Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet13/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Savdoning rivojlanishi.

16-17-asriarda savdo va tadbirkorlikning markazi bo’lgan shaharlarning o’sishi davom etdi. Bu esa, o’z navbatida, shaharda bozor savdosining o’sishiga olib keldi. Odatda bozorlarda savdo haftasiga bir yoki ikki kun bo’lardi. Shaharlarning о’sib borishi bilan bozorlar har kuni ishlay boshladi.

17-asrdan boshlab usti yopiq bozorlar qurilishi keng avj oldi. Bunday bozorlarning eng yirigi Parij va London shaharlarida qurilgan.

Shu asr oxiriga kelib, bozor savdosi bilan do’kon savdosi о’rtasida raqobat vujudga keldi. Yangi davr bozorlarining yana bir о’ziga xos tomoni-bu tovarlarni uni ishlab chiqarganlarning о’zlari emas, savdogarlikni kasb qilib olgan kishilar tomonidan sotishning vujudga kelganligi edi. O’sha davr manbalarida: «Do’konlar dunyoni egalladilar. Ular shaharlarni yutib yubormoqdalar», degan ibora yozilgan edi.

Shaharlar to’xtovsiz о’sib borayotgan bir sharoitda, ahyon-ahyonda tashkil etiladigan yarmarkalar shahar aholisining talabini qondirolmay qoldi.О’rta asr yarmarkalari о’z ahamiyatini yo’qotdi. Shahar aholisining ehtiyojini har kuni savdo qiluvchi bozorgina qondira boshladi.Savdogarlar hayotiga, mol-mulkiga solinayotgan doimiy xavf-xatar ularni birlashishga majbur etgan.Bu omil, o’z navbatida, savdo kompaniyalari sonining ko’payishiga olib kelgan.Kompaniya a’zolari uning faoliyati uchun o’z mol-mulklari bilan javobgar edilar.Shu tariqa dastlabki aksionerlik jamiyatlari tashkil topgan.Savdo-sotiqning rivojlanishi, kompaniyalar qudratining oshishi oqibatida savdo monopoliyalari vujudga keldi.Bu hodisa ham yangi davrning muhim belgilaridan biri edi.

Jahon savdosi.Angliyaga chetdan qalampir olib kelish huquqi faqat «Ost-Indiya» kompaniyasiga berilgan.Kompaniya qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi boylikka ega bo’ldi.Natijada o’z aksiyadorlariga hatto 500% gacha miqdorida dividend ham to’lay boshladi.Angliyaga paxta olib kelish huquqi esa «Levantiy» kompaniyasiga berilgan. Bu kompaniya ayni paytda О’rta Yer dengizi mamlakatlari bilan savdo qilish huquqini ham qo’lga kiritgan. Rossiya bilan savdo aloqasi olib borishga «Moskva» kompaniyasi haqli edi.

Bankirlar, dallollar, qassoblar, pivo tayyorlovchilar va hatto eng mashhur dvoryanlargacha hamma qaysidir bir kompaniyaning aksiyadori edilar. Hatto qirollar ham bundan mustasno emasdilar.Ayni paytda ular savdo kompaniyalari tashkil etilishiga qarshilik qilmaganlar. Chunki kompaniya tashkil etish uchun berilgan patent xazinaga juda katta miqdorda daromad keltirar edi. Bundan tashqari, savdo kompaniyalari o’zlariga uzoq mamlakatlarda Angliya manfaatlarini himoya qilish majburiyatini ham olar edilar.17-asr boshlarida Angliya savdo kompaniyalari Erondan Shimoliy Amerikagacha, Shvetsiyadan Hindistongacha bo’lgan juda katta hududni о’z ta’sirida tutgan.Hindiston va Amerikaga tobora ko’proq kirib borgan.

Qisqa vaqt ichida Angliya savdosining hajmi ikki barobar ortgan.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling