Sipohilar qo’zg’oloni.
Sipohilar qo’zg’olonining boshlanishiga bevosita turtki qo’ shinda patron bilan о’qlanadigan miltiqning joriy etilishi bo’ldi. Yangi patronning usti qog’oz po’ stlog’i bilan qoplangan bo’lib, partonni miltiq stvoliga solishdan oldin po’stloqni tish bilan yirtib tashlashi kerak edi. Bu qog’oz po’stloq ustiga esa yog’ surtilgan edi. Sipohilar orasida shu yog’ sigirva cho’chqayog’ining aralashmasidan tayyorlangan, degan gap tarqalib ketgan.
Hinduiylik diniga kо’ra, hindlarda sigir muqaddas hisoblanadi va uning go’shti ham yeyilmaydi.
Hind sipohi sigir yog’i ishlatilgan patronni tishi bilan tishlashni o’z dinining qattiq tahqirlanishi, musulmon sipohi esa cho’chqa yog’i ishlatilgan patronni tishi bilan tishlashni
islom dinining ongli ravishda qattiq,tahqirlanishi (islomda cho’chqa go’shti harom hisoblanadi) deb
qabul qildilar. Oqibatda ular yangi patronni olishdan bosh tortdilar. Oxiri bu hodisa qo’zg’olon ko’tarilishiga olib keldi. Qo’zg’olon 1857-yilda boshlandi. Sipohilar tez orada Dehli shahrini egalladilar. Shoh saroyiga bostirib kirishib, Boburiy hukm dor Bahodirshoh II ni hind xalqini mustamlakachilarga qarshi qo’zg’olon kо’tarish haqidagi chaqiriqqa imzo qo’yishga majbur etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |