Abolitsionistlar.
Oq tanli ko’pgina kishilar ishchilar, fermerlar, ziyolilarning ilg’or qatlamlari qulchilikning bekor qilinishi uchun kurash olib bordilar. Shu tariqa abolitsionistlar harakati vujudga keldi.
AQSHda qulchilikka nafrat bilan qarovchi kishilar soni tobora ortib bordi. 50-yillarning oxirlarida atoqli abolitsionist, oq tanli fermer Jon Braun Virginiyada qullar qo’zg’olonini kо’tarishga urinib kо’rdi. U Allegan tog’ida mustahkamlanib olib, bu yerdan qo’zg’olonni plantatsiyalarga yoyishni umid qilgandi. Braun tuzgan qurolli guruh 22 kishidan iborat bo’lgan. Guruhda 5 nafar qora tanli kishi ham bor edi. Yomg’irli tunda u qurol-yarog’lar saqlanadigan kichik ombomi bosib olishga muvaffaq bo’ldi. So’ngra Braun qo’shni plantatsiyalardagi qullami ozod qilish va quldorlarni garov sifatida qo’lga olish uchun о’z odamlarini yubordi. Ammo Braun umumiy qo’zg’olon kо’tarishga muvaffaq bo’lolmadi. Tez orada hukumat qo’ shini Braunning qurolli guruhini qirib tashladi. Og’ir yarador bo’lgan Braun esa qamoqqa olindi va osib о’ldirishga hukm qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |