Taypinlar mag’lubiyati.
Qo’zg’olon rahbarlarining orzu-umidlari xayoliy hodisa edi, xolos. Ularning yerni har bir oilaga oila a’zolari soniga qarab teng bo’lib berish haqidagi rejalari qo’zg’olonda ishtirok etayotgan mulkdor tabaqalarning qo’zg’olondan uzoqlashishiga olib kelgan. Taypinlar rahbarlari orasida nizolar ham kelib chiqqan. Qolaversa, yer ololmagan dehqonlar umidsizlikka tushganlar. Bu esa davlat ma’murlariga taypinlami tor-mor keltirishda yordam berdi. Hukumat kuch to’plab hujumga о’tdi. Unga Buyuk Britaniya va Fransiya, Amerika
Qo’shma Shtatlari yordam ko’rsatdilar. Buyuk davlatlar Xitoyda inqirozga yuz tutgan Sin sulolasi hukmronligi saqlanib qolishidan manfaatdor edilar.
1864-yilda hukumat qo’ shinlari qo’zg’olon rahbarlari joylashgan Nankin shahrini ishg’ol qildilar. Xun Syusyuan o’zini-o’zi o’ldirdi. Taypinlar qo’zg’oloni bostirilganidan keyin chet el mustamlakachilari Sin sulolasini qo’llab-quvvatlashni davom ettirdilar va uning yangi-yangi yon berishlariga erishdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |