Mavzu : Òzbekistonda milliy va davlat bibliografiyasi. Retrospektiv bibliografiya qòllanmalar mundarija kirish I bob o’zbekistonda milliy va davlat bibliografiyasi
Download 46.56 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Predmet rubrikasi
- Ma’lumot annotatsiyasi
- Òavsiya annotatsiyalari
Analitik bibliografik tavsif 2qismdan iborat bo‘lib, hujjatning bir qismi, bobi, bo‘limi yoki alohida bir maqola haqida ma’lumot beradi. 1- qismida matn muallifi, sarlavha, unga taalluqli ma’lumot berilsa, 2- qismida uning manbasi haqida axborot beriladi.
Indekslash tushunchalari kutubxona-bibliografik klassifikatsiya indekslaridan va predmet rubrikasidan iborat bo‘ladi. Klassifikatsiya indeksi hujjatning mazmuniga ko‘ra qaysi bilim sohasiga taalluqli ekanligini ko‘rsatuvchi shartli belgidan iborat. Bu belgi raqamli, harfli va aralash shaklda bo‘ladi va maxsus jadval yordamida axborot qidiruv tilini (AQÒ) tashkil etadi. Predmet rubrikasi—AQÒ elementi bo‘lib, hujjatning asosiy mazmunini aks ettiruvchi predmet yoki masalaning qisqa shaklini anglatadi. Bibliografik yozuvda annotatsiya va referat ham beriladi. Annotatsiya qoidaga ko‘ra, hujjat mazmuni, mohiyati, shakli va boshqa xususiyatlariga qisqacha ta’rif beradi va bibliografik tavsifni to‘ldiradi, aniqlaydi. U ijtimoiy ahamiyatiga va vazifasiga ko‘ra ma’lumot va tavsiyaviy xarakterda bo‘ladi. Ma’lumot annotatsiyasi sarlavhadagi noaniqlikni ochib beradi, muallif haqida, bibliografik tavsifda aks etmagan asar mazmuni, janri va boshqa xususiyatlari haqida ma’lumot beradi. Bunday annotatsiyalar rasmiy, ilmiy, ishlab chiqarish, ma’lumotnoma nashrlariga berilib, bir necha so‘zdan bir, ikki qator jumlagacha bo‘ladi. Òavsiya annotatsiyalari hujjat haqida, uning ahamiyati va xususiyatlari, mazmuni va ahamiyatiga ko‘ra unga yaqin bo‘lgan adabiyotlar orasida tutgan o‘rni haqida axborot berish, kitobxonni qiziqtirish maqsadida qo‘llaniladi. Annotatsiya tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tavsiya va maslahatdan iborat bo‘ladi va hajmiga ko‘ra ma’lumot annotatsiyasidan katta bo‘ladi. Ular, asosan, ilmiy-ommabop, badiiy, bolalar adabiyoti, ommaviy-siyosiy nashrlar mazmunini ochishda qo‘llaniladi. Birinchi darajali hujjatlar tavsifining usuliga ko‘ra umumiy va analitik annotatsiya bo‘ladi. Umumiy annotatsiya hujjat mazmunini yoritadi, analitik yoki xususiy annotatsiya hujjatning qaysidir bir qismi haqida ma’lumot beradi (masalan, bob, paragraf, alohida maqola). Annotatsiya ma’lumot berilayotgan hujjatlar soniga ko‘ra monografik yoki guruhli bo‘ladi. Monografik annotatsiya bir hujjatning mazmuni va xususiyatlarini ochib beradi, guruhli (yig‘ma) esa mazmuniga ko‘ra bir-biriga yaqin bir necha hujjat haqida axborot beradi. Ba’zan bir muallifning bir necha asari, bir janrdagi bir necha asar, bir turdagi asar, u yoki bu darajada annotatsiyalanayotgan asarga bog‘liq boshqa asarlar haqida ham bo‘lishi mumkin. Axborotning hajmi va izchilligiga ko‘ra tushuntiruvchi, tasviriy, referativ annotatsiyalar ham mavjud. Òushuntiruvchi annotatsiya hujjat sarlavhasini aniqlovchi bir necha so‘zdan yoki jumladan iborat bo‘ladi. Òasviriy esa hujjatdagi asosiy masalalarni yoki muammolarni ochib beradi va „Hujjatda nima haqda so‘z boradi?“ degan savolga javob beradi. Referativ annotatsiya „Hujjatda nima haqda qanday axborot beriladi?“ degan savolga javob beradi. Annotatsiyalar kim tomonidan bajarilganiga ko‘ra mualliflik, muharrirlik, bibliograf annotatsiyasiga ajratiladi. Muallif va muharrir tomonidan beriladigan annotatsiya nashrning titul varag‘i orqasida beriladi. Bibliograf tomonidan beriladigan annotatsiya kartochkalarda yoki bibliografik qo‘llanmalarda, ko‘rsatkichlarda qo‘llaniladi. Kartochkadagi bunday qisqa annotatsiya yoki tushuntirish kvadrat qavs ichida beriladi va bu bibliograf tomonidan tuzilganligini anglatadi. Annotatsiyalar tayyorlash usuliga ko‘ra an’anaviy, qo‘lda yozilgan va avtomatlashtirilgan usulda bajariladi.8 Download 46.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling