Martin Lyuterning faoliyati.
Reformatsiya 1517-yilda Germaniya aholisining katolik cherkovini isloh (reforma) qilishni talab qilib chiqishidan boshlandi. Reformatsiyani knyazlarning bir qismi, shaharliklar va dehqonlar qo’llab-quvvatladilar. Reformatsiya to’lqinining kuchayishiga Vittenberg universitetida ilohiyotdan dars beruvchi Martin Lyuter ta’limoti katta ta’sir ko’rsatdi. Ko’p o’tmay u cherkov Papasiz ham yashashi mumkin, deb baralla aytdi va bundan keyin Rimga soliqdan tushgan pullarni yubormaslikni taklif etdi. Bu «qilmishlari» uchun Rim Papasi Lyuterni shakkoklikda aybladi va Germaniyagauni la’natlovchi yorliq yubordi. Biroq xalq Lyuterni qo’llab quvvatlayotganligi uchun bu yorliqni Germaniya bo’ylab tarqatishning iloji bo’lmadi.Aksincha, M. Lyuter Papaning uni cherkovdan chetlashtirganligi to’g’risidagi qarorini talabalar ko’z o’ngida yoqib yubordi.Bu uning katolik cherkovi bilan aloqani butunlay uzganligini anglatar edi. M. Lyuter imperatorlik sudiga chaqirildi. Imperator undan o’z ta’limotidan voz kechishini talab qildi.Biroq Lyuter imperator talabini bajarmadi. Aksincha, Papaga bo’ysunishdan va indulgensiya savdosini ma’qullashdan bosh tortdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |