Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet163/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

c)Rivojlantiruvchi- o’quvchilarning o’tgan darslar Hindiston tarixi haqida olgan bilimlarini yanada oshirish;
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)

Buyuk Britaniya mustamlakachilik tartibi.

Buyuk Britaniya hukmron tabaqalari yangi asrda ham Hindistonni butunlay о’z mustamlakalariga aylantirish siyosatini davom ettirdilar. Chunonchi, hukumat «Hindiston ishlari bo’yicha nazorat kengashi» tashkil etdi. Bu kengash Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosatining yo’nalishlarini belgilab borardi.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya parlamenti Hindistonni boshqarish to’g’risida qonun qabul qildi. Unga ko’ra, «Ost-Indiya» kompaniyasining Kalkutta shahridagi gubematori Buyuk Britaniyaning barcha mustamlakalari general-gubernatori etib tayinlandi. Shu tariqa kompaniya amalda Hindistonni boshqaruvchi mustamlakachi ma’muriyat apparatiga aylantirildi. Hindistonda Buyuk Britaniya ma’muriyatining Oliy Sudi joriy etildi.

Hindistonning mustamlakaga aylantirilgan hududlari ma’muriy jihatdan general-gubematorga itoat etuvchi gubernatorlar tomonidan boshqarildi.

Buyuk Britaniya to’qimachilik sanoati mahsulotlarining Hindistonda sotilishi mahalliy to’qimachilik hunannandlarini xonavayron qilgan. Chunki ularning mahsuloti sifat jihatdan metropoliya tovarlari bilan raqobat qila olmagan. Ayni paytda metropoliyaga Hindiston paxtasi ham olib ketila boshlandi.

Buyuk Britaniya to’qimachilik fabrikalari paxtani qayta ishlab, sifatli mato tayyorlardi. Bu mato Hindistonga olib kelinib sotilgan. Bu esa 

Hindistonning shahar hunarmandchiligini halokat yoqasiga keltirib qo’ygan. Shu tariqa hind to’qimachilarining taqdiri fojiali ahvolga tushgan. Buyuk Britaniya fabrikantlari behisob miqdorda daromad olayotgan bir davrda, Hindistonning o’n minglab to’quvchilari ochlikka mahkum etilgan.

«Ost-Indiya» kompaniyasi katta harbiy kuchga tayanar edi. U hindlarning о’zidan ham yollanma qo’ shin tuzgan. Bu qo’shin askari sipohi deb atalardi. Qo’ shinga ingliz zobitlari qo’mondonlik qilishardi. Hindistonda faqat shu qo’shingina hindlarning birdan-bir uyushgan tashkiloti edi, xolos. Kompaniya sipohilarning Buyuk Britaniyaga so’zsiz itoat etib, xizmat qilishini istardi.

Buyuk Britaniyaning Hindistonda talonchilikdan iborat mustam-lakachilik siyosati mahalliy knyazliklar va hind jamiyati turli tabaqalarining tarqoqligi tufayli tobora chuqurlashib bordi. Ayni paytda ular milliy va diniy jihatdan ham kamsitilar edi. Ularning diniy his-tuyg’ulari hisobga olinmasdi. Oqibatda mana shu yagona uyushgan, sipohilardan iborat harbiy kuch orasida ham mustamlakachilik tartiblaridan norozilik tobora kuchayib borgan.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling