Plantatsiya xo’jaligi.
AQSHda xo’jalik yuritishning ikki tizimi uzoq vaqt davom etib keldi. Fermerlar xo’jaligi rivojlangan shimoliy shtatlarda qulchilik 19-asring boshlaridayoq bekor qilindi. Janubiy shtatlarda esa qulchilikka asoslanuvchi plantatsiya xo’jaligi hukmronlik qilardi. Janubning tabiiy sharoitlari paxta yetishtirish uchun qulay edi. Buyuk Britaniya va AQSHda sanoatning tez rivojlanishi paxtaga bo’lgan talabni tobora oshirib yuborgan. Buyuk Britaniya fabrikalari AQSHdan paxta xarid qilishni kо’paytirib borganlari sari qullarni ekspluatatsiya qilish kuchaydi. Bu zulm shafqatsizligi jihatidan krepostnoylikning eng ayanchli shakllaridan ham dahshatli edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |