Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати


 O’zbekiston – AQSH hamkorligining istiqbollari


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana28.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1012944
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

2.3. O’zbekiston – AQSH hamkorligining istiqbollari 
O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi munosabatlar Afg’oniston kesimida 
qaralib kelmoqda. AQSH o’z harbiy kontingentini Afg’onistondan olib chiqib 
ketishida va Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda O’zbekiston 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ikki davlat munosabatlarida o’zaro manfaatli 
hamkorlikning mavjudligi saqlanib qoladi.
O’zbekistonning AQSH bilan doimiy manfaatlari quyidagi yo’nalishlarda 
namoyon bo’ladi:
O’zbekiston tashqi siyosati manfaatlarning ustivorligiga asoslanganligi 
sababli, nafaqat mintaqadagi davlatlar bilan, balki uzoq o’lkalar bilan hamkorlik 


76 
munosabatlarini ikki va ko’ptomonlama, o’zaro ishonch va hurmat negizida hamda 
teng huquqli asosda qurishdan manfaatdordir. Shu jumladan, dunyo maydonida 
katta ta’sir kuchiga ega bo’lgan AQSH bilan hamkorlik O’zbekistonning strategik 
maqsadlari qatoriga kiradi. Shu jumladan, bu xususda O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A. Karimov 2007 yil 7 dekabrda qilgan nutqida hukumat G’arb bilan, 
xususan, Amerika Qo’shma SHtatlari va Yevropa bilan munosabatlarni tiklashdan 
manfaatdor ekanini ta’kidlab o’tgan;
Afg’onistonda mavjud harbiy – siyosiy beqaror vaziyatning O’zbekiston 
milliy xavfsizligi uchun tahdid ekanligi;
O’zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda AQSH kompaniyalari va 
korxonalari tomonidan kiritilayotgan investitsiyalar muhim ahamiyatga ega.
O’z navbatida, AQSHning O’zbekiston bilan munosabatlarida mavjud 
bo’lgan doimiy manfaatlari quyidagilardan iborat:
1. O’zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida eng strategik ahamiyatga ega bo’lgan 
davlat bo’lib, mintaqadagi barcha davlatlar bilan chegaradoshligi, aholisining eng 
ko’pligi bilan ajralib turishi bilan ajralib turadi
1
. Bu haqda AQSH Davlat 
Departamentining inson huquqlari, demokratiya va mexnat byurosi rahbari 
L.Kranerning fikriga ko’ra, Markaziy Osiyo AQSH uchun strategik ahamiyat kasb 
etadi va xech bir mubolag’asiz, O’zbekiston bizning Markaziy Osiyoga qaratilgan 
siyosatimizda yetakchi o’rin tutadi. O’zbekiston Markaziy Osiyoning markazida 
joylashgan, mintaqadagi eng ko’p aholiga ega va ko’p asrlar davomida Islom 
madaniyati va ma’rifati beshigi bo’lib kelgan, qolaversa mintaqadagi besh davlat 
ichida eng kuchli qurolli kuchlarga ega
2
;
2. AQSH harbiy kontingentini Afg’onistondan Shimoliy yo’nalish tarmog’i orqali 
olib chiqishida hamda Afg’oniston hududida qoldirayotgan maxsus bo’linmalar 
1
President 
Denounces 
Terror 
in 
Uzbekistan. 
28.03.2004.http://www.whiteHouse.gov/news/releases/ 
2004/03/20040329-10.html. 
2

Blank S.. U.S. interests in Central Asia and the Challenges to Them. Strategic Studies Institute, US Army War 
College, Carlisle Barracks PA // Testimony Offered to the Subcommittee on the Middle East and Central Asia, 
House Committee on International Relations, 25.07.2006. 


77 
ta’minotida O’zbekiston hududi Afg’onistondagi kuchlarning insonparvarlik va 
noharbiy yuklar bilan ta’minlanishida asosiy tranzit yo’li vazifasini bajaradi;
3. Mintaqa davlatlarining, shu jumladan, O’zbekistonning Rossiya va Xitoy ta’siri 
doirasidan olib chiqish, mintaqani janubiy dengiz portlarga olib chiqish orqali 
tabiiy xom-ashyo va uglevodorod zahiralarini Yevropaga yetkazilishini ta’minlash 
orqali Rossiyaning hududdagi yetakchiligini kamaytirishga intilmoqda.
Bevosita, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning istiqboli haqida 
gapiradigan bo’lsak, bu eng avvalo, AQSH va O’zbekiston o’rtasida harbiy - 
siyosiy 
hamkorlikni 
rivojlantirishga 
qaratiladi. 
Chunki, 
ikki 
davlat 
munosabatlarining manfaatlarida Afg’onistondagi tinchlik va barqarorlikni hamda 
mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash yo’lida o’zaro hamkorlikni rivojlantirish 
ustuvor yo’nalish hisoblanadi.
O’z navbatida, O’zbekiston-AQSH hamkorligida Shimoliy yetkazib berish 
tarmog’i va logistika markazlarining faoliyatini takomillashtirish;
Ikki davlat o’rtasida tuzilgan me’yoriy – huquqiy asoslarni tartibga solish;
Afg’onistonda barqarorlikni ta’minlash yuzasidan tashkil qilingan “6 + 3” 
guruhi faoliyatini takomillashtirish;
AQSH hukumati 2014 yilga qadar Afg’onistondagi harbiy kontingenti 
miqdorini kamaytirish hamda qo’shinlarini Shimoliy tarmoq yo’nalishi, xususan, 
O’zbekiston hududi orqali temir yo’l tizimidan foydalangan holda olib chiqish 
masalasini muhokama qilmoqda;
Shu bilan bir qatorda, AQSH davlat kotibi X.Klintonning va uning Janubiy 
va Markaziy Osiyo mintaqasi bo’yicha yordamchisi R.Bleykning Toshkentga 
2011-2012 yillarda qilgan amaliy tashrifi ham aynan yuqoridagi masalalarni hal 
qilishga qaratilgan edi.
Ikki davlat o’rtasidagi yuqorida ta’kidlangan aloqalardan tashqari, 
rossiyalik ekspert V.Korgunning fikricha, Obama ma’muriyati tomonidan 
Afg’onistonga kiritiladigan katta miqdordagi investitsiyalarning xayotga tatbiq 
qilinishida O’zbekiston ham ishtirok etadi. Bu birinchi navbatda Afg’onistonda 
yagona bo’lgan Termiz – Xayraton temir yo’lining Mozori SHarifga qadar 


78 
uzaytirilishi O’zbekiston temir yo’llari DAK tomonidan amalga oshirishi ko’zda 
tutilgani bilan bevosita bog’liq.
2005 yil mart oyida J.Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va 
Kavkazni o’rganish instituti direktori F.Starr boshchiligidagi guruh tomonidan 
“Katta Markaziy Osiyo” loyihasi ishlab chiqilgan bo’lib, loyiha rasmiy hujjat 
hisoblanmasada, AQSHning Markaziy Osiyo siyosatida o’z ta’siri mavjud.
Mazkur loyihada belgilanishicha:

AQSHning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo va Afg’onistonning harbiy-strategik va 
geosiyosiy butunligiga erishish va keyinchalik “Katta Markaziy Osiyo” dasturini 
“Katta Yaqin Sharq” dasturi bilan birlashtirishdan iborat;

loyihaga ko’ra birlashgan “Katta Markaziy Osiyo” va “Katta Yaqin Sharq” hududi 
ustidan nazorat G’arb qo’liga o’tkazilishi lozim;

Markaziy Osiyo mintaqasini Rossiya va Xitoy ta’siridan chiqarish;

Pokiston va Eronning Afg’onistonga nisbatan qo’llayotgan “beqaror siyosati” 
ta’sirini yo’q qilish;

Afg’onistonni barqaror va G’arbga yaqin siyosat olib boruvchi “Markaziy Osiyo” 
davlatiga aylantirish.
Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar istiqboli borasida hulosa qiladigan 
bo’lsak, quyidagi omillarga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:
AQSH 2014 yilga qadar o’z harbiy kontingenti, noharbiy va gumanitar yuklarni 
Afg’oniston hududidan olib chiqishda O’zbekistonning transport-kommunikatsion 
vositalaridan foydalanadi. Bu borada, O’zbekistonning AQSH bilan hamkorligi 
2014 yildan keyin ham o’z ahamiyatini saqlab qoladi;
AQSH 
rasmiy 
doiralari 
O’zbekiston bilan ikkitomonlama va 
ko’ptomonlama munosabatlarni mustahkamlamoqda;
O’zbekiston Respublikasi Afg’onistonda tinchlik va havfsizlikni 
ta’minlashda AQSH bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda;
AQSH 2014 yilga qadar Xalqaro tinchlikparvar kuchlar tarkibidagi o’z 
harbiy kontingentini Afg’onistondan olib chiqishda hamda Afg’onistonda tinchlik 
va xavfsizlikni ta’minlashda O’zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda.


79 
XULOSA  
O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi munosabatlarining 23 yillik tarixiga nazar 
tashlaydigan bo’lsak, bu munosabatlar dinamikasi va tavsifi doimiy ravishda 
o’zgarib turganligiga guvoh bo’lamiz. Bu esa ikkitomonlama munosabatlarning 
davriyligini 
ko’rsatib 
beradi. 
Ikkitomonlama 
munosabatlarda 
o’zaro 
manfaatlarning 
bir 
qator 
masalalar 
bo’yicha mos kelishi oqibatida 
yaxshilanganligini va aksincha, ba’zi muammolar yuzasidan sovuqlashganligini 
ko’rishimiz mumkin. Bugungi kunda ikki davlat o’rtasidagi davom etayotgan 
munosabatlar o’ziga xos bo’lib, bir tomondan ikki davlat strategik hamkor 
hisoblanadilar, ikkinchi tomondan esa Andijon voqealari va boshqa bir qator 
munozarali masalalar yuzasidan O’zbekiston va AQSH munosabatlarida bir qator 
konfliktli xolatlar saqlanib qolmoqda.
Umuman olganda, ushbu ishimizda bildirilgan mulohazalarning xotimasi 
sifatida xulosalarimizni quyidagi yo’nalishlarda berishni lozim topdik:
1. O’zbekiston AQSH bilan munosabatlarda quyidagilarning amalga oshirilishidan 
manfaatdor:
Mintaqa havfsizligi uchun o’ta muhim o’rin tutuvchi Afg’onistondagi harbiy 
– siyosiy vaziyatning barqarorlashuvi. Chunki Afg’onistondagi beqaror vaziyat 
O’zbekiston milliy manfaatlariga tahdid hisoblanishini quyidagi omillar orqali 
ko’rishimiz mumkin:
Afg’onistonda xalqaro terrorizmning kuchayishi va O’zbekistonga qarshi 
faoliyat olib boruvchi bir qator diniy – ekstremistik kuchlarning Afg’onistonda 
mavjud ekanligi;
Afg’onistonda noqonuniy ravishda narkotik moddalar va qurol – yarog’ 
savdosining ortib borayotganligi va xokazo.
Xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda o’zaro hamkorlikni 
davom ettirish va terrorizmga aloqadorlikda gumondorlarni ekstraditsiya qilish 
bo’yicha munosabatlarni takomillashtirish O’zbekiston iqtisodiyotiga
AQSH investitsiyalarini kiritish va O’zbekiston eksport tovar va xizmatlari uchun 
Amerika bozorida qulayliklarni shakllantirish masalasi so’nggi vaqtlarda muhim 


80 
o’rin tutib kelmoqda. Ushbu yo’nalish bo’yicha O’zbekiston hukumatining 
qaroriga asosan Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona va Angren shahrida 
logistika markazi barpo etildi, shuningdek, Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 
yangi erkin iktisodiy industrial hudud bo’yicha tadbirlar amalga oshirilmokda;
AQSH o’z qo’shinlarini O’zbekiston temir yo’l tizimi bilan bog’liq Shimoliy 
yo’nalish tarmog’i tranziti orqali Afg’oniston hududidan olib chiqish va 
Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda hamda iqtisodiy dasturlarning 
amalga oshirilishida bevosita O’zbekistonning ishtiroki muhim bo’lib qolmoqda. 
Hozirgi kunda ikkitomonlama aloqalarda bu yuklarni nafaqat temir yo’l transporti 
orqali, shu bilan birga, havo yo’llari hamda dengiz portlari orqali olib chiqish 
imkoniyatlarini yaratish ustuvor manfaat bo’lib qoladi.
AQSHning O’zbekiston bilan munosabatlari bo’yicha quyidagi xulosalarga kelish 
mumkin:
AQSH bilan O’zbekiston hamkorligida Afg’onistonda tinchlik va 
barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy infratuzilmasini tiklash masalasi birlamchi 
ahamiyat kasb etadi. Bu birinchi navbatda, O’zbekistonda mavjud infrastruktura 
imkoniyatlaridan foydalangan xolda AQSH va NATO kuchlarini Afg’oniston 
hududidan olib chiqishda hamda o’z qo’shinining qolgan qismi uchun oziq-ovqat 
va noharbiy yuklar bilan ta’minlashga intiladi;
Mintaqadagi tabiiy resurslar, eng avvalo, uglevodorod zahiralarini nazorat 
qilishga intiladi. Bu yo’nalishda AQSH tashabbusi bilan Nabukko va Transafg’on 
gaz quvurlari yo’llari loyihalari ishlab chiqilgan bo’lib, asosiy maqsad Markaziy 
Osiyo uglevodorod zahiralarini nazorat qilishda Rossiya gegemonligini 
kamaytirishdir;
AQSH Markaziy Osiyo davlatlari bilan, shu jumladan, O’zbekiston bilan 
olib boriladigan iqtisodiy aloqalarda o’z tovar va xizmatlari uchun katta iste’mol 
bozorini shakllantirishga intilmoqda. Buning yaqqol isboti sifatida “Katta 
Markaziy Osiyo” dasturining asosiy yo’nalishlaridan biri aynan mintaqada 
umumiy bozorni shakllantirishdir.


81 
AQSH rasmiy doiralari O’zbekiston mintaqada strategik hududda 
joylashganligi va boy tabiiy zahira va inson salohiyatiga, yuqori darajada iqtisodiy 
o’sish sur’ati hamda ishlab chiqarishi takomillashib borayotgan davlatning Rossiya 
va Xitoy ta’sir doirasiga tushib qolmasligiga intiladi.
O’zbekistonning AQSH bilan munosabatlarida quyidagi takliflarni amalga 
oshirishi maqsadga muvofiq deb bilamiz:
Birinchi navbatda, AQSH tomonidan Afg’onistonda moliyalashtirilayotgan 
turli iqtisodiy - ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda O’zbekiston tomonining 
ham ishtirokini faollashtirish lozim.
O’zbekistonga AQSH investitsiyasini jalb etish hamda sarmoyaviy muhit uchun 
yaratilgan qulay sharoitlarni namoyish etish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish 
va investitsiyaviy muhitni takomillashtirish.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, mazkur tadqiqotni boshlash mobaynida 
ikkita gipoteza o’rtaga tashlangan edi. Bular:
AQSH o’zining Markaziy Osiyo siyosatida O’zbekistonni yetakchi davlat 
sifatida qaraydi.
Ikki tomonlama hamkorlik, asosan, O’zbekistonning temir yo’l transport 
kommunikatsiya tizimi sohasida amalga oshiriladi.
Bitiruv malakaviy ishining ilgari surilgan gipotezalar, jumladan, “AQSH 
o’zining Markaziy Osiyo siyosatida O’zbekistonni yetakchi davlat sifatida 
qaraydi” qisman o’z tasdig’ini topdi. “Ikki tomonlama hamkorlik, asosan, 
O’zbekistonning temir yo’l transport kommunikatsiya tizimi sohasida amalga 
oshiriladi.” degan gipotezamiz ham qisman o’z tasdig’ini topdi.


82 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling