Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet21/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Katolik cherkovidagi bo’linish.

Reformatsiya natijasida Rim katolik cherkovida bo’linish yuz berdi.Xo’sh, bu qanday sodir bo’ldi? Tez orada Germaniyada katolik cherkovining zulmiga va zo’ravonligiga qarshi boshlangan harakat ommaviy tus oldi. 1524-yilda esa bu harakat hatto dehqonlarning krepostnoylik zulmiga qarshi urushiga aylanib ketdi.Qo’zg’olonning yetakchisi ruhoniy Tomas Myunser edi.Garchand dehqonlar urushda yengilgan bo’lsalar-da, u Germaniyada katolik cherkovi hukmronligiga barham berilishida katta ahamiyatga ega bo’ldi.1526-yilda Germaniya reyxstagi Lyuterchi-knyazlar talabi bilan har bir nemis knyazi o’zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to’g’risida qaror qabul qildi.

Biroq 1529-yilda Reyxstag bu qarorni bekor qildi. Bunga qarshi imperiyaning bir qancha shaharlari va 5 knyazi protest (norozilik) bildirishgan. Ular «Protestatsiya» deb atalgan hujjatga, ya’ni ruhoniy va dunyoviy feodallarning umumgerman yig’ilishi lyuterchilikning tarqalishini cheklash haqidagi qaroriga qarshi protestga imzo qo’yganlar. Shu tariqa 5 nafar knyaz protestant (norozi) deb atalgan.Protestant knyazlar 1555-yilda Rim Papasi bilan bitim tuzishga muvaffaq bo’ldilar.Unga kо’ra, endi har bir knyaz o’z fuqarolari uchun istagan dinni, ya’ni yo protestantlikni, yoki katoliklikni tanlash huquqiga ega bo’lganlar.

M. Lyuterning katolik ta’limotiga kiritgan islohlari natijasida vujudga kelgan ta’limot uning nomi bilan lyuterchilik deb ataldi. «lyuterchilik» va «protestantlik» atamalari amalda bir xil ma’noni anglatadi. Reformatsiya natijasida faqat yangi diniy ta’limot vujudga kelibgina qolmadi.Endi knyazlarga bo’ysunadigan cherkov ham vujudga keldi.Uzoq yillar davomidagi kurashlardan so’ng Germaniya imperatori Karl V ham knyazlarga о’zlari e’tiqod qilgan diniy ta’limotni о’z knyazliklari hududlarida joriy etish huquqini beradigan qonun chiqarishga majbur bo’ldi.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling