Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet125/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Tashqi siyosat.

19-asring 50-yillarida Buyuk Britaniya sanoatning rivojlanish darajasi, savdoning ko’lami va dengizdagi qudrati jihatidan dunyoda о’z ustunligining cho’qqisiga yetdi. Bu qudrat unga mustamlakalari ustidan hukmronlikni yanada mustahkamlash va ularni kengaytirish imkonini berdi. Ingliz hukumati yer yuzining strategik jihatdan muhim mintaqalarida qudratli harbiy-dengiz bazalari qurishga va tayanch hududlarni qo’lga kiritishga alohida e’tibor berdi.



«Oq» koloniyalar.

Buyuk Britaniya о’z mustamlakachilik siyosatida «oq» koloniyalarga katta e’tibor berdi. Amerika, Afrika va Avstraliyaga Buyuk Britaniyadan va qisman Yevropadagi ingliz tojiga bo’ysunuvchi boshqa mamlakatlardan kо’chib borgan kishilar о’zlashtirgan hududlar ana shunday deb atalardi. Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya ana shunday mustamlakalar edi. Chunonchi, 1861-yilga kelib Avstraliyadagi oq tanli aholi 1 million 200 ming kishiga yetdi. Ayni paytda mustamlakalar о’zini-o’zi boshqarish uchun kurash olib bordi lar. Bu kurash, ayniqsa, Kanadada shiddatli tus oldi. Natijada Buyuk Britaniya 1867-yilda Kanadaga dominion maqomini berishga majbur bo’ldi.




Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling