo’ladigan har qanday tahdidning AQSH tomonidan cheklanishiga 
qaratilgan);
Iqtisodiy sohada hamkorlik (asosiy e’tibor O’zbekistonning iqtisodiy 
tuzilmasida islohotlar o’tkazish);
Gumanitar sohada hamkorlik (ikki davlat o’rtasida ta’lim, sog’liqni saqlash 
va atrof-muhitni himoya qilish sohalarida hamkorlik);
Qonunchilik islohotlari bo’yicha hamkorlik (qonuniy xokimiyat tizimini 
shakllantirish)
2
;
Mazkur shartnoma ikkitomonlama munosabatlarning siyosiy – huquqiy 
asosini belgilab bermoqda. Ushbu shartnoma hozirgi kunda, ham rasman 
ikkitomonlama munosabatlar uchun asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Ushbu 
siyosiy hujjat yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 
quyidagilarni ta’kidlab o’tgan: «Bu hujjat nafaqat ikki davlat orasidagi aloqalarni 
belgilaydi, balki xalqaro jamoatchilikning, boshqa taraqqiy topgan davlatlarning 
O’zbekistonga e’tiborini yanada oshiradi, kerak bo’lsa, ularning ko’z o’ngida 
mamlakatimiz obro’si oshib borayotganini tan olishga zamin yaratadi»
3
. Ta’kidlash 
1
Каримов И.А. “Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмоқ керак”. Т. ”Ўзбекистон ” 2002 й. 247 б
2
The Declaration of the Strategic Partnership and Cooperation between the United States of America and the 
Republic of Uzbekistan. http://www.fas.org/terrorism/at/docs/2002/US-UzbekPartnership.htm. // U.S. State 
Department Fact Sheet. http://www.state.gov/r/pa/prs/ps/2002/8736 html.
3
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Америка Қўшма Штатларига расмий ташрифи 
ниҳоясида журналистларга берган интервьюси.// Америкага ташриф. - Т.: Ўзбекистон, 2002 й. Б. 66-67.


42 
joizki, 2005 - 2006 yillarda ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda kuzatilgan 
salbiy holatlar sharoitida ham mazkur hujjat denonsatsiya qilinmadi.
O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi munosabatlarda savdo – iqtisodiy 
masalalar bo’yicha bir qator shartnomalar imzolanib kelinmoqda. Bu o’z 
navbatida, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda o’zaro savdo – iqtisodiy 
manfaatlarning ortib borayotganligidan dalolat bermoqda.
Jumladan, ikki tomonlama savdo–iqtisodiy munosabatlarning 1992–1994 
yillari asosan aloqalarni shakllantirish davri bo’ldi. Shu jumladan, 1993 yilda 
imzolangan “Sarmoyalarni o’zaro himoya qilish va rag’batlantirish haqida” ikki 
tomonlama Bitim, 1993 yil 5 noyabrda tomonlarning bir-biriga savdoda eng qulay 
rejimini taqdim qilishni ko’zda tutuvchi “O’zbekiston Respublikasi bilan AQSH 
o’rtasidagi savdo munosabatlari to’g’risida” Hukumatlararo Bitim imzolandi. 1994 
yil avgustda AQSH Kongressi tomonidan O’zbekistonga Preferentsiyalar bosh 
tizimi (GSP) bo’yicha benefitsiant maqomi berildi. Intellektual mulk xalqaro 
alьyansi tashabbusi bilan respublikaga GSP ni taqdim qilishni bekor qilish 
bo’yicha ishni ko’rish doirasida 2003 yilning oxirida AQSH savdo vakili ofisi 
bilan birgalikda O’zbekistonda intelektual mulk huquqini himoya qilish tartibini 
takomillashtirishning chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va ijroga qabul qilindi.
Shuningdek, 1998 yil fevralda “O’zbekiston - AQSH” Qo’shma 
komissiyasining birinchi majlisi o’tkazilishi doirasida “Xavo transporti to’g’risida 
bitim” va “O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Amerikaning ta’lim va tillarni 
o’rganish sohasida hamkorlik to’g’risida bitim” imzolandi. 1994 yilda O’zbekiston 
tomoni tarafidan “Ikkiyoqlama soliqqa tortishni oldini olish to’g’risida bitim”ni 
tuzish bo’yicha choralar amalga oshirildi. Biroq Amerika tomoni xar xil sabablarni 
(1994 yilda NAFTA Shartnomasini kuchga kirganini, O’zbekiston soliq 
qonunchiligini takomillashmaganligi va b.) keltirib mazkur masalani ko’rib 
chiqishni ortga surgan.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan shartnomalardan tashqari, 1994 yil 14 yanvarida 
ikki davlat hukumatlari o’rtasida imzolangan “Ikkitomonlama savdo shartnomasi” 
O’zbekiston tovar va xizmatlarini AQSHga eksport qilish uchun huquqiy asos 


43 
bo’ldi. Ushbu qarorning davomi sifatida 1994 yil 17 avgustida AQSH 
Kongressining 
qabul 
qilgan 
“Prefenretsiyalashtirilgan 
mahsulotlarning 
umumlashtirilgan tizimi” qarori natijasida, O’zbekistondan AQSHga eksport 
qilinayotgan bir qator tovarlarga bojxona imtiyozlarini belgiladi.
O’z navbatida, 1994 yil 16 dekabrda O’zbekiston va AQSH o’rtasida 
imzolangan “Investitsiyalarni o’zaro rag’batlantirish va o’zaro himoyalash 
to’g’risida” ikki tomonlama Hukumatlararo bitim imzolanib, AQSH Kongressi 
tomonidan 2000 yil oktyabrda ratifikatsiya qilingan bo’lsada, AQSH Davlat 
departamenti tomonidan xozirgi kungacha bu xaqda rasmiy bildirish 
yuborilmaganligi uchun bitim hozirgi kunga qadar yuridik kuchga kirmagan. 
Mazkur bitimning shartlariga ko’ra u ratifikatsiya qilinganligi xaqida rasmiy 
bildirish olinganidan keyin kuchga kiradi. Shu bilan bir qatorda, ikki davlat savdo 
– iqtisodiy munosabatlarini yuqorida nomlari ko’rsatilgan shartnomalardan 
tashqari, quyidagi shartnomalar ham tartibga solib boradi:
Sarmoyalarni o’zaro himoya qilish va rag’batlantirish haqida ikki 
tomonlama Bitim.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar 
vazirligi va AQSH Savdo va rivojlanish agentligi o’rtasidagi o’zaro tushunish 
haqida Memorandum. 
2001 yil 30 noyabrda imzolangan “Ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantirish 
va 
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi 
Memorandum O’zbekistonda milliy valyutani erkin konvertatsiya qilish va shu 
asosda O’zbekistonga kiritiladigan investitsion dasturlarning AQSH tomonidan 
moliyalashtirilishini kafolatlaydi. Shuningdek, 2004 yil 1 iyunda AQSH va 5 ta 
Markaziy Osiyo davlatlari bilan “AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida 
savdo va investitsiyalarga ko’maklashish to’g’risida” ko’ptomonlama hadli bitim 
imzolandi.
2010 yil 11 yanvarda O’zbekiston Respublikasi va AQSH o’rtasidagi 
hamkorlikni mustahkamlash bo’yicha faoliyat rejasining tasdiqlangani ikki 
tomonlama munosabatlarning rivojlanishidagi muhim sabablardan biri sifatida 


44 
ko’rsatib o’tish mumkin. Mazkur faoliyat rejasi 5ta asosiy yo’nalish bo’yicha: 
siyosiy sohada, xavfsizlik sohasida, iqtisodiyot va rivojlanish sohasida, gumanitar 
sohada hamda Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash sohasida 
hamkorlikni rivojlanishi ko’rilmoqda
1
.
AQSH Davlat kotibi X.Klintonning 2010 
yil dekabrdagi O’zbekistonga tashrifi chog’ida ikki davlat o’rtasidagi 
munosabatlarni mustahkamlanishiga imkon beruvchi ikki mamlakat hukumatlari 
o’rtasida “Ilmiy-texnikaviy hamkorlik to’g’risida”gi Bitim imzolandi
2
.
2011 yil 
davlat kotibining okeanlar, atrof-muhit va ilm-fan masalalari bo’yicha yordamchisi 
K. Jons, AQSHning ilm-fan masalalari bo’yicha vakili A. Gast mazkur bitim 
doirasida amalga oshiriladigan aniq loyihalarni muhokama qilish uchun 
O’zbekistonga keldilar.
Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda 2011 yil sentyabrda AQSH 
tomonidan O’zbekistonga yordam ko’rsatish bo’yicha 7 yillik cheklovlardan keyin 
olib tashlandi. Biroq AQSH Kongressi tomonidan ishlab chiqilgan Jekson – Venik
3
tuzatishi hozirgi kunda ham O’zbekistonga nisbatan amal qilmoqda. Mazkur 
cheklov xollari O’zbekistonga siyosiy va iqtisodiy bosim o’tkazishni nazarda 
tutgan bo’lib, ikkitomonlama munosabatlarga salbiy ta’sir qilmoqda.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi hamkorlikning asosiy 
yo’nalishlaridan biri bo’lgan, Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash va 
AQSH o’z qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqishida O’zbekiston hududi orqali 
olib o’tilishini belgilab beruvchi O’zbekiston Respublikasi Senati o’zbek-amerika 
hukumati o’rtasidagi Afg’onistonni qayta tiklash va xavfsizlikni ta’minlash 
sohasidagi hamkorligi doirasida O’zbekiston hududi orqali AQSHning yuklari va 
xodimlarining havo tranziti to’g’risida kelishuv ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston 
Respublikasi Senati tomonidan Toshkent va Vashington o’rtasida “O’zbekiston 
hududi orqali AQSHning Afg’onistondagi antiterror koalitsiya kuchlari xodimlari 
va yuklari uchun havo tranziti to’g’risida”gi shartnoma ratifikatsiya qilindi.
1
Hronologiya-amerikano-uzbekskih-otnoshenij-1992-2012/ http://vatandosh.uz/2012/12/04/
2
Xalqaro_munosabatlar/Ozb_xdavlat/Ozb_Amerika/ http://mfa.uz/uzb/
3
“Жексон - Веник” қонун лойиҳаси 1975 йилда Конгресс томонидан собиқ СССРдаги эмиграция сиёсатига 
қарши ишлиб чиқилган бўлиб, асосан савдо – инвестицион муносабатларни чеклаб қўйишга қаратилган. 
Ҳозирги кунда ушбу лойиҳа собиқ СССРнинг 6 аъзоси, шу жумладан, Ўзбекистонга нисбатан ҳам кучда.


45 
Mazkur kelishuv 2012 yil 28 martda Toshkentda imzolangan bo’lib, 2012 yil 
21 iyunь oyida Qonunchilik palatasida kelishuvni ratifikatsiya qilish qonuni qabul 
qilingan
1
.
Kelishuv ikkitomonlama hukumatlararo BMT Xavfsizlik Kengashining 
2001 yil 20 dekabrdagi 1386 Rezolyutsiyasiga muvofiq tuzilgan xalqaro shartnoma 
hisoblanadi. Mazkur Rezolyutsiya Afg’oniston Islom Respublikasi bilan qo’shni 
davlatlarni Afg’onistondagi AQSH Xalqaro xavfsizlikka ko’maklashish kuchlariga 
zarur yordam ko’rsatishga chaqiradi. Kelishuv 22 modda va preambuladan tashkil 
topgan. Mazkur xujjat AQSH Hukumatining O’zbekiston havo hududi orqali 
Afg’onistonni barqarorlashtirish, qayta tiklash va xavfsizligini ta’minlashga 
yordam berish maqsadida xodimlar va yuklarni tranzitini amalga oshirish tartibini 
belgilab beradi. Kelishuv 1 yil muddatga tuzilgan bo’lib, shu muddat davomida o’z 
kuchida bo’ladi hamda keyingi bir yil muddatga kelishuv shartlari buzilmagan 
vaziyatda to’g’ridan-to’g’ri uzaytiriladi. Har bir Tomon xohlagan vaqtda va 30 
kundan kam bo’lmagan vaqt oralig’ida ikkinchi Tomonga oldindan o’zining 
amaldagi Kelishuvni tugatish maqsadi haqidagi yozma bildirish xatini diplomatik 
aloqalar bilan taqdim etib, amaldagi Kelishuvni tugatishi mumkin
2
.
Kelishuvga muvofiq, yuklar tranziti shartnomada belgilangan xollar, 
tahlikali vaziyatlar hamda fors-major xolatlaridan tashqari qo’nimsiz asosda 
amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tranzit faqat O’zbekiston ruxsati bilan amalga 
oshiriladi. Shuningdek, AQSH yuklarining tranziti O’zbekistonning milliy 
xavfsizligiga xavf solsa, Toshkent yuklar tranzitini rad etish huquqiga ega. 
Kelishuvda AQSHning O’zbekiston ichki siyosatiga aralashmasligi kerakligini 
ifodalaydi
3
.
Umuman olganda, davlatlararo munosabatlarning siyosiy – huquqiy 
tavsifiga xulosa qiladigan bo’lsak, mavjud xalqaro hujjatlar, shu jumladan, 
shartnomalar, deklaratsiyalar va memorandumlar ikki davlat o’rtasidagi 
munosabatlarni muvofiqlashtirib turadi. Bu esa o’z navbatida, ikki davlat 
1
Сенат Узбекистана разрешит транзит грузов и персонала США в Афганистан 
http://www.trend.az/regions/casia/uzbekistan/2059795.html
2
Узбекистан может предоставить свое воздушное пространство для транзита грузов и персонала США в 
Афганистан Uzbekistan-predostavit-vozdushnoe-prostranstvo-dlya-USA/ http://podrobno.uz/cat/politic/
3
Сенат Узбекистана разрешил воздушный транзит грузов СШАhttp://ria.ru/world/20120830/733632715.html


46 
o’rtasidagi hamkorlikni o’zaro ishonch va manfaat asosida amalga oshirish 
imkonini yaratadi. O’zbekiston - AQSH o’rtasida imzolangan kelishuv va 
shartnomalar ikki davlat hamkorligini rivojlanishiga va o’zaro manfaatli 
aloqalarning mustahkamlanishiga hamda O’zbekiston Respublikasining tashqi 
siyosatida belgilangan tartibda ikki davlat munosabatlarini amalga oshirilishini 
ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling