Reformatsiyaning shart-sharoiti.
16-asrda Angliya va Fransiya qirollari mutlaq hokimiyatga ega bo’lib olgan bo’lsalar, Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surardi. Ya’ni, u mayda-mayda davlatlarga (knyazliklarga) bo’linib ketgan edi.Shu sababli, Germaniya imperatori amalda real hokimiyatga ega bo’lmagan.Shuning uchun ham Germaniyada katolik cherkovining ta’siri hamon qudratliligicha qolayotgan edi.Germaniya aholisi, ham o’z hukmdorlariga, ham cherkovga tinkamadorni qurituvchi soliq to’lardi.Bundan tashqari, katolik cherkovi Germaniyada katta mol-mulkka ham ega edi. Arxiyepiskop va yepiskoplar esa amalda mustaqil knyazlar sanalardi. Germaniya imperatorini saylab qo’yadigan 7 nafar eng qudratli knyazning 3 nafari arxiyepiskoplar edi. Rim cherkovi o’z daromadining katta qismini Germaniyadan olgan. Imperatoming esa Rimga yuboriladigan soliqlar miqdorini kamaytirishga kuchi yetmagan.Yuqorida qayd etib о’tilgan omillar Germaniyada umumiy norozilikni keltirib chiqargan.Umumiy norozilikning yuzaga kelishiga shuningdek, katolik marosimlarini bajarishning og’irlashtirib yuborilganligi ham sabab bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |