Quldorlar isyoni.
Bu davrda AQSHda ikki partiyaviy tizim ham to’la shakllanib bo’lgan edi. Respublikachilar partiyasining xalq orasida eng obro’li arbobi Avraam Linkoln (1809-1865) edi. Linkolnning qulchilikka qarshi chiqishlarini ishchilar, fermerlar, burjuaziyaning ilg’or qismi qo’llabquvvatladi. Respublikachilar partiyasi Linkolnni prezidentlikka nomzod etib kо’rsatdi va u 1860-yilgi saylovda g’alaba qozondi. Uning
Prezidentlikka saylanishi bilan hukumatda quldorlar hukmronligiga barham berildi. Bu esa qulchilik dushmanlarining juda katta va ayni vaqtda tinch yo’l bilan erishgan siyosiy g’alabasi edi. Ular birinchi marta hukumatda hokimiyatni о’z qo’llariga oldilar. Janub plantatorlari saylovda mag’lubiyatga uchragan Demokratlar partiyasining asosiy tayanchi edi. Ular endi qonuniy yo’llar bilan qulchilikni saqlab qolishga muvaffaq bo’lolmasliklariga ishonch hosil qildilar.
Shuning uchun o’zlarining qulchilikka asoslangan alohida davlatlarini tuzishgakirishdilar. Qulchilik shtatlari AQSH tarkibidan chiqqanliklarini, janubiy shtatlarning o’z prezidentiga ega bo’lgan konfederatsiyasi tuzilganligini e’lon qildilar. O’zlarining alohida qo’shinini ham tuzdilar. Shu tarzda janub plantatorlari qulchilikni saqlab qolish yo’lida milliy manfaatlarga xiyonat qildilar. Endi AQSHda fuqarolar urushi boshlanishi muqarrar bo’lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |