Gollandiya Respublikasining tashkil topishi.
Ispaniya istalgan vaqtda shimolga qarshi yana hujum qilishi mumkin edi. Bunga qarshi tura olish uchun mamlakat shimolidagi viloyatlar 1579-yilda ittifoq tuzdilar.Bu ittifoq «Utrext uniyasi» deb ataldi. Uniya a’zolari xuddi yagona viloyat kabi abadiy birlashishga va Ispaniyaga qarshi birgalikda ozodlik uchun kurashishga va’da berdilar. Ayni paytda Uniya Filipp II ni taxtdan tushirilgan, deb e’lon qildi.
Bu haqda Uniya qabul qilgan hujjatda, jumladan, bunday deyilgan edi: «Xudo odamlarni hukmdor uchun emas, aksincha, hukmdorni odamlar manfaatlari uchun yaratadi. O’z fuqarolari manfaati uchun qayg’urmagan hukmdor endi hukmdor emas. U bo’ysunishi lozim bo’1magan zolimdir». Uniya a’zolari ichida eng aholisi kо’pi va eng badavlati Gollandiya edi. Mustaqillikka erishgan shimol shu viloyat nomi bilan Gollandiya Respublikasi deb atala boshlandi. Respublika o’z mustaqilligini Ispaniyaning tan olishi uchun uzoq vaqt kurash olib borishga majbur bo’ldi. Faqat 1609-yildagina Ispaniya Gollandiyaning mustaqilligini tan oldi.
Gollandiya Respublikasining tashkil topishi inqilobiy hodisa edi.Bu Gollandiyada feodal tuzum butunlay barham topdi, degani edi.Endi hokimiyat burjuaziya qo’liga o’tdi.Gollandiyada kapitalizm gurkirab rivojlana boshladi.Shu tariqa Gollandiyada jamiyat bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o’tdi.Respublikaning Amsterdam shahri esa Antverpen o’rniga jahon savdosining markaziga aylandi.
Inqilob (arabcha) jamiyat rivojlanishida ro’y beradigan tub sifat o’zgarishi, eski jamiyatning agdarilishi.
Partizan (fransuzcha) dushman bosib olgan joylarda ozodlik uchun ko’ngilli ravishda qurolli kurash olib boruvchi.Furgon savdo aravasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |